Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Investitsiyaviy nizolarga oid ishlar



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Investitsiyaviy nizolarga oid ishlar
Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy 
organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ular 
mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya 
qilinishi bilan bogliq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir 
ishlar kiradi.
Raqobat to‘risidagi ishlar
Raqobat to‘risidagi ishlar bo‘lib yuridik shaxslar, shu jumladan chet 
ellik yuridik shaxslar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar hamda moliya 
bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, 
ma’muriy sud sudloviga tegishli nizolar hisoblanadi.
Ishlarning sudlovga tegishliligi - sudga taalluqli ishlar tumanlararo 
ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan Qoraqalpoiston 
Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy 
sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga 
tegishli ishlar mustasno.
Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘risidagi 
ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar 
bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan 
investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpoiston 
Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy 
sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va 
Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudloviga tegishli ishlar
Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent 
shahar ma’muriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari 
bilan bogliq ishlarni ko‘radi. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, 
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari alohida holatlarga qarab, 
har qanday ishni tumanlararo ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni 
birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni 
bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.


382 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin