Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Shartnomaviy javobgarlik. Bu javobgarlik shartnomadan kelib 
chiqadigan majburiyatlar buzilganligi hollarida yuzaga keladi hamda 
shartnomaga asoslangan majburiyat buzilganligi uchun qo‘llaniladigan 
huquqiy chora sifatida ko‘riladi. Shartnomadan tashqari javobgarlik 
jabrlanuvchi tarafga u bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lmagan shaxs 
tomonidan etkazilgan ziyon, zarar va boshqa oqibatlar tufayli paydo 
bo‘ladi. Masalan, mahsulotni etkazib berish (postavka) shartnomasi 
bo‘yicha mahsulot etkazib bermaslik, etkazib berish muddatlarini 
buzganlik, etkazib berilgan mahsulot sifati bo‘yicha talabga javob 
bermasligi 
tufayli 
vujudga 
keladigan 
javobgarlik-shartnomaviy 
javobgarlikdan iborat.
FKning 
1017-moddasi 
va 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘grisida”gi qonuniga 
muvofiq sotilgan tovarlarning nuqsonlari oqibatida iste’molchining 
zararni sotuvchi va tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Bu 
erda sotuvchining javobgarligi shartnomaviy xarakterga ega, chunki u 
iste’molchi (sotib oluvchi) bilan bevosita shartnomaviy munosabatda 
bo‘lgan. Tayyorlovchi (ijrochi)ning javobgarligi shartnomaviy xarakterga 
ega emas, chunki u iste’molchi (sotib oluvchi) bilan shartnomaviy 
munosabatda bo‘lgan emas. Shartnomadan tashqari zarar etkazishdan 
kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik barcha hollarda 
shartnomaviy xarakterga ega bo‘lmaydi.
Noshartnomaviy javobgarlik shartnomadan tashqari majburiyatlar 
buzilishi 
oqibatida 
kelib 
chiqadigan 
javobgarlik 
hisoblanadi. 
Shartnomaviy javobgarlik bilan noshartnomaviy javobgarlikni bir-biridan 
ajratish muhim yuridik ahamiyatga ega. Shartnomadan tashqari 
javobgarlikning shakllari va hajmlari faqat qonun bilan belgilanadi, 
shartnoma majburiyatining shakllari va miqdori esa ham qonun bilan, 
ham tuzilgan shartnomaning shartlari bilan belgilanadi.
Masalan, 
agar 
zarar 
jabrlanuvchi 
bilan 
shartnomaviy 
munosabatlarda bo‘lmagan shaxs tomonidan etkazilgan bo‘lsa, bunday 
zarar FKning 985-1030-moddarida nazarda tutilgan qoidalarga asosan va 


363 
tartibda undiriladi. Agar zarar shartnomaga asosan o‘z zimmasiga 
majburiyatni bajarish vazifasini olgan shaxs tomonidan etkazilgan bo‘lsa, 
bunday zarar Fuqarolik kodeksining 324-339-moddalarida nazarda 
tutilgan qoidalarga asosan undiriladi.
Umuman olganda delikt va asossiz boylik ortirish oqibatida zarar 
yetkazilgan bo‘lsa u holda javobgarlik shartnomadan tashqari javobgarlik 
sanaladi.
Ulushli javobgarlik. Qarzdorlarning har biri yoki umumiy mulk 
subyektlari orasidan bitta qarzdor qonun yoki shartnomada belgilangan 
muayyan ulushda javobgar bo‘lishganda yuzaga keladi. Bu javobgarlik 
turi adabiyotlarda turlicha nomlanishi mumkin. Ayrim adabiyotlarda 
ulushli1, ayrimlarida esa xissali2 javobgarlik tarzida qo‘llaniladi. Lekin 
har ikki atama ham sinonim so‘zlar bo‘lganligi sababli xatolikni keltirib 
chiqarmaydi.
Ulushli javobgarlik umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan qoidadan 
iborat bo‘lib, qonunda va shartnomada solidar va subsidiar javobgarliklar 
nazarda tutilmagan hollarda qo‘llaniladi.
Bunday javobgarlik ulushlar asosida tashkil etilgan yuridik shaxslar, 
oddiy shirkat shartnomasi, oila mulki, umuman olganda umumiy mulk 
asosida bir necha shaxs mulkdor bo‘lgan hollarda yuzaga kelgan 
majburiyat munosabatlarida uchrashi mumkin.
Masalan, tijorat vakili o‘zining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi 
turli taraflarning (masalan, tovarni sotib oluvchi va sotuvchining) 
manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan ayni bir vaqtda ifodalashi 
mumkin. Shartnomaning taraflari tijorat vakili oldida unga shartlashilgan 
haqni va u topshiriqni bajarayotganda qilgan chiqimlarini teng ulushlarda 
to‘lash bo‘yicha javobgardirlar (FKning 133-moddasi).
Ulushli majburiyatda qarzdorlarning har biri o‘zi uchun javob beradi 
va unga boshqa qarzdorlarning (harakati yoki harakatsizligi uchun) 
javobgarlik yuklatilmaydi. Agar majburiyat ashyosi (predmeti) 
bo‘linadigan bo‘lsa, ya’ni ulushlardan tashkil topgan bo‘lsa, hamda 
qonunda va shartnomada boshqacha holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, 
qarzdorlarning har biri teng ravishda javobgar bo‘ladilar. 
Solidar javobgarlik. Bir majburiyat bo‘yicha bir necha shaxsning 


364 
birgalikdagi javobgarligi hisoblanadi.
Solidar degan tushuncha fuqarolik-huquqiy munosabatlarda 
sheriklikni, birgalikda harakat qilishni, biror bir vazifani, tadbirkorlik 
faoliyatini jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan o‘zaro kelishilgan 
xolda birgalikda amalga oshirish, bajarish majburiyatini olish, shuning 
bilan birga olingan majburiyat bajarilmagan taqdirda birgalikda yoki biri 
uchun ikkinchisi javob berish ma’nosini beradi.
Solidar qarzdorning biridan to‘liq qanoatlanmagan kreditor 
olaolmagan narsasini boshqa solidar qarzdorlardan talab qilish huquqiga 
ega. Solidar qarzdorlar majburiyat to‘la bajarilguncha burchli bo‘lib 
qolaveradilar.
Masalan, Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lgan paytdan boshlab 
uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy 
majburiyatlar bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar (FKning 971-
moddasi).
Subsidiar javobgarlik – qarzdor tomonidan majburiyat bo‘yicha 
qarzning qoplanmagan qismiga nisbatan uchinchi shaxsning qo‘shimcha 
javobgarligi hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda subsidiar javobgar 
kreditor oldida asosiy qarzdorning javobgarligiga nisbatan qo‘shimcha 
javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Kreditor dastlab majburiyat bo‘yicha 
javobgarlikni asosiy qarzdorga qaratadi, agar u bajarilmasa subsidiar 
qarzdor munosabatga jalb etiladi. Masalan, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz 
yoshgacha voyaga etmaganning zararni qoplash uchun etarli mol-mulki 
yoki boshqa daromad manbalari bo‘lmagan taqdirda, zarar to‘ligicha yoki 
uning etishmagan qismi voyaga etmaganning ota-onasi (farzandlikka 
oluvchilari) yoki homiysi tomonidan, agar ular zarar o‘zlarining aybi 
bilan etkazilmaganligini isbotlay olmasalar, to‘lanishi lozim (FKning 
994-moddasi).
Subsidiar javobgarlik qonunda, boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda
tutilishi yoki shartnomaga asoslangan majburiyatning shartlaridan 
kelib chiqishi mumkin. Fuqarolik kodeksi 48-moddasining 4-qismiga 
binoan “Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs 
uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis 
(ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki 


365 
mulkdorning gayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, 
yuridik shaxsning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs 
zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik 
yuklatilishi mumkin”.
Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarida subsidiar javobgarlikni 
qo‘llash sohasi avvalgi qonun hujjatlariga nisbatan ancha kengaytirilgan. 
Bundan tashqari ko‘pgina yuridik shaxslar bilan bogliq qonun hujjatlarda 
ham bu javobgarlik turiga keng e’tibor qaratilgan.
Uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgarlik FKning 334-
moddasiga muvofiq qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi 
bo‘lgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, 
zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxsning 
majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
qarzdor javob beradi. Qarzdorning uchinchi shaxslar harakatlari uchun 
javobgarligi majburiyatni ijro etish qarzdor tomonidan shartnomaga 
muvofiq ana shu uchinchi shaxs zimmasiga yuklatilgan va qonun 
hujjatlari, majburiyatning shartlari va mohiyatidan qarzdor majburiyatni 
shaxsan ijro etishi kerak degan mazmun kelib chiqmagani hollarda, 
umumiy qoida sifatida yuzaga keladi (FK. 241-modda).
FKning 324, 333-moddalari talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
qarzdorning uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgarligi fuqarolik-
huquqiy javobgarlikning umumiy asoslari mavjud bo‘lganida yuzaga 
keladi.
Qonun hujjatlarida bevosita uchinchi shaxs – majburiyatning 
ijrochisi javobgar bo‘lishi nazarda tutilishi mumkin. Ayrim hollarda 
uchinchi shaxs-ijrochining to‘gridan-to‘gri javobgarligiga doir qoida 
shartnoma taraflarining kelishuvida nazarda tutilishi mumkin. Masalan, 
lizing oluvchi lizing shartnomasining narsasi bo‘lgan mol-mulkni 
bevosita sotuvchiga (uchinchi shaxsga) sotuvchi bilan lizing beruvchi 
o‘rtasida tuzilgan oldisotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni, 
xususan, mol-mulkning sifati va butligi, uni etkazib berish muddatlari 
haqidagi talablarni va shartnoma sotuvchi tomonidan zarur darajada 
bajarilmayotgan boshqa hollardan kelib chiqadigan talablarni qo‘yishga 
haqli. Bunday hollarda qarzdor (lizing beruvchi) kreditor (lizing oluvchi) 


366 
oldida uchinchi shaxs, ya’ni mol-mulkni sotuvchining harakatlari uchun 
javobgar bo‘lmaydi (FKning 598-moddasi).
Uchinchi shaxslarning harakati uchun javobgar bo‘lgan qarzdor ana 
shu uchinchi shaxslar oldiga regress talab qo‘yishga haqli. Bunday talab 
jabrlanuvchi oldida uchinchi shaxsning aybi uchun javobgar bo‘lgan 
shaxs uchinchi shaxsdan o‘zi ko‘rgan zararlarni to‘liq yoki qisman 
qoplashni talab qilishga haqli bo‘lgan hollarda qo‘yiladi.
Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun javobgarlikning bir qator 
ko‘rinishlari mavjud. Jumladan, yuridik shaxsning yoki fuqaroning o‘z 
xodimi tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarligi, davlat organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ularning 
mansabdor shaxslari tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik, 
surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga 
hilof harakatlari tufayli etkazilgan zarar uchun javobgarlik, voyaga 
etmaganlar tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik, muomalaga 
layoqatsizlar tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik kabi. Ular 
aksariyat hollarda maxsus delikt asosidagi javobgarlikda uchraydi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin