Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik munosabatlarda shartnomaviy



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2.Tadbirkorlik munosabatlarda shartnomaviy 
majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik 
uchun mulkiy javobgarlik. 
Tadbirkorlik 
munosabatlarda 
shartnomaviy 
majburiyatlarini 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy 
javobgarlik asosan, shartnomaviy munosabatlar yuzasidan vujudga 
keladi. Shartnomalar mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga 
kelishining asosidir. Shunga kura shartnomalar tadbirkorlik faoliyatini 
tartibga solishda asosiy vosita sanaladi. Shartnoma shartlarini buzishlikni 
oldini olish hamda bartaraf etishning asosiy yo‘llaridan, vositalaridan biri 
huquqiy javobgarlik normalarini qo‘llash, shuningdek, bu xildagi 
huquqbuzarliklar uchun jazo choralaridan foydalanishdir. Amaliyot shuni 
ko‘rsatadiki, ayrim shartnoma majburiyatlarini bajaruvchilar ba’zan 
ularni bajarilishiga mas’uliyatsiz qaraydilar. Bunday hollarda 


356 
majburiyatni ma’lum huquqiy choralarni qo‘llash vositasida majburan 
bajarilishi ta’minlanadi.
Javobgarlik - unda ko‘rsatilgan sankstiyalarni qo‘llash xavfi bilan 
shartnoma tomonlarini kerakli harakatlarni qilishga majburlaydi. Bu 
haqda chuqurroq tushunchaga ega bo‘lish uchun H. R. Rahmonqulovning 
quyidagi fikriga to‘xtalish o‘rinlidir, „shartnoma majburiyatlarini 
buzganlik uchun javobgarlik choralari tashkilot, korxonalarning mulkiy 
manfaatdorligini himoya qilishni ta’minlaydi, buzilgan huquqlarini 
tiklash uchun imkoniyat yaratadi, bu huquqni buzganlarga qonuniy 
talablar bildirish imkoniyatini beradi“. Huquqiy javobgarlik choralarini 
aniq va to‘gri qo‘llash shartnoma munosabatlari ishtirokchilarining qonun 
normalari hamda shartnoma shartlarini buzilishini oldini olishga, 
qonundan va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarini majburiy 
bajarilishini ta’min etishga, u yoki bu tomonning buzilgan huquqlarini 
tiklash imkoniyatini beradi.
Ma’lumki, xo‘jalik shartnomalariga binoan tomonlar o‘zlariga bir 
qator majburiyatlarni oladilar. Bular, molmulkdan, tabiat resurslaridan 
oqilona 
foydalanish, 
Fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik 
yuridik 
javobgarlikning mustaqil turi bo‘lib, huquqbuzarga nisbatan 
belgilanadigan sankstiya sifatida, huquqbuzarning qo‘shimcha mulkiy 
xarajatni qilishga hamda yangi majburiyatni bajarishga majbur qiladi1.
Majburiyat yuzasidan qarzdor bo‘lgan shaxs uni butunlay 
bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni bajarish 
yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa xilof 
harakat yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan 
dalolat beradi. Ya’ni majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs kreditorning 
subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi. Chunonchi, sifatsiz mahsulot 
(tovar) etkazib berishda mahsulot sotuvchi tashkilot – qarzdor sifatida 
huquq normasini, ya’ni, FKning tegishli moddasida ko‘rsatilgan qoidani 
buzish bilan birga mahsulot oluvchi korxonaning ya’ni kreditor tashkilot 
qarzdor tashkilotdan shartnomaga muvofiq, sifatli mahsulot (tovar)ning 
o‘ziga topshirilishini talab qila oladi.
Yuqorida aytilganidek, qarzdorning harakatsizligi ham huquqqa 
xilof hisoblanishi mumkin. Bunday harakatsizlik qarzdorning shunday 


357 
xatti-harakatidan iborat bo‘lib ko‘rinadiki, bunda qarzdor o‘zi amalga 
oshirishi lozim bo‘lgan harakatni qilmaydi. Masalan, uy-joy ijarasi 
shartnomasi bo‘yicha tashkilotning uyida yashovchi fuqaro belgilangan 
ijara haqini to‘lamasligi bilan Uy-joy kodeksining 69-moddasida 
belgilangan qoidani buzadi. Shu bilan birga, shartnomaga muvofiq tarzda 
qarzdordan kvartira haqining o‘z vaqtida to‘lanishini talab qilish 
huquqiga ega bo‘lgan tashkilotning – ijaraga beruvchining, ya’ni 
kreditorning subyektiv huquqi ham buziladi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida qarzdorning tadbirkorlik 
qoidalariga zid kelgan harakatlari yoki harakatsizligi, beparvoligi huquq 
normasini to‘gridanto‘gri buzish bilan bogliq bo‘lmasa ham, huquqqa 
xilof hisoblanishi mumkin.
Qarzdorning huquqqa xilof xatti-harakati huquq normalariga rioya 
qilmaslikni bildirganligi tufayli, chunonchi, qarzdor tomonidan olingan 
majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi 
va shu bilan shartnoma intizomining buzilishi – qonunchilikni buzish deb 
yuritiladi. Binobarin, shartnoma yuzasidan olingan majburiyatlarning, 
shuningdek boshqa majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashga 
qaratilgan kurash – aynan shu vaqtning o‘zida qonunchilikka rioya qilish 
uchun bo‘lgan kurash deb hisoblanadi.
Qonunchilik xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma 
majburiyatlarining 
buzilishiga 
yo‘l 
qo‘ymaslik 
lozimligini 
normalamaydi. Chunki qarzdor tomonidan majburiyatning buzilishi, 
mazkur subyektlar tomonidan shartnoma intizomiga rioya qilmasligi 
davlat tomonidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmaslikni 
bildiradi. Natijada tashkilotlarning mablaglari muomalada bo‘lishi 
birmuncha sekinlashadi; qurilishlar, korxonalar va tashkilotlarning izchil, 
uzluksiz ish olib borishlari buziladi.
Qishloq xo‘jalik mashinalarining va boshqa mahsulotlarning sanoat 
korxonalari tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalariga topshirilishi va 
ularning davlat buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
topshirish yuzasidan olingan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi 
muhim ahamiyatga egadir.


358 
Kreditorlar sifatida fuqarolar bo‘lganida ham tegishli tashkilotlar 
o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarishlari talab 
qilinadi. 
Fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik 
qarzdor 
tomonidan 
majburiyatningbajarilmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi hollarini 
nazarda tutib, qonun yoki shartnomada belgilangan sankstiyalar 
qo‘llaniladi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik majburiyatni 
bajarmagan 
qarzdor zimmasiga zararlarni, neustoykani kreditor foydasiga to‘lash 
vazifasini yuklashdan iboratdir.
Fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik 
tushunchasi 
majburiyatdagi 
sankstiya tushunchasidan birmuncha torroq ma’noda tushuniladi, chunki 
bunda qarzdorning javobgarligi barcha hollarda faqat mulkiy javobgarlik 
hisoblanadi. Chunonchi, birovga zarar etkazish tufayli vujudga keladigan 
majburiyatlarda zarar etkazuvchi jabrlangan shaxsga etkazilgan zararning 
pul bilan hisoblangan miqdorini to‘la ravishda to‘laydi. Shartnoma 
bo‘yicha olingan majburiyatlarning bajarilmasligi esa kreditorning 
ko‘rgan zararlarni to‘latish uchun ham, qarzdordan neustoykaning 
undirilishi uchun ham asos bo‘ladi.
Qarzdorning majburiyatni lozim darajada bajarmasligi, ya’ni, 
majburiyatni shartnoma yoki qonunda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq 
ravishda bajarmasligi; masalan, mahsulotning sifati, topshirish muddati, 
shartnomaning bajarilish joyi kabi shartlar buzilishidan iboratdir. 
Majburiyat qarzdor tomonidan butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali 
majburiyatning majburiy tartibda bajarilishini, birinchi navbatda, albatta 
real ravishda bajarilishini, agar majburiyat lozim darajada bajarilmagan 
bo‘lsa, uning qonun yoki shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq 
bajarilishini talab qilishga haqli.
Yuqorida ko‘rsatilgan har ikki holatda – birinchisi majburiyat 
butunlay bajarilmaganida ham, lozim darajada bajarilmaganida ham, 
ya’ni ayrim shartlari buzilganida ham kreditor qarzdordan qonun yoki 
shartnomada nazarda tutilgan mulkiy jarimalarning undirilishini (ya’ni 
o‘zi ko‘rgan zararlarning qoplanishini, neustoykalarning to‘lanishini) 
talab qila oladi. Shu bilan birga qarzdorni olgan majburiyatlarini bajarish 
uchun mumkin qadar ko‘proq harakat qilishga majbur qiladi.


359 
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning belgilanishi turli subyektlar 
o’rtasidagi munosabatlarda shartnoma intizomining mustahkamlanishiga 
yordam 
beradi. 
Binobarin, 
fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik 
majburiyatlarning real va tegishli darajada bajarilishiga yordam berib, 
katta yuksak tarbiyaviy rol o‘ynaydi. Agar majburiyatni bajarmaslik yoki 
lozim darajada bajarmaslik natijasida kreditorga zarar etkazilgan bo‘lsa, 
qarzdor bunday zararlarni to‘lashga majbur bo‘ladi. FKning 324 
moddasida qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart deb 
ko‘rsatiladi.
FKning 14-moddasi 2-qismida zarar tushunchasi normalangan. 
Bunga asosan, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan 
huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilinishi lozim bo‘lgan xarajatlari, 
uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), 
shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik 
muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan 
daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Kreditorning mulkiy zarariga misol qilib tashkilot tomonidan 
qilingan ishlarning sifatsiz bajarilishi sababli uni tuzatish bilan bogliq 
bo‘lgan xarajatlarni yoki shartnomada belgilanmagan muddatda qarzdor 
tomonidan yuborilgan, masalan, muddatidan oldin yuborilgan mahsulotni 
saqlash xarajatlaridan kelgan zararni yoxud kreditor tomonidan boshqa 
tashkilotlarga to‘langan jarimalarni ko‘rsatsa bo‘ladi. Kiyim tikuvchi 
atelening xizmatchisi tomonidan fuqaroga kostyum tikilishida u 
tomondan topshirilgan materiallarning noto‘gri bichilishi natijasida 
ko‘rgan zararni kreditor bo‘lgan fuqaroning zararlariga misol qilib 
ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin