Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


BOB. TADBIRKORLIK SOXASIDA VUJUDGA



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

9.BOB. TADBIRKORLIK SOXASIDA VUJUDGA 
KELADIGAN NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI 
 
1. 
Tadbirkorlik nizolari tushunchasi va uning kelib chiqish 
asoslari.
2. 
Tadbirkorlik nizolarini hal qilishning alternativ usullari.
3. 
Tadbirkorlik nizolarini xal etishning sud taribi va sud 
hujjatlarini qayta ko`rish. 
4. 
Iqtisodiy sud hujjatlarining ijrosi.
5. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishchanlik obro`sini 
himoya qilishning o`ziga xos xususiyatlari.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar  
Bobni o‘zlashtirish uchun testlar
1-§. Tadbirkorlik nizolari tushunchasi, turlari va ularning 
kelib chiqish asoslari 
Tadbirkorlik nizolari deganda, har qanday yuridik shaxs yoki yakka 
tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan 
jismoniy shaxslarning huquqlari yoxud qonun bilan qo`riqlanadigan 
manfaatlarining buzilishi natijasida ular o`rtasida yuzaga keladigan 
kelishmovchiliklar tushiniladi.
Bu nizolar-iqtisodiyot sohasidagi yuridik shaxslar, yuridik shaxs 
tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka 
tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan 
fuqarolar o`rtasidagi fuqaroviy, mamuriy va boshqa huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadi.
Tadbirkorlik nizolarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
 
qonunda nazarda tutilgan tartibda shartnoma yuzasidan kelib 
chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan kelib chiqqan 
bo`lib, hal etish uchun iqtisodiy sudga topshirish haqida taraflar o`zaro 
kelishgan ixtiloflar;
 
shartnoma shartlarini o`zgartirish yoki shartnomani bekor 
qilish haqidagi nizolar; mulk huquqini tan olish to`g`risidagi nizolar; 


325 
 
majburiyatlar 
bajarilmaganligi 
yoki 
tegishli 
darajada 
bajarilmaganligi to`g`risidagi nizolar;
 
mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-
mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish 
to`g`risidagi nizolar; 
 
mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining 
huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lmagan holda 
buzilganligi to`g`risidagi nizolar; 
 
yetkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi nizolar.
 
Bu turdagi nizolar davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi 
boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining 
g`ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi)dan; 
 
davlat organi yoki fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish 
organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan hujjat 
chiqarilishi natijasida yetkazilgan zarar bilan bog`liq holatlardan; 
 
sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro`sini himoya qilish 
to`g`risidagi nizolar; davlat organlari va fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish 
organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan, tashkilotlar va 
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini 
buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqikiy emas deb topish 
to`g`risidagi nizolar;
 
undirish so`zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro 
hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish 
to`g`risidagi nizolar;
 
davlat ro`yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan 
muddatda davlat ro`yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan 
shikoyatlar bilan bog`liq nizolar;
 
agar qonunda so`zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi 
nazarda tutilmagan bo`lsa, tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi 
davlat organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish 
to`g`risidagi nizolar;
 
tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi organlar tomonidan 
qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda so`zsiz (akseptsiz) tartibda 


326 
hisobdan chiqarilgan pul mablag`larini budjetdan qaytarish to`g`risidagi 
nizolardan iborat bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin