Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi.
Qarzdor ashyoni tayyorlash va kreditorga mulk qilib, xo‘jalik 
yuritishga yoki operativ boshqarishga topshirish yoxud ashyoni 
foydalanish uchun kreditorga berish yoxud uning uchun muayyan ishni 
bajarish yoki unga xizmat ko‘rsatish majburiyatini bajarmagan taqdirda 
kreditor, agar qonunchilikdan, shartnomadan yoki majburiyatning 
mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, uchinchi shaxslarga 
majburiyatni oqilona muddatda oqilona baholarda ijro etishni 
topshirishga yoinki uni o‘z kuchlari bilan bajarishga hamda qarzdordan 
qilingan zarur xarajatlarni va boshqa zararni to‘lashni talab qilishga haqli. 
FK 328-modda. 
Shartnoma 
majburiyatini 
bajarmaganlik 
uchun 
shartnoma 
taraflariga subsidiar javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra, qonunchilik 
yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo‘lgan boshqa 
shaxsning javobgarligiga qo‘shimcha ravishda javobgar bo‘lgan 
(subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qo‘yishdan oldin kreditor asosiy 
qarzdorga talab qo‘yishi kerak. FK 329-modda. 


317 
Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa 
yoki kreditor undan qo‘yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan 
bo‘lsa, bu talab subsidiar javobgar bo‘lgan shaxsga qo‘yilishi mumkin. 
Kreditor asosiy qarzdorga bo‘lgan o‘z talabini qondirishni subsidiar 
javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy 
qarzdorga muqobil talabni hisobga o‘tkazish yoki mablaglarni asosiy 
qarzdordan nizosiz undirib olish yo‘li bilan qondirilishi mumkin bo‘lsa. 
Subsidiar javobgar shaxs o‘ziga kreditor tomonidan qo‘yilgan 
talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, 
bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo‘zgatilgan bo‘lsa — asosiy 
qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor 
o‘zining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning 
regress talabiga qarshi qo‘yish huquqiga ega. 
Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish - xususan, qonunda 
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat 
lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka to‘lash va zararni 
qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi. 
Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo‘lmasa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va 
uning bajarilmaganligi uchun neustoyka to‘lash qarzdorni majburiyatni 
asl holida bajarishdan ozod qiladi. FK.330-modda. 
Kechiktirib yuborish oqibatida o‘zi uchun ahamiyatini yo‘qotgan 
(ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismi) ijroni kreditorning 
qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida 
belgilangan neustoykani to‘lash (ushbu Kodeksning 342-moddasi) 
qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi. Shuningdek 
Kodeksning 236 — 258, 324 — 329, 331 — 339, 436-moddalari, 
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘grisida” gi Qonuni 34-
moddasining uchinchi qismi. 
Xususiy belgili ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik 
oqibatlari-xususiy belgili ashyoni kreditorning mulki qilib, uning xo‘jalik 
yuritishiga, operativ boshqaruviga yoki foydalanishiga topshirish 
majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qo‘yishni va 


318 
majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida o‘ziga topshirishni talab 
qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega bo‘lgan uchinchi 
shaxsga topshirilgan bo‘lsa, bekor bo‘ladi. Agar ashyo hali 
topshirilmagan bo‘lsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq 
vujudga kelgan bo‘lsa, o‘sha kreditor ustunlikka ega bo‘ladi, basharti 
buni aniqlash mumkin bo‘lmasa, oldin da’vo qo‘zgatgan kreditor 
ustunlikka ega bo‘ladi. 
Kreditor majburiyat narsasi bo‘lgan ashyoni o‘ziga topshirishni 
talab qilish o‘rniga, zararning qoplanishini talab qilishga haqli. 331-
modda. 
Majburiyatlar 
bo‘yicha 
javobgarlik 
hajmini 
cheklash, 
majburiyatlarning ayrim turlari bo‘yicha hamda muayyan faoliyat turi 
bilan bogliq majburiyatlar bo‘yicha qonunda zararni to‘la qoplashga 
bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi mumkin (cheklangan javobgarlik). 
Qo‘shilish shartnomasi yoki kreditor iste’molchi sifatida ish olib 
boruvchi fuqaro bo‘lgan boshqa shartnoma bo‘yicha qarzdorning 
javobgarlik hajmini cheklash to‘grisidagi kelishuv haqiqiy emas, basharti 
majburiyatlarning ushbu turi yoki ushbu tartibbuzarlik uchun javobgarlik 
hajmi qonun bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lsa va agar majburiyatni 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni 
keltirib chiqaradigan vaziyatlar yuz berguncha kelishuvga erishilgan 
bo‘lsa. FK. 332-modda. 
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari, qarzdor aybi 
bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha 
tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim 
darajada bajarish uchun o‘ziga bogliq bo‘lgan hamma choralarni 
ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. 333modda. 
Fuqarolik kodeksining 334-moddasida, shartnoma taraflarining 
agarda aybi bo‘lmasa, bunday xolatda majburiyatni buzgan shaxs 
tomonidan isbotlanish tartib-taomili mustaxkamlangan. Basharti, 
qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki 
lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga 


319 
engib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda 
oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon 
bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Qarzdorning 
shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, 
majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi, 
qarzdorda zarur pul mablaglarining bo‘lmaganligi bunday vaziyatlar 
jumlasiga kirmaydi. 
Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish 
yoki cheklash to‘grisidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan 
boshlab haqiqiy emas. FKning 14, 116, 236 - 258, 324 - 332, 334 - 339-

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin