314
Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor
qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni
qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradilar. Bu
organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish,
tadbirkorlik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan
zarur chora-tadbirlarni ko`radilar.
Adliya
organlari
tadbirkorlik
subyektlariga
shartnoma
majburiyatlarini tuzish va bajarish chog`ida huquqiy yordam ko`rsatadi,
shuningdek o`z vakolatlari doirasida tadbirkorlik shartnomalarining
bajarilish jarayonini nazorat qiladi.
Dostları ilə paylaş: