Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik faoliyatida shartnoma tuzishni qanday tashkil



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

 Tadbirkorlik faoliyatida shartnoma tuzishni qanday tashkil 
etish lozim. 
Korxonada shartnomaviy ish ko‘pincha rasmiylashtirishga to‘gri 
keladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish 
va tasdiqlashdan boshlanadi. Tayyor shablonlardan foydalanish vaqtni 
tejashda qulay: shartnomani “boshidan” yozgandan ko‘ra unga ayrim 
aniqlashtirishlar va tuzatishlarni kiritish oson va tez. 
Faoliyatning xususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusi ish 
uchun shartnomalarning bir nechta shakllarini tayyorlab qo‘yish mumkin. 
Hatto shartnomaning bir turi doirasida uning kichik turlarini ko‘zda tutish 
mumkin. Masalan, tovarlar o‘zi olib ketish va xaridorga biryo‘la yoki 
muayyan davrda partiyalar bilan etkazib berish shartlarida etkazib 
berilishi mumkin. Shunday qilib, kontragentlar bilan o‘zaro 
munosabatlarning xususiyati bu erda belgilovchi omil hisoblanadi. 
Biroq shuni tushunish lozimki, tayyor shablonlardan foydalanish 
tizimi a’lo darajaga etishishiga hali ancha bor. 
Birinchidan, barcha ehtimoliy variantlarni oldindan ko‘zda tutib 
bo‘lmaydi va ertami-kechmi kutilmagan vaziyatga to‘qnash kelishga 
to‘gri keladi. 
Ikkinchidan, qachondir foydalanishga kiritilgan shartnomalar 
eskiradi va qonunchilikdagi dolzarb o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 
qayta ko‘rib chiqishni taqazo qiladi.
Shartnoma bo‘limlari va soha mutaxassislari bo‘lmagan 
tashkilotlarda bu 
ish kim tomonidan bajarilishi ham muhim. Lavozim yo‘riqnomalari 
va boshqa lokal hujjatlar mavjud bo‘lmagan mutlaqo kichik firmalarda 
shartnomalarni tuzish va rasmiylashtirish ustida qisman rahbar, bosh 
buxgalter va sotish bo‘yicha menejer ishlashlariga to‘gri keladi. 
Bunda shuni inobatga olish joizki, qonun cheklovlarsiz har qanday 
shartnomani tuzish imkonini bersada, yakuniy hujjat shakllar va ayrim 
hollarda mazmun jihatdan qonunchilik talablariga muvofiq kelishi kerak. 


303 
Tushunarli, faqat huquq sohasidagi mutaxassis bunday muvofiqlikni 
lozim darajada ta’minlashi mumkin. Aytilganlarni inobatga olib, hech 
bo‘lmaganda dastlabki bosqichda ishga yuristni jalb qilishni tavsiya 
qilamiz.
Korxonada 
rasmiylashtirilayotgan 
shartnomalarni 
huquqiy 
ekspertizadan o‘tkazishga kelishib olinsa, yanada yaxshi. Bunday 
xizmatlar uchun xarajatlar katta emas va ehtimoliy sud xarajatlari yoki 
jarima sankstiyalarida iqtisod
qilish hisobiga ortigi bilan qoplanadi. 
Respublikamizda iqtisodiyot va uni boshqarish jarayonida vujudga 
keladigan nizolarni hal qilish tadbirkorlik sudlari sudloviga taalluqlidir. 
Biroq, tadbirkorlik prosessual qonunchiligida fuqarolik huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan 
hamda tadbirkorlik sudiga taalluqli bo`lgan nizo taraflarning kelishuviga 
binoan hakamlar sudida ko`rish uchun topshirilishi mumkinligi 
belgilangan. Qoida tariqasida, da’volar javobgar joylashgan joydagi 
tadbirkorlik sudiga taqdim etiladi. Ammo, da’voni javobgar joylashgan 
joyda taqdim etish va davogarning tanlashi bo`yicha sudlovga tegishlilik 
asosida taraflarning roziligi bilan o`zgartirilishi hamda nizoni hal qilishi 
lozim bo`lgan tadbirkorlik sudining nomi shartnomada aniq belgilanishi 
ham mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasining to`rtinchi qismida - taraflar 
o`rtasidagi munosabatlar shartnomadan tashqari yana qanday yo‘llar bilan 
tartibga solinishini; taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi; 
shartnoma tuzishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning shartnoma 
imzolangandan keyingi natijalari; taraflarning rekvizitlari; shartnoma 
nusxalari soni haqidagi malumotni; shartnoma matniga o`zgartirishlar 
kiritish tartibini; taraflar vakillarining imzolari olinishi lozim.
Taraflar shartnomada o`z zimmalariga olgan aniq majburiyatlarni 
belgilab olishi tabiiy bir holdir. Unga shartnoma bo`yicha taraflar 
o`rtasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normalarini 
kiritishning hojati yo`q. Shuning uchun, odatda shartnomaning boshqa 
sharti sifatida unga quyidagi jumla kiritiladi: “Mazkur shartnomada 
nazarda tutilmagan shartlar bo`yicha taraflar amaldagi qonunchilikka 
rioya qiladilar”.


304 
Taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi shartlarda – 
axborot berish va shartnomaning bajarilishiga taalluqli bo`lgan 
masalalarni hal qilishga vakolatli shaxslar (nomlari yoki mansabi), 
shuningdek aloqa turlari (telefon, faks va h.k) ko`rsatiladi.
Shartnoma tuzishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning 
shartnoma imzolangandan keyingi natijalari to`g`risidagi bandda taraflar 
shartnomani tuzish bo`yicha olib borilgan barcha muloqotlar, 
yozishmalar, oldindan kelishib olishlar va shu maqsaddagi bayonnomalar 
o`z kuchini yo`qotganligi belgilanadi.
Taraflarning rekvizitlariga – pochta indeksi, manzili, hisob–kitob 
raqami, bank muassasaning nomi, kodi, MFO, soliq to`lovchining 
identifikasiya raqami, yuklash rekvizitlari kiradi va ular tadbirkorlik 
shartnomasida aniq ko`rsatilishi lozim. Shartnoma nusxalari soni va uning 
haqiqiyligi unda ko`rsatiladi. Shartnoma matniga o`zgar-tirishlar kiritish 
tartibining belgilanishi shartnomani qalbakilashtirilishini oldini oladi.
Har bir shartnomada malum bir shaxsning xohish-istaklari bayon 
qilinishi munosabati bilan shartnoma o`sha shaxs yoki uning to`liq 
vakolatga ega bo`lgan vakili tomonidan imzolanadi, shuningdek, 
shartnomada yuridik xizmat xodimi yoki advokatning imzosi bo`lishi 
talab qilinadi.
Tadbirkorlik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Qonunchilikda 
shartnoma yozma shaklining uch xil turi ko`rsatilgan. Amaliyotda 
shartnomaning oddiy yozma shakli keng tarqalgan bo`lib, u taraflar 
imzolagan bitta hujjatni tuzish yo`li bilan tuziladi.
Tadbirkorlik shartnomasi, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, 
telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini 
ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida 
hujjatlar almashish yo`li bilan tuzilishi mumkin. Agar qonun hujjatlariga 
yoki taraflardan birining talablariga zid bo`lmasa bitim tuzish chog`ida 
imzodan faksimile usulida nusxa ko`chirish vositalaridan foydalanishiga 
yo`l qo`yiladi.
Tadbirkorlik shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik 
uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Tadbirkorlik shartnomasi qonunda 
ko`rsatilgan hollarda va taraflardan birining talabi bo`yicha notarial 


305 
tasdiqlanishi shart. Shartnomani notarial tasdiqlash notarius yoki bunday 
no-tarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan boshqa 
mansabdor shaxs tomonidan shartnomada tasdiqlovchi ustxat yozib 
qo`yish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Amaldagi qonun hujjatlarida ayrim tadbirkorlik shartnomalarini 
davlat ro`yxatidan o`tkazish belgilab qo`yilgan. Masalan, yer uchastkalari 
va boshqa ko`chmas mol-mulk bilan bog`liq tadbirkorlik shartnomalari 
(boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara va boshqalar) davlat 
ro`yxatidan o`tkazilishi kerak. Shartnomaning notarial shakliga yoki uni 
davlat ro`yxatidan o`tkazish talabiga rioya qilmaslik tadbirkorlik 
shartnomasining haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma 
o`z-o`zidan haqiqiy bo`lmaydi.
Tadbirkorlik shartnomalarini tuzishda ayrim qonunlar yoki boshqa 
normativ hujjatlar tomonidan o`rnatilgan muhim xususiyatlarni hisobga 
olish zarurdir. Masalan, O`zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi 
qo-nunida jamiyatning mol-mulkini olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi 
bilan bog`liq “yirik bitimlar” (shartnomalar) alohida qayd qilingan.
Unda quyidagilar yirik bitimlar (shartnomalar) deb hisoblanadi:
bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat 
aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega 
bo`lgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan 
bog`liq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan 
chiqarishi ehtimoli bilan bog`liq bitim yoki o`zaro bog`-langan bir necha 
bitim (oddiy tadbirkorlik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan 
bitimlar bundan mustasno); jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan 
oddiy (odatdagi) aksiyalarning yigirma besh foizidan ko`prog`ini tashkil 
etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga 
ayriboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bog`liq bir 
yoki o`zaro bog`langan bir necha bitim.
Yirik bitimga sabab bo`lgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat 
kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Qiymati bitim tuzish to`g`risida qaror qabul qilina-yotgan sanada 
jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik 


306 
foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo`lgan yirik bitim 
tuzish to`g`risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan 
qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan 
azolari ovozi hisobga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining 
yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish to`g`risidagi masala 
kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig`ilishi 
hukmiga havola etilishi mumkin.
Bitim tuzish to`g`risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat 
aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi 
mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to`g`risidagi qaror aksiyadorlar 
umumiy yig`ilishi tomonidan yig`ilishda qatnashayotgan ovoz beruvchi 
aksiyalar egalari bo`lgan aksiyadorlarning to`rtdan uch qismdan iborat 
ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuning uchun ham tadbirkorlik 
shartnomalarini tuzish jarayonida shartnomani imzolayotgan shaxs 
vakolatini tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Agar shaxsning tadbirkorlik shartnomasini tuzish vakolatlari 
shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning tasis hujjatlari bilan 
ishonchnomada, qonunda belgilab qo`yilganiga nisbatan yoinki 
shartnoma tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko`rinib turgan deb hisoblanishi 
mumkin bo`lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo`yilgan bo`lsa va 
shartnomani tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar 
doirasidan chiqib ketgan bo`lsalar, shartnomadagi ikkinchi taraf mazkur 
cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo`lganligi isbotlangan 
hollardagina shartnoma cheklash belgilanishidan manfaatdor bo`lgan 
shaxsning davosi bo`yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi 
mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va 
taraflar uchun majburiy bo`lib qoladi. Taraflar o`zlari tuzgan tadbirkorlik 
shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin 
vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo`llaniladi deb belgilab qo`-
yishga haqlidirlar. Tadbirkorlik shartnomasi shartnoma shart-lariga 
hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar 
va talablar bo`lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq 


307 
bajarilishi lozim. Tadbirkorlik shartnomasi taraflarning kelishuviga 
muvofiq o`zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Tadbirkorlik 
shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo`lsa, taraflarning uni o`zgartirish 
yoki bekor qilish to`g`risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga 
oshiriladi.
Tadbirkorlik shartnomasini o`zgartirish haqidagi kelishuvda 
quyidagilarning ko`rsatilishi maqsadga muvofiq bo`ladi, yani: qaysi 
shartnoma o`zgartiriladi (shartnomaning raqami, sanasi, nomi); 
shartnomani o`zgartirish sababi; o`zgartirilayotgan yoki qo`shimchalar 
kiritilayotgan shartlar va ularning yangi tahriri; o`zgartirish kiritilgandan 
keyin avvalgi shartlarning yuridik kuchini yo`qotishi haqidagi band; 
o`zgartirish yoki qo`shimcha kiritilishidan oldin mazkur shartlar bo`yicha 
yuzaga kelgan masalalarni hal qilish tartibi.
Taraflarning shartnomani bekor qilish haqidagi kelishuvida esa 
quyidagi malumotlar kiritilishi lozim: qanday shartnoma bekor 
qilinayotganligi; qaysi vaqtdan shartnoma bekor qilinayotganligi; 
shartnoma bekor qilinishidan oldin mazkur shartnoma yuzasidan vujudga 
kelgan masalalarni hal qilish tartibi; shartnoma bekor qilin-gandan keyin 
taraflarning mazkur shartnoma bo`yicha talab qilish huquqlari o`z kuchini 
yo`qotishi to`g`risidagi band.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga 
yoki tadbirkorlik shartnomasining shartlarini bir taraflama o`zgartirishga 
yo`l qo`yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno.
Taraflardan birining talabi bilan tadbirkorlik shartnomasi 
tadbirkorlik sudining qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf tadbirkorlik 
shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada 
nazarda tutilgan boshqa hollarda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi 
mumkin. Taraflardan birining tadbirkorlik shartnomasini buzishi ikkinchi 
tarafga u tadbirkorlik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli bo`lgan 
narsadan ko`p darajada mahrum bo`ladigan qilib zarar yetkazishi 
tadbirkorlik shartnomasini jiddiy buzish hisobla-nadi.
Bir taraf shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga 
ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda 


308 
ko`rsatilgan yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, 
bunday muddat bo`lmaganida esa – o`ttiz kunlik muddatda javob 
olmaganidan keyin, tadbirkorlik shartnomasini o`zgartirish yoki bekor 
qilish to`g`risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. Demak, 
tadbirkorlik shartnomalari qonunchilik hujjatlarida yoki shartnomada 
belgilangan hollarda bir taraflama yoki xo`-jalik sudining hal qarori bilan 
bekor qilinishi mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ham 
yozma shaklda amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasining 
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy 
bazasi to`g`risida”gi qonunida ichki tadbirkorlik shartnomalarini tuzish 
qoidalari belgilangan. Ichki tadbirkorlik shartnomasi, qoida tariqasida, 
tadbirkorlik subyekti va uning tarkibiy bo`linmalari o`rtasida yoki 
tadbirkorlik subyekt va uning xodimi (bir guruh xodimlari) o`rtasida 
tuziladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tadbirkorlik 
subyektlari mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar 
ko`rsatish yuzasidan ichki tadbirkorlik shartnomalarining o`zlari boshqa 
tadbirkorlik subyektlari bilan tuzgan tadbirkorlik shartnomalaridagidan 
kam bo`lmagan hajmda tuzilishini taminlashlari shart.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin