Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§ Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, o`zgartirish va bekor



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2-§ Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, o`zgartirish va bekor 
qilish 
Fuqarolik kodeksi talablariga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari 
shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda 
yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari 
mumkin.
Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan 
shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma 
bo‘yicha taraflarning munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan 
yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, 
elementlari aralash shartnomada bo‘lgan shartnomalar to‘grisidagi 
qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, 
tegishli shartning mazmuni qonunchilikda ko‘rsatib qo‘yilgan hollar 
bundan mustasno. Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha 
tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli qo‘llaniladigan norma (dispozitiv 
norma) da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning 
qo‘llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha 
shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda 
shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi. Agar shartnoma 
shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, 
tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari fuqarolik huquqiy shartnomalarni 
haq evaziga yoki tekinga tuzishlari mumkin. Haq evaziga tuziladigan 
shartnomalarda shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi 
uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, 
bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomalarda shartnoma bo‘yicha bir taraf 
ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov olmasdan biron 
narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan 
shartnoma hisoblanadi. Agar qonunchilikdan, shartnomaning mazmuni 


292 
yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga 
tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘rtasida tuziladigan deyarli 
barcha shartnomalarda uning asosiy shartlaridan biri shartnoma baxosi 
hisoblanadi. Unga ko‘ra, shartnomani bajarganlik uchun taraflarning 
kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq to‘lanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan 
davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, 
rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi. Shartnoma tuzilganidan keyin 
bahoni o‘zgartirishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan 
hollarda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi.
Haq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda 
tutilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi mumkin 
bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash vaziyatlarda 
odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho 
bo‘yicha haq to‘lanishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyatida tuziladigan shartnomalarning ikkinchi 
muxim shartlaridan biri bu shartnomaning amal qilish muddati 
hisoblanadi. Shartnomada kelishilgan muddat shartnoma tuzilgan 
paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi. 
Taraflar o‘zlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma 
tuzishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi 
deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar. Qonunda yoki shartnomada 
shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma 
bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi 
mumkin. Bunday shart yozib qo‘yilmagan shartnoma taraflar 
majburiyatni bajarishining shartnomada belgilab qo‘yilgan oxirgi 
muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi. Shartnomaning amal qilish 
muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod 
qilmaydi.
Fuqarolik kodeksi talablari asosida tadbirkorlik faoliyati subyektlari 
dastlabki shartnoma bo‘yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar 
bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda 


293 
tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) 
majburiyatini olishlari mumkin.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, 
bordiyu, asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo‘lsa, yozma 
shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli to‘grisidagi qoidalarga 
rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 
shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek boshqa muhim 
shartlarini belgilab qo‘yish imkonini beradigan shartlar bo‘lishi kerak. 
Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani 
tuzish majburiyatini olishi ko‘rsatiladi. Agar dastlabki shartnomada 
bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy shartnoma dastlabki 
shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf asosiy shartnomani tuzishdan 
bosh tortgan taqdirda FKning 377-moddasining oltinchi va yettinchi 
qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi. Agar taraflar asosiy 
shartnomani tuzishlari lozim bo‘lgan muddatning oxirigacha u tuzilmasa 
yoki taraflarning birontasi ham ikkinchi tarafga ana shunday shartnoma 
tuzish haqida taklif yubormasa, dastlabki shartnomada nazarda tutilgan 
majburiyatlar bekor bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari fuqarolik kodeksi talablari asosida 
uchinchi shaxs foydasiga shartnoma tuzishlari mumkin. Bunda taraflar 
qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada ko‘rsatilgan yoki 
ko‘rsatilmagan, qarzdordan majburiyatni o‘z foydasiga bajarishni talab 
qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga bajarishi majbur deb 
belgilab qo‘ygan shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma 
deyiladi.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda 
tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan 
foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‘zlari 
tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki 
o‘zgartirishlari mumkin emas. Qarzdor kreditorga qarshi qo‘yishi 
mumkin bo‘lgan e’tirozlarini shartnomada uchinchi shaxsning talablariga 
qarshi qo‘yishga haqli. Uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘ziga 
berilgan huquqdan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, basharti 


294 
qonunchilik va shartnomaga zid bo‘lmasa, kreditor bu huquqdan 
foydalanishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari shartnoma tuzishda O‘zR 
FKsining 364-moddasida belgilangan asosiy qoidalarga amal qilishi 
lozim. Ushbu moddada, agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha 
muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda 
kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Shartnomaning narsasi to‘grisidagi shartlar, qonunchilikda bunday 
turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, 
shuningdek taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur 
bo‘lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Shartnoma 
taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va 
ikkinchi taraf uni aksteptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.
Tadbirkorlik 
faoliyati 
subyektlari 
shartnoma 
tuzishda 
shartnomaning tuzilish payti muxim qoidalardan biri hisoblanadi. Unda 
ya’ni oferta yo‘llagan shaxs uning aksteptini olgan paytda shartnoma 
tuzilgan hisoblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun 
mol-mulkni topshirish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk 
topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (O‘zbResFKning 185-
moddasi).
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari shartnomaviy munosabatlarga 
kirishishda uning shakliga e’tibor qaratishlari muxim hisoblanadi. Unga 
ko‘ra, agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir 
shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun 
nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin. Notarial 
tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma 
notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, 
notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa — 
shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan 
hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan 
bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl 
talab 
qilingan 
bo‘lmasa-da, 
shartnoma 
belgilangan 
shaklga 
keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.


295 
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, 
shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat 
shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini 
beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi 
mumkin. Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks 
370-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda olingan 
bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Tadbirkorlik 
faoliyati 
subyektlari 
tomonidan 
tuziladigan 
shartnomaviy munosabatlarning dastlabki jarayonida oferta yo‘llash 
tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, shartnoma tuzishda bir yoki bir necha 
muayyan shaxsga yuborilgan, etarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni 
kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs 
bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta 
hisoblanadi. Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan 
bo‘lishi kerak. Oferta uni yo‘llagan shaxsni oferta yo‘llangan shaxs bilan 
u ofertani olgan paytdan boshlab boglaydi. Agar ofertani chaqirib olish 
to‘grisidagi bildirish ofertaning o‘zidan oldin yoki u bilan bir vaqtda 
kelgan bo‘lsa, oferta olinmagan hisoblanadi.
Shartnomani tuzish paytida ofertaning chaqirib olinmasligi 
fuqarolik kodeksida belgilangan. Unda qabul qiluvchi taraf olgan oferta 
uni aksteptlash uchun belgilab qo‘yilgan muddat mobaynida chaqirib 
olinishi mumkin emas, basharti boshqacha tartib ofertaning o‘zida shart 
qilib qo‘yilgan bo‘lmasa yoki taklifning mohiyatidan yoxud u yo‘llangan 
paytdagi vaziyatdan anglashilmasa.
Tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda ofertaga taklif 
etish qoidasi asosida nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llangan reklama 
va boshqa takliflar, agar taklifda boshqacha hol to‘gridan-to‘gri 
ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ofertaga taklif etish deb qaraladi. Shartnomaning 
barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga olgan, taklif kiritayotgan shaxsning 
javob qaytargan har qanday shaxs bilan taklifda ko‘rsatilgan shartlar 
asosida shartnoma tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan taklif 
oferta (ommaviy oferta) hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida tuziladigan shartnomalarning navbatdagi 
bosqichi akstept bo‘lib, unda oferta yuborilgan shaxsning uni qabul 


296 
qilganligi haqidagi javobi akstept hisoblanadi. Akstept to‘liq va 
pisandasiz bo‘lishi kerak. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki 
taraflarning ish bo‘yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no 
kelib chiqmasa, sukut saqlash akstept bo‘lmaydi. Ofertani aksteptlash 
uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko‘rsatilgan 
shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni 
jo‘natish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to‘lash va 
h. k.), agar qonunchilikda yoki ofertada boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan yoki ko‘rsatilmagan bo‘lsa, akstept hisoblanadi. Shuningdek, 
FKda akstept bilan bogliq boshqa tartiblar xam belgilangan. (FKning 371-
moddasi Aksteptni chaqirib olish, 372-moddasi Akstept muddati 
ko‘rsatilgan oferta asosida shartnoma tuzish, 373moddasi Akstept 
muddati ko‘rsatilmagan oferta asosida shartnoma tuzish, 374moddasi 
Kechikib olingan akstept va 375-moddasida boshqa shartlar asosidagi 
aksteptlar nazarda tutilgan)
Tadbirkorlik shartnomalarida shartnomaning tuzilgan joyi muxim 
shartlardan biri bo‘lib, FKga asosan agar shartnomada uning tuzilgan joyi 
ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shartnoma oferta yo‘llagan fuqaroning yashash 
joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan erida tuzilgan hisoblanadi.
FKning 378-moddasida shartnoma oldidan bo‘ladigan nizolar 
belgilangan bo‘lib, unda shartnoma tuzish chogida yuz bergan 
kelishmovchiliklar O‘zR FKsning 377-moddasiga muvofiq qarab chiqish 
uchun sudga berilgan hollarda shartnomaning taraflar o‘rtasida 
kelishmovchiliklar chiqishiga sabab bo‘lgan shartlari sud qaroriga 
muvofiq belgilanadi.
Tadbirkorlik 
faoliyati 
subyektlarining 
kimoshdi 
savdosida 
shartnoma tuzish talablarida agar shartnomaning mazmunidan boshqacha 
tartib anglashilmasa, u kim oshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi 
mumkin. Shartnoma kimoshdi savdosida golib chiqqan shaxs bilan 
tuziladi. Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud 
ixtisoslashgan tashkilot kimoshdi savdosining tashkilotchisi bo‘lishi 
mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq 
egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi va ular nomidan yoki 
o‘z nomidan harakat qiladi. Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda 


297 
ko‘rsatilgan hollarda ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish to‘grisidagi 
shartnomalar faqat kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi 
mumkin. Kimoshdi savdosi aukstion yoki tanlov shaklida o‘tkaziladi. 
Kimoshdi savdosining shakli, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan 
bo‘lmasa, sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan mulkiy 
huquqning egasi tomonidan belgilanadi. Faqat bitta ishtirokchi 
qatnashgan aukstion va tanlov o‘tkazilmagan hisoblanadi.
O‘zR FKsning 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar, 
agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sud 
qarorini ijro etish tartibida o‘tkaziladigan kimoshdi savdosiga nisbatan 
ham qo‘llaniladi.
Shartnomalar tuzish – biznes uchun kundalik amaliyotdir. 
Korxonada shartnomaviy ishni tashkil qilish ayrim savollarga javoblarni 
talab qiladi. Nimadan boshlash kerak? Shartnomaga qanday bo‘limlarni 
kiritish kerak? Qanday shartnoma xatolarini oldini olish yoki yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni tuzatish mumkin? Bu haqda batafsil keyingi qismlarda 
ko‘rib chiqamiz.
O‘zR FKning 382-moddasi talablari asosida tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarni o‘zgartirish va bekor 
qilish asoslari belgilangan. Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda 
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma 
taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi 
mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat 
quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
1) 
ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
2) 
ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda 
tutilgan o‘zga hollarda.
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u 
shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada 
mahrum bo‘ladigan qilib zarar etkazishi shartnomani jiddiy buzish 
hisoblanadi. Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh 
tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, 
shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.


298 
O‘zR FKsning 383-moddasida vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati 
bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi belgilanib, unda 
shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy 
o‘zgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa 
yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani o‘zgartirish yoki 
bekor qilish uchun asos bo‘ladi. Vaziyatning taraflar oldindan ko‘ra 
bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan 
shartlar bilan tuzishlari mumkin bo‘lgan darajada o‘zgarishi uning jiddiy 
o‘zgarishi hisoblanadi.
Agar 
taraflar 
shartnomani 
jiddiy 
o‘zgargan 
vaziyatga 
muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, 
shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor 
qilinishi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga 
ko‘ra esa — o‘zgartirilishi mumkin, yoki ayni vaqtda quyidagi shartlar 
mavjud bo‘lsa:
1) 
shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‘zgarish 
yuz bermaydi, deb hisoblagan bo‘lsalar;
2) 
vaziyatning o‘zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular 
paydo bo‘lganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va 
muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik 
va ehtiyotkorlik qilgan bo‘lishiga qaramay, bu sabablarni yenga olmagan 
bo‘lsa;
3) 
shartnomani uning shartlarini o‘zgartirmasdan bajarish taraflar 
mulkiy
manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va 
manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid 
qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar;
4) 
ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan 
vaziyatning o‘zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi 
anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor 
qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish 
oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan 


299 
bogliq xarajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga 
asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning 
o‘zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid 
bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilgan shartlar 
asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar 
keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida shartnomani o‘zgartirish va 
bekor qilish O‘zR FKsning 384-moddasi asosida hal etiladi. Unga ko‘ra, 
shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor 
qilish to‘grisidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti 
qonunchilikdan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha 
tartib kelib chiqmasa. Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish 
haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki 
taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan 
muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda 
javob olmaganidan keyin, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish 
haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomani 
o‘zgartirish va bekor qilishning oqibatlari O‘zR FKsning 385-moddasi 
talablariga amal qilgan xolda xarakat qilishlari shart. Ushbu moddada 
shartnoma o‘zgartirilganida taraflarning majburiyatlari o‘zgartirilgan 
holda saqlanib qoladi. Shartnoma bekor qilinganida taraflarning 
majburiyatlari bekor bo‘ladi. Shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor 
qilingan taqdirda, agar kelishuvdan yoki shartnomani o‘zgartirish 
xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani 
o‘zgartirish yoki bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma 
sud tartibida o‘zgartirilgan yoki bekor qilinganida esa — sudning 
shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi qarori qonuniy 
kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor 
qilingan hisoblanadi. Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida 
boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, taraflar shartnoma 
o‘zgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari 
bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar.


300 
Agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga taraflardan 
birining shartnomani jiddiy buzishi asos bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi taraf 
shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish tufayli etkazilgan zararni 
to‘lashni talab qilishga haqli. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin