Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Ichki tadbirkorlik shartnomalariga oilaviy pudrat, fermer xo`jaligi 
bilan shirkat xo`jaligi o`rtasidagi shartnomalar misol bo`la oladi. Ichki 
tadbirkorlik shartnomalari o`z huquqiy tabiatiga ko`ra fuqarolik-huquqiy 
va mehnat-huquqiy shartnoma bo`lib hisoblanadi. Agar qonun 
hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, 
ichki tadbirkorlik shartnomalariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi 353-385-moddalarining normalari qo`llaniladi.
3-§ Tadbirkorlik shartnomalarini bajarish 
Tadbirkorlik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun 
hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar 
bo`lmagan hollarda esa – ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi 
lozim.


309 
Tadbirkorlik shartnomasini bajarish jarayoni izchil amalga 
oshiriladigan harakatlar tizimidan iborat bo`lib, bu tizimni ikki bosqichga, 
yani moddiy va huquqiy bosqichlariga ajratish mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarishning moddiy bosqichi ikkita 
o`zaro bog`liq harakatlarni: bir tarafning tovarlarni, bajargan ishi va 
ko`rsatgan xizmati natijalarini berishni hamda ikkinchi tarafning bu 
narsalarni qabul qilib olishini o`z ichiga oladi. Shartnomani bajarish 
muddati, uni bajarish joyi, shartnomaning bahosi, shartnomani bajarish 
usullari ana shunday talablar jumlasidandir.
Tadbirkorlik shartnomasida uning bajarish vaqti nazarda tutilgan 
yoki uni aniqlash imkoni mavjud bo`lsa, u holda shartnomaviy majburiyat 
o`sha vaqtda bajarilishi kerak. Umumiy qoidaga ko`ra, taraf shartnomani 
muddatidan ilgari bajarishi mumkin emas. Biroq, agar taraflar uchun 
bunday holat shartnomada nazarda tutilgan va bunga ikkinchi taraf rozilik 
bergan bo`lsa majburiyatni muddatidan ilgari bajarishi mumkin. 
Shartnomaviy majburiyatni bajarish muddati talab qilib olish payti bilan 
belgilab qo`yilgan bo`lsa, birinchi taraf (kreditor) har qachon ijroni talab 
qilishga, ikkinchi taraf (qarzdor) esa ijroni har qachon amalga oshirishga 
haqli bo`ladi. Tadbirkorlik shartnomasi bo`yicha majburiyatni darhol 
bajarish vazifasi qonun yoki shartnomaning mohiyatidan anglashilmasa, 
qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti 
kunlik muddat ichida bajarishi shart.
Agar qonun hujjatlarida yoki tadbirkorlik shartnomasida 
majburiyatning bajarish joyi ko`rsatilmagan bo`lsa va majburiyatning 
mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan anglashilmasa, umumiy 
qoidaga ko`ra majburiyat - qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor 
yuridik shaxs bo`lsa, uning joylashgan yerida bajarilishi kerak. Ammo, bu 
qoidaning bir nechta istisnolari mavjuddir: ko`chmas mol-mulkni 
topshirish majburiyatlari bo`yicha mol-mulk turgan joyda; tashishni 
nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari 
bo`yicha – tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi 
tashuvchiga topshirish joyida; qarzdorning tovarni topshirish yuzasidan 
o`zga majburiyatlari bo`yicha – tovarni tayyorlash va saqlash joyida, 
basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga malum 


310 
bo`lgan bo`lsa; pul majburiyatlari bo`yicha-majburiyat vujudga kelgan 
paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo`lsauning 
majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida bajariladi. 
Tadbirkorlik shartnomasida tovarning (ishning, xizmatning) narxi 
ko`rsatilgan bo`lsa, ikkinchi taraf tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada 
ko`rsatilgan bahoda qabul qilib oladi. Shartnoma tuzilgandan keyin 
baholarni shartnomada nazarda tutilgan holat va shartlardagina 
o`zgartirish mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarish usuli - bu unda belgilangan 
majburiyatlarni bajarish jarayonida taraflar amalga oshiradigan harakatlar 
majmuidir. Umumiy qoidaga ko`ra, agar majburiyatlarni qismlarga bo`lib 
bajarish nazarda tutilmagan bo`lsa, bir martada batamom bajarilishi 
kerak. Shartnoma bo`yicha taraflarning o`zaro majburiyatlari bir vaqtda 
bajarilishi lozim, agar shartnomada boshqa holatlar ko`rsatilgan 
bo`lmasa. Shuning uchun taraflar xo`jalik shartnomasini tuzishda vujudga 
keladigan o`z majburiyatlarini bajarish tartibini aniq va puxta, qonun 
talablariga muvofiq ravishda belgilashlari shart.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarish tartibining ikkinchi bosqichi, 
ushbu bosqichda shartnoma bo`yicha bajarilgan ishni, ko`rsatilgan 
xizmatni, yetkazilgan tovarni son va sifat jihatdan tekshirish, shuningdek, 
bajarish faktini hujjat bilan tasdiqlashdan iborat. Shartnoma bo`yicha bir 
taraf ikkinchi taraf oldida o`z majburiyatlarini moddiy jihatdan bajarishi, 
uning o`z majburiyatlarini yuridik jihatdan bajarganligini anglatmaydi. 
Boshqacha qilib aytganda, birinchi taraf o`z majburiyatlarini 
bajarganligini tasdiqlovchi hujjat bilan rasmiylashtirgandan keyingina 
ikkinchi taraf oldidagi ana shu majburiyatlaridan xalos bo`ladi. Demak, 
shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatni bajarilganligini tasdiqlash 
uni hujjat bilan rasmiylashtirilishini talab qiladi.
Tadbirkorlik shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar bo`lishi mumkin: a) 
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi; b) 
bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
haqi to`langanligi haqidagi to`lov hujjati; v) transport tashkiloti 
tomonidan berilgan va tovar uni oluvchi manziliga jo`natilganligi 


311 
haqidagi yuk xati; g) tovar sotuvchining omboriga topshirilgani-qabul 
qilib olingani haqidagi hujjat; d) boshqa hujjatlar va guvohnomalar.
Tovarlar odatda, hisob-faktura, ro`yxat, o`rash yorliqlari, yuk xati 
va boshqa kuzatuv hujjatlari bo`yicha soniga qarab qabul qilib olinadi. 
Tovarni qabul qilib oluvchi taraf yuk tashish paytida tovarni saqlash 
qanday taminlanganligi (plomba va idishlar buzilmaganligi, marka belgisi 
mavjudligi va h.k) ni tekshirib ko`radi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni 
sifatiga qarab qabul qilish yetkazib berilgan tovar (bajarilgan ishlar yoki 
ko`rsatilgan xizmatlar) ning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar – texnik 
pasport, sertifikat, sifat haqida guvohnoma va boshqa hujjatlar bo`yicha 
amalga oshiriladi.
Tovarni soni va sifati haqidagi qabul qilish hujjati tovar yetkazib 
beruvchiga nisbatan tegishli etirozlar bildirish uchun asos bo`lib xizmat 
qiladi. Tovarlarni soni va sifati bo`yicha qabul qilish qoidalarini buzilishi 
esa bildirilgan talabnoma va davolarni rad qilinishiga olib keladi. 
Tadbirkorlik shartnomalari bo`yicha majburiyatlar bajarilganligini 
rasmiylashtirishning yana bir usuli – ayni bir taraflarning bir-biriga 
bog`lovchi ikki yoki bir necha majburiyatlarni bajarish shakli bo`lgan 
o`zaro talablarni hisobga o`tkazishdir. Bunda bir tarafning ta-lablarini 
qanoatlantirish boshqa majburiyatdan kelib chiquvchi qarshi taraf 
talablarini bajarish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi shartlarga rioya qilinganda o`zaro talablarni hisobga 
o`tkazish mumkin bo`ladi: a) har ikki tarafning bir-biriga nisbatan 
talablari bo`lishi; b) talablar bir-biriga o`xshash bo`lishi; v) 
majburiyatlarni bajarish muddati kelgan bo`lishi lozim. Hisobga o`tkazish 
taraflarning kelishuviga muvofiq bayonnoma yoki ikki taraf o`rtasida 
tuziladigan boshqa hujjat yohud taraflardan birining arizasi shaklida 
rasmiylashtirilishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin