Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik shartnomasini tuzilish jihatidan shartli ravishda



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik shartnomasini tuzilish jihatidan shartli ravishda 
to`rt qismga ajratish mumkin:  
1) 
kirish;
2) 
shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari;
3) 
shartnomaning qo`shimcha shartlari;
4) 
shartnomaning boshqa shartlari.
Tadbirkorlik shartnomasining kirish qismida quyidagilar – 
shartnomaning nomi (mahsulot yetkazib berish, kredit, transport 
vositalari ijarasi, qurilish pudrati va x.k.); shartnomani imzolash vaqti va 
joyi; shartnoma taraflarining to`liq nomi, shartnoma bo`yicha taraflarning 
atalishi (masalan: “mahsulot yetkazib beruvchi”, “pudratchi” va sh.k.); 
shartnomani imzolayotgan shaxsning mansabi va naslnasabining to`liq 
nomi, shuningdek unga shartnomani imzolash huquqini beruvchi hujjat 
(ustav, nizom yoki ishonchnoma) ko`rsatilishi lozim.
Yuqoridagilarni shartnomada to`liq va aniq ifodalanishi muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, shartnomaning aniq nomlanishi taraflarga va 
boshqa shaxslarga qanday huquqiy munosabatlar haqida so`z 
yuritilayotganligi to`g`risida o`sha zahoti tushuncha bersa, shartnoma 
imzolangan vaqt (yil, oy, kun) shartnoma imzolangan paytni to`g`ri 
aniqlash va amal qilish muddatini qachon tugashi, yani bu bilan bog`liq 
yuridik oqibatlarni belgilash imkoniyatini beradi. Tadbirkorlik 
shartnomasining ikkinchi qismi uning katta ahamiyatga ega bo`lgan 
shartlarini o`z ichiga oladi: shartnoma predmeti; birinchi tarafning 
shartnoma bo`yicha huquq va majburiyatlari; ikkinchi tarafning 
shartnoma bo`yicha huquq va majburiyatlari; taraflarning o`z 
majburiyatlarini bajarish muddatlari; taraflar majburiyatlarini bajarish 
joyi; taraflar majburiyatlarini bajarish usullari (harakatlar tartibi, 
ketmaketligi va h.k.).


301 
Ushbu shartlarning mazmuni shartnomaning turiga va uning qanday 
holatga nisbatan tuzilishiga bog`liq bo`ladi va O‘zR FKi va amaldagi 
normativ hujjatlar qoidalari asosida shakllanadi.
Tadbirkorlik shartnomasining uchinchi qismi shunday shartlarni o`z 
ichiga oladiki, ularni shartnomada ko`zda tutish majburiy emas. Ammo, 
bunday shartlar mavjud bo`lgan taqdirda taraflar huquq va 
majburiyatlariga, shuningdek ularni bajarish tartibiga sezilarli tasir qiladi.
Tadbirkorlik shartnomasining qo`shimcha shartlariga – shartnomani 
amal qilish muddati; taraflarning javobgarligi; majburiyatlarning 
bajarilishini taminlash usullari; shartnomani bir taraflama bekor 
qilishning asoslari va oqibatlari; shartnoma bo`yicha malumotlarni sir 
saqlash haqidagi; nizolarni hal qilish tartibi kabilar kiradi.
Taraflarning shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish 
muddatlari ko`rsatilgan taqdirda ham tadbirkorlik shartnomasining amal 
qilish muddati ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu holat shartnomani 
amal qilish muddati qachon tugashini bilish va taraflar shartnomani 
bajarishdan bosh tortganlik uchun talabnoma va davo qilish muddatini 
boshlanishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Shartnoma 
shartlari 
buzilgan 
taqdirda 
taraflarning 
o`z 
majburiyatlarini bajarishlarini taminlash maqsadida shartnomada 
tarafalarning javobgarligi ko`zda tutiladi. Odatda, har bir shartnomada 
javobgarlik kelishilgan shartlarning birini bajarmagan tarafga nisbatan 
neustoyka (jarima, penya) ko`rinishida sanksiya belgilanishi bilan 
ifodalanadi.
Tadbirkorlik shartnomasining qo`shimcha shartlaridan yana biri – 
bu majburiyatlarning bajarilishini taminlash usullaridir. Amaldagi 
qonunchilikka 
muvofiq 
tadbirkorlik 
shartnomasining 
bajarilishi 
neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik
kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda 
tutilgan boshqacha usullar bilan taminlanishi mumkin.
Odatda tadbirkorlik shartnomalari faqat taraflarning kelishuviga 
muvofiq bekor qilinishi mumkin, ammo taraflar shartnomada uni bir 
tarafning tashabbusi bilan ham bekor qilish to`g`risidagi shartlarni 
kiritishlariga yo`l qo`yiladi.


302 
Shuningdek shartnomada uning qaysi shartlari sir saqlanishi va 
taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emasligi belgilab qo`yilishi 
mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin