Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§ Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

5-§ Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik  
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobida 
majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik tartib-
taomillari belgilangan. Ushbu bobning 324-moddasida qarzdor 
majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli 
kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart. Agar qonunchilikda yoki 
shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni 
aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor 
kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab 
ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo‘lmasa, — da’vo qo‘zgatilgan kunda mavjud 
bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to‘lash 
haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni 
e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin. 
Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish 
uchunko‘rilgan choralar va shu maqsadda ko‘rilgan tayyorgarliklar 
hisobga olinadi. 
Mavzuni kengroq tushunish uchun FKning 14, 236 - 258, 325 - 339-
moddalariga qarash tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun esa 
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003 yildagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz 
kechish huquqi bilan bogliq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari 
to‘grisida”gi 110-son qarorining 11bandining ikkinchi xatboshisi. 


315 
Agar 
majburiyatni 
bajarmaganlik 
yoki 
lozim 
darajada 
bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan bo‘lsa, zararning neustoyka 
bilan qoplanmagan qismi to‘lanadi. Qonunda yoki shartnomada zararni 
emas, balki faqat neustoykani undirib olishga yo‘l qo‘yiladigan; zarar 
ham neustoykadan tashqari to‘la hajmda undirib olinishi mumkin 
bo‘lgan; kreditorning tanloviga ko‘ra yoki neustoyka yoxud zarar undirib 
olinishi mumkin bo‘lgan hollar belgilanishi mumkin. Ushbu tartib 
qoidalar FK-325-moddasida va O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to‘grisida”gi Qonunining 34moddalarida mustaxkamlangan. 
Agar to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning majburiyatini 
buzish oqibatlariga nomutanosibligi ko‘rinib tursa, sud neustoykani 
kamaytirishga haqli. Bunda qarzdor majburiyatni qay darajada 
bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, 
shuningdek kreditorning manfaatlari e’tiborga olinishi kerak. 
Sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga 
olib, kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykani kamaytirish 
huquqiga ega. FKning 326-moddasi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 
15.06.2007 yil 15 iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim 
darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘grisidagi fuqarolik 
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son 
qarorining 4-bandi. 
Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik - boshqa 
shaxslarning pul mablaglarini gayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib 
berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish 
yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamgarish natijasida 
ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablaglar summasiga foiz to‘lanishi 
kerak. 
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs 
bo‘lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning 
tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob 
stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud 
kreditorning talabini da’vo qo‘zgatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan 
kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu 


316 
qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilangan 
bo‘lmasa qo‘llaniladi. 
Kreditorning pul mablaglaridan qonunsiz foydalanish tufayli unga 
yetkazilgan zarar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga 
asosan unga tegishi kerak bo‘lgan foizlar summasidan oshib ketsa, 
kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan qismini 
to‘lashni talab qilishga haqli. FKning 327moddasi shuningdek, FKning 
236 — 258, 324 — 326, 328 — 339, 785, 1023moddalari va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999 yildagi “Fuqarolik 
kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim 
masalalar to‘grisida”gi 16-son qarorining 22-bandi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007 yil 15 iyundagi 
“Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik 
uchun mulkiy javobgarlik to‘grisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini 
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorining 4-
bandining ikkinchi xatboshisi, 5 — 11-bandlari, 12-bandining ikkinchi 
xatboshisi, 13-bandi, 18-bandining ikkinchi xatboshisi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin