Tadbirkorlik faoliyatida shartnoma tuzishni qanday tashkil
etish lozim.
Korxonada shartnomaviy ish ko‘pincha rasmiylashtirishga to‘gri
keladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish
va tasdiqlashdan boshlanadi. Tayyor shablonlardan foydalanish vaqtni
tejashda qulay: shartnomani “boshidan” yozgandan ko‘ra unga ayrim
aniqlashtirishlar va tuzatishlarni kiritish oson va tez.
Faoliyatning xususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusi ish
uchun shartnomalarning bir nechta shakllarini tayyorlab qo‘yish mumkin.
Hatto shartnomaning bir turi doirasida uning kichik turlarini ko‘zda tutish
mumkin. Masalan, tovarlar o‘zi olib ketish va xaridorga biryo‘la yoki
muayyan davrda partiyalar bilan etkazib berish shartlarida etkazib
berilishi mumkin. Shunday qilib, kontragentlar bilan o‘zaro
munosabatlarning xususiyati bu erda belgilovchi omil hisoblanadi.
Biroq shuni tushunish lozimki, tayyor shablonlardan foydalanish
tizimi a’lo darajaga etishishiga hali ancha bor.
Birinchidan, barcha ehtimoliy variantlarni oldindan ko‘zda tutib
bo‘lmaydi va ertami-kechmi kutilmagan vaziyatga to‘qnash kelishga
to‘gri keladi.
Ikkinchidan, qachondir foydalanishga kiritilgan shartnomalar
eskiradi va qonunchilikdagi dolzarb o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
qayta ko‘rib chiqishni taqazo qiladi.
Shartnoma bo‘limlari va soha mutaxassislari bo‘lmagan
tashkilotlarda bu
ish kim tomonidan bajarilishi ham muhim. Lavozim yo‘riqnomalari
va boshqa lokal hujjatlar mavjud bo‘lmagan mutlaqo kichik firmalarda
shartnomalarni tuzish va rasmiylashtirish ustida qisman rahbar, bosh
buxgalter va sotish bo‘yicha menejer ishlashlariga to‘gri keladi.
Bunda shuni inobatga olish joizki, qonun cheklovlarsiz har qanday
shartnomani tuzish imkonini bersada, yakuniy hujjat shakllar va ayrim
hollarda mazmun jihatdan qonunchilik talablariga muvofiq kelishi kerak.
303
Tushunarli, faqat huquq sohasidagi mutaxassis bunday muvofiqlikni
lozim darajada ta’minlashi mumkin. Aytilganlarni inobatga olib, hech
bo‘lmaganda dastlabki bosqichda ishga yuristni jalb qilishni tavsiya
qilamiz.
Korxonada
rasmiylashtirilayotgan
shartnomalarni
huquqiy
ekspertizadan o‘tkazishga kelishib olinsa, yanada yaxshi. Bunday
xizmatlar uchun xarajatlar katta emas va ehtimoliy sud xarajatlari yoki
jarima sankstiyalarida iqtisod
qilish hisobiga ortigi bilan qoplanadi.
Respublikamizda iqtisodiyot va uni boshqarish jarayonida vujudga
keladigan nizolarni hal qilish tadbirkorlik sudlari sudloviga taalluqlidir.
Biroq, tadbirkorlik prosessual qonunchiligida fuqarolik huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan
hamda tadbirkorlik sudiga taalluqli bo`lgan nizo taraflarning kelishuviga
binoan hakamlar sudida ko`rish uchun topshirilishi mumkinligi
belgilangan. Qoida tariqasida, da’volar javobgar joylashgan joydagi
tadbirkorlik sudiga taqdim etiladi. Ammo, da’voni javobgar joylashgan
joyda taqdim etish va davogarning tanlashi bo`yicha sudlovga tegishlilik
asosida taraflarning roziligi bilan o`zgartirilishi hamda nizoni hal qilishi
lozim bo`lgan tadbirkorlik sudining nomi shartnomada aniq belgilanishi
ham mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasining to`rtinchi qismida - taraflar
o`rtasidagi munosabatlar shartnomadan tashqari yana qanday yo‘llar bilan
tartibga solinishini; taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi;
shartnoma tuzishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning shartnoma
imzolangandan keyingi natijalari; taraflarning rekvizitlari; shartnoma
nusxalari soni haqidagi malumotni; shartnoma matniga o`zgartirishlar
kiritish tartibini; taraflar vakillarining imzolari olinishi lozim.
Taraflar shartnomada o`z zimmalariga olgan aniq majburiyatlarni
belgilab olishi tabiiy bir holdir. Unga shartnoma bo`yicha taraflar
o`rtasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normalarini
kiritishning hojati yo`q. Shuning uchun, odatda shartnomaning boshqa
sharti sifatida unga quyidagi jumla kiritiladi: “Mazkur shartnomada
nazarda tutilmagan shartlar bo`yicha taraflar amaldagi qonunchilikka
rioya qiladilar”.
304
Taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi shartlarda –
axborot berish va shartnomaning bajarilishiga taalluqli bo`lgan
masalalarni hal qilishga vakolatli shaxslar (nomlari yoki mansabi),
shuningdek aloqa turlari (telefon, faks va h.k) ko`rsatiladi.
Shartnoma tuzishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning
shartnoma imzolangandan keyingi natijalari to`g`risidagi bandda taraflar
shartnomani tuzish bo`yicha olib borilgan barcha muloqotlar,
yozishmalar, oldindan kelishib olishlar va shu maqsaddagi bayonnomalar
o`z kuchini yo`qotganligi belgilanadi.
Taraflarning rekvizitlariga – pochta indeksi, manzili, hisob–kitob
raqami, bank muassasaning nomi, kodi, MFO, soliq to`lovchining
identifikasiya raqami, yuklash rekvizitlari kiradi va ular tadbirkorlik
shartnomasida aniq ko`rsatilishi lozim. Shartnoma nusxalari soni va uning
haqiqiyligi unda ko`rsatiladi. Shartnoma matniga o`zgar-tirishlar kiritish
tartibining belgilanishi shartnomani qalbakilashtirilishini oldini oladi.
Har bir shartnomada malum bir shaxsning xohish-istaklari bayon
qilinishi munosabati bilan shartnoma o`sha shaxs yoki uning to`liq
vakolatga ega bo`lgan vakili tomonidan imzolanadi, shuningdek,
shartnomada yuridik xizmat xodimi yoki advokatning imzosi bo`lishi
talab qilinadi.
Tadbirkorlik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Qonunchilikda
shartnoma yozma shaklining uch xil turi ko`rsatilgan. Amaliyotda
shartnomaning oddiy yozma shakli keng tarqalgan bo`lib, u taraflar
imzolagan bitta hujjatni tuzish yo`li bilan tuziladi.
Tadbirkorlik shartnomasi, shuningdek pochta, telegraf, teletayp,
telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini
ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida
hujjatlar almashish yo`li bilan tuzilishi mumkin. Agar qonun hujjatlariga
yoki taraflardan birining talablariga zid bo`lmasa bitim tuzish chog`ida
imzodan faksimile usulida nusxa ko`chirish vositalaridan foydalanishiga
yo`l qo`yiladi.
Tadbirkorlik shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik
uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Tadbirkorlik shartnomasi qonunda
ko`rsatilgan hollarda va taraflardan birining talabi bo`yicha notarial
305
tasdiqlanishi shart. Shartnomani notarial tasdiqlash notarius yoki bunday
no-tarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan boshqa
mansabdor shaxs tomonidan shartnomada tasdiqlovchi ustxat yozib
qo`yish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Amaldagi qonun hujjatlarida ayrim tadbirkorlik shartnomalarini
davlat ro`yxatidan o`tkazish belgilab qo`yilgan. Masalan, yer uchastkalari
va boshqa ko`chmas mol-mulk bilan bog`liq tadbirkorlik shartnomalari
(boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara va boshqalar) davlat
ro`yxatidan o`tkazilishi kerak. Shartnomaning notarial shakliga yoki uni
davlat ro`yxatidan o`tkazish talabiga rioya qilmaslik tadbirkorlik
shartnomasining haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma
o`z-o`zidan haqiqiy bo`lmaydi.
Tadbirkorlik shartnomalarini tuzishda ayrim qonunlar yoki boshqa
normativ hujjatlar tomonidan o`rnatilgan muhim xususiyatlarni hisobga
olish zarurdir. Masalan, O`zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi
qo-nunida jamiyatning mol-mulkini olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi
bilan bog`liq “yirik bitimlar” (shartnomalar) alohida qayd qilingan.
Unda quyidagilar yirik bitimlar (shartnomalar) deb hisoblanadi:
bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat
aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega
bo`lgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan
bog`liq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan
chiqarishi ehtimoli bilan bog`liq bitim yoki o`zaro bog`-langan bir necha
bitim (oddiy tadbirkorlik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan
bitimlar bundan mustasno); jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan
oddiy (odatdagi) aksiyalarning yigirma besh foizidan ko`prog`ini tashkil
etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga
ayriboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bog`liq bir
yoki o`zaro bog`langan bir necha bitim.
Yirik bitimga sabab bo`lgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat
kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Qiymati bitim tuzish to`g`risida qaror qabul qilina-yotgan sanada
jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik
306
foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo`lgan yirik bitim
tuzish to`g`risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan
qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan
azolari ovozi hisobga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining
yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish to`g`risidagi masala
kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig`ilishi
hukmiga havola etilishi mumkin.
Bitim tuzish to`g`risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat
aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi
mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to`g`risidagi qaror aksiyadorlar
umumiy yig`ilishi tomonidan yig`ilishda qatnashayotgan ovoz beruvchi
aksiyalar egalari bo`lgan aksiyadorlarning to`rtdan uch qismdan iborat
ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuning uchun ham tadbirkorlik
shartnomalarini tuzish jarayonida shartnomani imzolayotgan shaxs
vakolatini tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Agar shaxsning tadbirkorlik shartnomasini tuzish vakolatlari
shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning tasis hujjatlari bilan
ishonchnomada, qonunda belgilab qo`yilganiga nisbatan yoinki
shartnoma tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko`rinib turgan deb hisoblanishi
mumkin bo`lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo`yilgan bo`lsa va
shartnomani tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar
doirasidan chiqib ketgan bo`lsalar, shartnomadagi ikkinchi taraf mazkur
cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo`lganligi isbotlangan
hollardagina shartnoma cheklash belgilanishidan manfaatdor bo`lgan
shaxsning davosi bo`yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va
taraflar uchun majburiy bo`lib qoladi. Taraflar o`zlari tuzgan tadbirkorlik
shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin
vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo`llaniladi deb belgilab qo`-
yishga haqlidirlar. Tadbirkorlik shartnomasi shartnoma shart-lariga
hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar
va talablar bo`lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq
307
bajarilishi lozim. Tadbirkorlik shartnomasi taraflarning kelishuviga
muvofiq o`zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Tadbirkorlik
shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo`lsa, taraflarning uni o`zgartirish
yoki bekor qilish to`g`risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga
oshiriladi.
Tadbirkorlik shartnomasini o`zgartirish haqidagi kelishuvda
quyidagilarning ko`rsatilishi maqsadga muvofiq bo`ladi, yani: qaysi
shartnoma o`zgartiriladi (shartnomaning raqami, sanasi, nomi);
shartnomani o`zgartirish sababi; o`zgartirilayotgan yoki qo`shimchalar
kiritilayotgan shartlar va ularning yangi tahriri; o`zgartirish kiritilgandan
keyin avvalgi shartlarning yuridik kuchini yo`qotishi haqidagi band;
o`zgartirish yoki qo`shimcha kiritilishidan oldin mazkur shartlar bo`yicha
yuzaga kelgan masalalarni hal qilish tartibi.
Taraflarning shartnomani bekor qilish haqidagi kelishuvida esa
quyidagi malumotlar kiritilishi lozim: qanday shartnoma bekor
qilinayotganligi; qaysi vaqtdan shartnoma bekor qilinayotganligi;
shartnoma bekor qilinishidan oldin mazkur shartnoma yuzasidan vujudga
kelgan masalalarni hal qilish tartibi; shartnoma bekor qilin-gandan keyin
taraflarning mazkur shartnoma bo`yicha talab qilish huquqlari o`z kuchini
yo`qotishi to`g`risidagi band.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga
yoki tadbirkorlik shartnomasining shartlarini bir taraflama o`zgartirishga
yo`l qo`yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
Taraflardan birining talabi bilan tadbirkorlik shartnomasi
tadbirkorlik sudining qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf tadbirkorlik
shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada
nazarda tutilgan boshqa hollarda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi
mumkin. Taraflardan birining tadbirkorlik shartnomasini buzishi ikkinchi
tarafga u tadbirkorlik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli bo`lgan
narsadan ko`p darajada mahrum bo`ladigan qilib zarar yetkazishi
tadbirkorlik shartnomasini jiddiy buzish hisobla-nadi.
Bir taraf shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga
ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda
308
ko`rsatilgan yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda,
bunday muddat bo`lmaganida esa – o`ttiz kunlik muddatda javob
olmaganidan keyin, tadbirkorlik shartnomasini o`zgartirish yoki bekor
qilish to`g`risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. Demak,
tadbirkorlik shartnomalari qonunchilik hujjatlarida yoki shartnomada
belgilangan hollarda bir taraflama yoki xo`-jalik sudining hal qarori bilan
bekor qilinishi mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ham
yozma shaklda amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasining
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy
bazasi to`g`risida”gi qonunida ichki tadbirkorlik shartnomalarini tuzish
qoidalari belgilangan. Ichki tadbirkorlik shartnomasi, qoida tariqasida,
tadbirkorlik subyekti va uning tarkibiy bo`linmalari o`rtasida yoki
tadbirkorlik subyekt va uning xodimi (bir guruh xodimlari) o`rtasida
tuziladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tadbirkorlik
subyektlari mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar
ko`rsatish yuzasidan ichki tadbirkorlik shartnomalarining o`zlari boshqa
tadbirkorlik subyektlari bilan tuzgan tadbirkorlik shartnomalaridagidan
kam bo`lmagan hajmda tuzilishini taminlashlari shart.
Dostları ilə paylaş: |