Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar  
1.Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati 
tushunchasi, printsiplari va huquqiy asoslarini tushuntirib bering. 
2.Nazorat qiluvchi organlar va ularning vakolatlarini tushuntirib 
bering.
3.Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati 
shakllarini aytib bering.
4.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish turlarini izoxlab 
bering.


288 
8.BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA SHARTNOMAVIY 
MUNOSABATLAR 
1-§. Tadbirkorlik shartnomasi tushunchasi, subyektlari va ahamiyati
2-§ Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, o`zgartirish va bekor qilish.
3-§ Tadbirkorlik shartnomalarini bajarish.
4-§. Shartnomaviy munosabatlarning 
huquqiy 
jihatdan 
taminlanishini tashkil etish va nazorat qilish.
5-§ Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik. 
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov takidlaganidek, 
Ilgari bir korxonaning ikkinchi korxonaga mahsulot yetkazib berishi, 
ularni qaysi hududda joylashganligidan qati nazar markazlashtirilgan 
tarzda amalga oshirilar va buning uchun mablag`lar va fondlar ajratilar 
edi. Boshqacha qilib aytganda, mahsulot kerakmi yoki kerak emasmi, 
unga talab bormi yoki yo`qmi, bundan qati nazar, u butun Ittifoq bo`yicha 
mol yetkazib beruvchilar va istemolchilarga taqsimlanib chiqilar edi. 
Biriktirilgan istemolchi esa bu mahsulotni olishi va o`z navbatida, o`z 
mahsulotini boshqa korxonalarga yetkazib berishi shart edi. Yani 
korxonalar o`rtasidagi tadbirkorlik munosabatlari ajratilgan limitlar, 
fondlar, naryadlar va buyurtmalarga asoslangan bo`lib, shartnomalar 
tuzilmas, tuzilsa ham ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo`lgan hujjat 
sifatida qaralar edi”.
Bozor munosabatlari sharoitida esa shartnomalar– barcha mulk 
shaklidagi korxonalar, shuningdek tadbirkorlar, hamda boshqaruv 
organlari o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`rnatuvchi asosiy huquqiy 
hujjat bo`lib hisoblanadi.
Shu o‘rinda 2001 yil 16 fevralda Vazirlar Mahkamasida bo`lib 
o`tgan yig`ilishda I.A. Karimov – “bozor munosabatlarini shartnoma 
majburiyatlarisiz tasavvur qilib bo`lmasligini yodda tutish lozim”- deb 
uqtirib o‘tganlar.
Shartnomalarning yetakchilik roli va iqtisodiy munosabatlarni 
o`rnatishning 
yangi 
tamoyillari 
huquqiy 
jihatdan 
O`zbekiston 
Respublikasining 
Fuqarolik 
kodeksi, 
mulkchilik 
to‘grisidagi, 


289 
kooperasiya, ijara, tadbirkorlik, dehqon, fermer, shirkat xo`jaliklari, 
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, 
banklar va bank faoliyati; chet el investisiyalari va chet ellik 
investorlarning kafolatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risidagi qonunlar va boshqa 
qonunlarda belgilab qo`yilgan.
Tadbirkorlik faoliyatida tuziladigan shartnomaviy munosabatlar, 
O‘zR FKning ShARTNOMA TO‘GRISIDA UMUMIY QOIDALARni o‘z 
ichiga olgan 2 kichik bo‘lim 26,27,28-BOBlardan tashkil topgan 353-
385-moddalar asosida tartibga solinadi.  

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin