Shartnoma deb ikki yoki bir necha (jismoniy yoki yuridik)
shaxsning huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki
bekor qilish haqidagi kelishuvga aytiladi. (FK.353m) Shartnomalarga
ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama
bitimlar to‘grisidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning
qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘grisida
bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
majburiyatlar to‘grisidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning 234-352-
moddalari) qo‘llaniladi.
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday
shartnomalarning ko‘p taraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma
to‘grisidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o`rtasida maxsulot etkazib
berish, tovar ayrboshlash, yuk tashish, transport ijarasi, ko‘char yoki
ko‘chmas mulk ijarasi, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish, maxsulotlarni
realizastiya qilish va boshqa munosabatlarni amalga oshirishda vujudga
keladigan shartnomaviy munosabatlar
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to`g`risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Shartnomalar – bu bitim ishtirokchilarining asosiy kelishuvlarini
qayd qiladigan hujjatlardir. Ular mamlakat doirasida va tashqi savdo
oborotida tovarlar va moliyaviy mablaglarning harakatini ta’minlaydi.
290
Barcha tadbirkorlar shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar, bu
esa ulardan muayyan ishlarni talab qiladi. Jumladan korxonaning o‘zida
shartnomani imzolashdan oldin uning loyihasi tuziladi, kontragent bilan
kelishiladi, tuzatish va qo‘shimchalar kiritiladi, qonunga muvofiqligi
tekshiriladi va h.k.
I.B. Zokirovning fikricha, shartnomalar erkinligi
tamoyilida quyidagi uchta holatni ajratib kursatish orqali tushunish
mumkin: 1) subyektning shartnoma bo‘yicha o‘z kontragenti, ya’ni
shartnoma bo‘yicha sherigini tanlash erkinligi; 2) shartnoma predmetini,
ya’n aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash erkinligi;
3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi.
Ushbu uchta holatni amalga oshirishda subyektga hech qanday
noqonuniy ta’sir o‘tkazmaslik lozim bo‘ladi' A.N. Tanaga esa
shartnomalar erkinligi tamoyiliga quyidagicha ta’rif beradi:
shartnomalar erkinligi - bu qonunda to‘gridan-to‘gri fuqarolik
huquqining boshlangich negizi bo‘lib, u shartnoma munosabatlari
subyektlari uchun shartnoma tuzish erkinligini, tuzilayotgan shartnoma
turini tanlash erkinligini va uning shartlarini belgilash erkinligini
urnatadi.
H.R. Rahmonqulovning fikricha, shartnoma erkinligi taraflarning
shartnoma munosabatlariga kirishishiga doir haqiqiy istaklari va xohish-
irodalari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bunday xohish-iroda,
birinchidan, shartnoma tuzishga doir harakatlarda, ikkinchidan,
shartnoma shartlarini belgilashga doir harakatlarda, uchinchidan,
shartnoma majburiyatlarini bajarishga doir harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Demak, tadbirkorlik shartnomasi: – bu ikki va undan ortiq
shaxslarning o‘z huquq va erkinliklarini mustaqil tartibda vujudga
keltirishni, ularni o‘zgartirishga va bekor qilishga qaratilgan o‘zaro
kelishuvidir.
Xulosa qilganda tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning
asl maqsadi va moxiyati tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan
ishlar, xizmatlar uchun foyda olish va boshqa turdagi xarakatlarning
bajarilishini kafolatlaydigan muxim hujjatlardan biri hisoblanadi.
|