Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 
04.03.2002 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatining shartnomaviyhuquqiy bazasi to‘grisida»gi 
Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari 
haqida”gi 103-son qarori 11-bandining birinchi xatboshisi,O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007 yildagi 
“Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik 
uchun mulkiy javobgarlik to‘grisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini 
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarori 12-bandining 
ikkinchi xatboshisi
Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi, 
basharti, qonunchilik yoki shartnomada bevosita ijrochi bo‘lgan uchinchi 
shaxsning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, zimmasiga 
majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning 
majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
qarzdor javob beradi. 334-modda. 
Kreditorning aybi - agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli 
majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmasligi yuz berishiga yoki bajarmaslik 
tufayli etkazilgan zarar miqdorining ko‘payishiga ko‘maklashgan bo‘lsa, 
shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan etkazilgan zararni 
kamaytirish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli ko‘rmagan 
bo‘lsa, sud ishning holatlariga qarab to‘lanadigan haq miqdorini 
kamaytirishga yoki kreditorga haq to‘lashni batamom rad etishga haqli. 
335-modda. 


320 
Ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatlari - agar ikki 
taraflama shartnomada bir taraf o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyat tufayli uni 
bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomadan 
voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni 
undirib olishga haqli. FK.336-modda. 
Ijroning qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirib yuborilishi - 
ijroni kechiktirib yuborgan qarzdor kechiktirib yuborish tufayli 
etkazilgan zarar uchun va kechiktirib yuborish davrida tasodifan ijroni 
bajarish mumkin bo‘lmasligi vujudga kelganligi uchun kreditor oldida 
javob beradi. 
Agar qarzdor ijroni kechiktirib yuborganligi tufayli kreditor uchun 
uning ahamiyati qolmagan bo‘lsa, u ijroni qabul qilishdan bosh tortishi 
va zararni to‘lashni talab qilishi mumkin. 
Agar kreditor qarzdor tomonidan taklif qilingan lozim darajadagi 
ijroni qabul qilishdan bosh tortgan bo‘lsa yoki o‘zi amalga oshirishi kerak 
bo‘lgan va amalga oshirilgunicha qarzdor o‘z majburiyatini bajara 
olmagan harakatlarni qilgan bo‘lmasa, kreditor muddatni kechiktirib 
yuborgan hisoblanadi. FK.337-modda. 
Kreditorning ijroni kechiktirib yuborish oqibatlari,
kreditorning 
hartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib 
yuborishi qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli etkazilgan zararni 
undirib olish huquqini beradi va keyinchalik majburiyatni ijro etish 
mumkin bo‘lmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qiladi, qarzdorning 
qasddan ish tutishi yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan 
mustasno. FK.338-modda. 
Pul majburiyati bo‘yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt 
uchun qarzdor foiz to‘lashga majbur emas. Qo‘shimcha ma’lumot uchun 
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007 yildagi “Majburiyatlarni 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy 
javobgarlik to‘grisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim 
masalalari haqida” gi 163-son qarori 17-bandiga qarash tavsiya etiladi. 


321 
Shuningdek, FKning 339-moddasida, shartnomaviy majburiyatlarni 
bajarmagan tarafga ya’ni ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun 
kreditorni javobgarlikdan ozod qilish tartib qoidalari belgilangan. 
Agar kreditor ijroning kechiktirib yuborilishi qonunga muvofiq 
yoki kreditorning topshirigi bilan ijroni qabul qilish vazifasi yuklatilgan 
shaxslar qasddan ish tutganligi yoki ehtiyotsizligi tufayli kelib 
chiqqanligini isbotlasa, u ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun 
javobgarlikdan ozod qilinadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin