Ichki tadbirkorlik shartnomalariga oilaviy pudrat, fermer xo`jaligi
bilan shirkat xo`jaligi o`rtasidagi shartnomalar misol bo`la oladi. Ichki
tadbirkorlik shartnomalari o`z huquqiy tabiatiga ko`ra fuqarolik-huquqiy
va mehnat-huquqiy shartnoma bo`lib hisoblanadi. Agar qonun
hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa,
ichki tadbirkorlik shartnomalariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi 353-385-moddalarining normalari qo`llaniladi.
3-§ Tadbirkorlik shartnomalarini bajarish
Tadbirkorlik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun
hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar
bo`lmagan hollarda esa – ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi
lozim.
309
Tadbirkorlik shartnomasini bajarish jarayoni izchil amalga
oshiriladigan harakatlar tizimidan iborat bo`lib, bu tizimni ikki bosqichga,
yani moddiy va huquqiy bosqichlariga ajratish mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarishning moddiy bosqichi ikkita
o`zaro bog`liq harakatlarni: bir tarafning tovarlarni, bajargan ishi va
ko`rsatgan xizmati natijalarini berishni hamda ikkinchi tarafning bu
narsalarni qabul qilib olishini o`z ichiga oladi. Shartnomani bajarish
muddati, uni bajarish joyi, shartnomaning bahosi, shartnomani bajarish
usullari ana shunday talablar jumlasidandir.
Tadbirkorlik shartnomasida uning bajarish vaqti nazarda tutilgan
yoki uni aniqlash imkoni mavjud bo`lsa, u holda shartnomaviy majburiyat
o`sha vaqtda bajarilishi kerak. Umumiy qoidaga ko`ra, taraf shartnomani
muddatidan ilgari bajarishi mumkin emas. Biroq, agar taraflar uchun
bunday holat shartnomada nazarda tutilgan va bunga ikkinchi taraf rozilik
bergan bo`lsa majburiyatni muddatidan ilgari bajarishi mumkin.
Shartnomaviy majburiyatni bajarish muddati talab qilib olish payti bilan
belgilab qo`yilgan bo`lsa, birinchi taraf (kreditor) har qachon ijroni talab
qilishga, ikkinchi taraf (qarzdor) esa ijroni har qachon amalga oshirishga
haqli bo`ladi. Tadbirkorlik shartnomasi bo`yicha majburiyatni darhol
bajarish vazifasi qonun yoki shartnomaning mohiyatidan anglashilmasa,
qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti
kunlik muddat ichida bajarishi shart.
Agar qonun hujjatlarida yoki tadbirkorlik shartnomasida
majburiyatning bajarish joyi ko`rsatilmagan bo`lsa va majburiyatning
mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan anglashilmasa, umumiy
qoidaga ko`ra majburiyat - qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor
yuridik shaxs bo`lsa, uning joylashgan yerida bajarilishi kerak. Ammo, bu
qoidaning bir nechta istisnolari mavjuddir: ko`chmas mol-mulkni
topshirish majburiyatlari bo`yicha mol-mulk turgan joyda; tashishni
nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari
bo`yicha – tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi
tashuvchiga topshirish joyida; qarzdorning tovarni topshirish yuzasidan
o`zga majburiyatlari bo`yicha – tovarni tayyorlash va saqlash joyida,
basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga malum
310
bo`lgan bo`lsa; pul majburiyatlari bo`yicha-majburiyat vujudga kelgan
paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo`lsauning
majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida bajariladi.
Tadbirkorlik shartnomasida tovarning (ishning, xizmatning) narxi
ko`rsatilgan bo`lsa, ikkinchi taraf tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada
ko`rsatilgan bahoda qabul qilib oladi. Shartnoma tuzilgandan keyin
baholarni shartnomada nazarda tutilgan holat va shartlardagina
o`zgartirish mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarish usuli - bu unda belgilangan
majburiyatlarni bajarish jarayonida taraflar amalga oshiradigan harakatlar
majmuidir. Umumiy qoidaga ko`ra, agar majburiyatlarni qismlarga bo`lib
bajarish nazarda tutilmagan bo`lsa, bir martada batamom bajarilishi
kerak. Shartnoma bo`yicha taraflarning o`zaro majburiyatlari bir vaqtda
bajarilishi lozim, agar shartnomada boshqa holatlar ko`rsatilgan
bo`lmasa. Shuning uchun taraflar xo`jalik shartnomasini tuzishda vujudga
keladigan o`z majburiyatlarini bajarish tartibini aniq va puxta, qonun
talablariga muvofiq ravishda belgilashlari shart.
Tadbirkorlik shartnomasini bajarish tartibining ikkinchi bosqichi,
ushbu bosqichda shartnoma bo`yicha bajarilgan ishni, ko`rsatilgan
xizmatni, yetkazilgan tovarni son va sifat jihatdan tekshirish, shuningdek,
bajarish faktini hujjat bilan tasdiqlashdan iborat. Shartnoma bo`yicha bir
taraf ikkinchi taraf oldida o`z majburiyatlarini moddiy jihatdan bajarishi,
uning o`z majburiyatlarini yuridik jihatdan bajarganligini anglatmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, birinchi taraf o`z majburiyatlarini
bajarganligini tasdiqlovchi hujjat bilan rasmiylashtirgandan keyingina
ikkinchi taraf oldidagi ana shu majburiyatlaridan xalos bo`ladi. Demak,
shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatni bajarilganligini tasdiqlash
uni hujjat bilan rasmiylashtirilishini talab qiladi.
Tadbirkorlik shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni
bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar bo`lishi mumkin: a)
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi; b)
bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tovarlar (ishlar, xizmatlar)
haqi to`langanligi haqidagi to`lov hujjati; v) transport tashkiloti
tomonidan berilgan va tovar uni oluvchi manziliga jo`natilganligi
311
haqidagi yuk xati; g) tovar sotuvchining omboriga topshirilgani-qabul
qilib olingani haqidagi hujjat; d) boshqa hujjatlar va guvohnomalar.
Tovarlar odatda, hisob-faktura, ro`yxat, o`rash yorliqlari, yuk xati
va boshqa kuzatuv hujjatlari bo`yicha soniga qarab qabul qilib olinadi.
Tovarni qabul qilib oluvchi taraf yuk tashish paytida tovarni saqlash
qanday taminlanganligi (plomba va idishlar buzilmaganligi, marka belgisi
mavjudligi va h.k) ni tekshirib ko`radi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni
sifatiga qarab qabul qilish yetkazib berilgan tovar (bajarilgan ishlar yoki
ko`rsatilgan xizmatlar) ning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar – texnik
pasport, sertifikat, sifat haqida guvohnoma va boshqa hujjatlar bo`yicha
amalga oshiriladi.
Tovarni soni va sifati haqidagi qabul qilish hujjati tovar yetkazib
beruvchiga nisbatan tegishli etirozlar bildirish uchun asos bo`lib xizmat
qiladi. Tovarlarni soni va sifati bo`yicha qabul qilish qoidalarini buzilishi
esa bildirilgan talabnoma va davolarni rad qilinishiga olib keladi.
Tadbirkorlik shartnomalari bo`yicha majburiyatlar bajarilganligini
rasmiylashtirishning yana bir usuli – ayni bir taraflarning bir-biriga
bog`lovchi ikki yoki bir necha majburiyatlarni bajarish shakli bo`lgan
o`zaro talablarni hisobga o`tkazishdir. Bunda bir tarafning ta-lablarini
qanoatlantirish boshqa majburiyatdan kelib chiquvchi qarshi taraf
talablarini bajarish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi shartlarga rioya qilinganda o`zaro talablarni hisobga
o`tkazish mumkin bo`ladi: a) har ikki tarafning bir-biriga nisbatan
talablari bo`lishi; b) talablar bir-biriga o`xshash bo`lishi; v)
majburiyatlarni bajarish muddati kelgan bo`lishi lozim. Hisobga o`tkazish
taraflarning kelishuviga muvofiq bayonnoma yoki ikki taraf o`rtasida
tuziladigan boshqa hujjat yohud taraflardan birining arizasi shaklida
rasmiylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |