Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Navbatdagi tekshiruv turi bu - yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish 
materiallari, buyumlari va konstrukstiyalarini ishlab chiqarishda texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik 
va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish.  
Nazorat qiluvchi organ. O‘zbekiston Respublikasi Transport 
vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish 
inspekstiyasi. Tekshiruv muddati 3 kundan oshmagan holda.
Keyingi tekshiruv turi bu - O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi 
ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspekstiyasi vakolatiga kiruvchi 
masalalar bo‘yicha tekshiruvlar.
Nazorat qiluvchi organ. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish 
inspekstiyasi. Tekshiruv muddati -30 kundan oshmagan holda.
Tadbirkorlik subyektlarini ularning xo‘jalik faoliyatini taftish qilish 
bilan bogliq bo‘lmagan holda tekshirish tegishli nazorat qiluvchi (yoninga 
qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar 
tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv 
davomida amalga oshiriladi. Kompleks tekshiruvlar maxsus vakolatli 
organ tasdiqlagan rejalar asosida o‘tkaziladi.
Reja asosida tekshirish – tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini 
tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish 
bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi 
organlar tomonidan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir marta amalga 


278 
oshirilishi mumkin, bundan xususiy korxonalar va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollar mustasno.
Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda 
rioya etuvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat 
qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga 
oshiriladi.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi 
organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda 
amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno.
Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-
xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta
boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali 
tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer 
xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali 
tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno.
Bunga quyidagi holatni misol sifatida keltirish mumkin, ya’ni 
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan 
kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik 
faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer 
xo‘jaliklarining byudjet hamda markazlashtirilgan mablaglar va 
resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogliq moliya-xo‘jalik faoliyati 
ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil 
mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o‘tkazishning boshlanishi 
haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun 
oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va 
predmetini ko‘rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin