278
oshirilishi mumkin, bundan xususiy korxonalar va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar mustasno.
Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda
rioya etuvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat
qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga
oshiriladi.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi
organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda
amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-
xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta,
boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali
tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer
xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali
tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Bunga quyidagi holatni misol sifatida keltirish mumkin, ya’ni
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan
kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik
faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer
xo‘jaliklarining byudjet hamda markazlashtirilgan mablaglar va
resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogliq moliya-xo‘jalik faoliyati
ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil
mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o‘tkazishning boshlanishi
haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun
oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va
predmetini ko‘rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Dostları ilə paylaş: