Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

PF–5490
-son Farmon.
2019 yil oxirigacha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga 
moratoriyni hisobga olgan holda, ya’ni 1 apreldan biznes-ombudsman 
qonun buzilishiga doir murojaatlar bo‘yicha, shuningdek xavfni tahlil 
qilish natijalari bo‘yicha biznesda tekshiruvlar o‘tkazishga rozilik bera 
boshladi, ushbu tekshiruvlar muddatlari uzaytirildi yoki ushbu 
muddatlarni ko‘chirishga ruxsat berildi. Demak, endilikda biznes 
ombudsmanning roziligisiz bunday tekshiruvlar o‘tkazish – qonunga 
xilof hisoblanadi.
Bundan tashqari, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona 
tizimi ham tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tasarrufiga o‘tkazildi. 
Bunda quyida 4 ta holatga e’tibor qaratilgan: 
Birinchidan, vakolatlar shaxsan biznes-ombudsmanga berildi, uning 
apparatidagi xodimlarga emas, balki, xronometraj ko‘zdan kechirish va 
mavzuli ekspress-o‘rganish tekshiruv turlariga kirmaydi. Shu sababli 
soliq organlari ushbu nazorat tadbirlarini, ilgarigidek, kelishmay 
o‘tkazishni davom etadilar;
Pandemiya sharoitida ya’ni, 2019 yil 16 martdan (15.03.2019 
yildagi 
PF–5690
-son Farmon e’lon qilingan sana) 31 martgacha bo‘lgan 
davrda biznesda tekshiruvlar o‘tkazilishini prokuratura organlari 
muvofiqlashtirdi.
Ikkinchidan, biznes-ombudsman biznesda tekshiruvlar o‘tkazish 
qonuniyligini nazorat qiladi. 
Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining MJTKning 241-2-
moddasi bo‘yicha (tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va 
moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish) ma’muriy 
huquqbuzarlik to‘grisidagi bayonnomalarni rasmiylashtirish vakolatini 
ham nazarda tutadi.
Biroq ushbu jarayonda prokuraturaning o‘rni yuqoriligicha bo‘lib 
qoladi. O‘RJKning 192-2-moddasi (tadbirkorlik subyektlarining 
faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini 


270 
buzish) – prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi (JPKning 
345-moddasi 2-qismiga qarang). Shu sababli noqonuniy tekshiruv 
bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zgatish to‘grisidagi qarorni prokuratura qabul 
qiladi.
Bundan tashqari, prokuratura umumiy vakolatlari doirasida har 
qanday qonunbuzarlik yuzasidan prokuror aralashuvi choralarini 
ko‘rishga haqli. Shu munosabat bilan tekshiruvlar ustidan shikoyatlar 
bilan prokuraturaga murojaat qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Uchinchidan, biznesda tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi normativ 
baza o‘zgaradi. Vazirlar maxkamasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan 
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish 
va o‘tkazish tartibi to‘grisidagi nizom ishlab chiqildi.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan 
tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirish Savdosanoat palatasi zimmasiga yuklatildi. Eslatib o‘tamiz, 
SSPning ushbu masalalarga oid vakolatlari “O‘zbekiston Respublikasi 
Savdo-sanoat 
palatasi 
to‘grisida”gi 
Qonunning 
14-moddasida 
mustahkamlangan.
Batafsil 
tanishish 
uchun 
qo‘yidagi 
saytga 
qaralsin. 
https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/tekshiruvlarni_biznesom
budsman_muvofiqlashtiradi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin