TENGEBANK» ATB MASOFAVIY XIZMAT KO`RSATISH ORQALI “QULAY ONLAYN”
MUDDATLI OMONATI SHARTNOMASINI RASMIYLASHTIRISH BO`YICHA
OMMAVIY OFERTA
Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda Oferta deb yuritiladi) “Tenge Bank” ATB
(keyingi o‘rinlarda Bank deb yuritiladi)ning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-
moddasiga muvofiq, “Tenge Bank” ATB masofaviy bank xizmatlaridan (keying o’rinlarda-MBX)
foydalanuvchi bo‘lgan jismoniy shaxsga (keyingi o‘rinlarda Omonatchi deb yuritiladi) quyida
ko‘rsatilgan shartlarda. “Qulay onlayn” milliy valyutada muddatli omonat shartnomasini tuzish
bo‘yicha rasmiy taklifi hisoblanadi.
Ushbu Ofertada ko‘rsatilgan harakatlarning bajarilishi Omonatchining ushbu Ofertada
nazarda tutilgan tartibda, shartlarda, va hajmda Shartnoma tuzishga roziligining tasdig‘idir.
Shartnoma omonat summasi bankka kelib tushgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va
qonuniy kuchga kiradi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 759-moddasi),
Omonatchi esa ushbu Ofertada nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirsa, ya’ni so‘zsiz
qo'shilish shartlari bo'yicha ushbu Ofertaning barcha shartlarini qabul qilgan (akseptlagan) bo’ladi.
Ushbu Oferta shartlarining tuzilganligi va qabul qilinganligi, Omonatchining hisobvarag'iga
“Qulay onlayn” muddatli omonati (keyingi o'rinlarda Omonat deb yuritiladi) bo'yicha pul
mablag'lari o'tkazilganligi to'g'risidagi bildirishnoma hisoblanadi. Omonat summasi, depozit
hisobvarag'iga, MBX tizimi orqali ("Shaxsiy kabinet, Bankning mobil ilovasi va boshqalar) MBX
tizimida omonat ochilganligi to'g'risida tasdiqnoma va/yoki SMS-xabarni yuborish shaklida bank
tizimida ro'yxatdan o'tgan mobil telefon raqam orqali jo`natiladigan xabarnoma hisoblanadi.
1. Shartnoma predmeti
1.1.
Bank ushbu Ofertada nazarda tutilgan shartlarda va tartibda Omonatchidan “QULAY
ONLAYN” muddatli depozit hisobvarag‘iga naqd pulsiz pul mablag‘larini qabul qiladi va Omonat
summasi bo‘yicha foizlarni hisoblash va to‘lash majburiyatini oladi.
Dostları ilə paylaş: |