pasayishiga olib keladi (2-rasm). Bu jarayon t>t
0
vaqtga to‟g‟ri keladi. Umuman
intensivlik quyidagicha ifodalanadi:
I=I
0
e
-t/𝜏
I
0
e
-t/𝜏
t
J
t
2-rasm
Bunda t-ma‟lum t
0
vaqtdan so‟ng boshlanadigan vaqt,
𝜏-uyg‟ongan
atomlarning o‟rtacha yashash vaqti. U fosforning yorug‟lik tarqatib bo‟lish vaqti
deb ataladi.
𝜏 ning qiymati qancha kichik bo‟lsa, FEK da hosil bo‟ladigan impuls
shuncha qisqa va schyotchikning ajrata olish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‟ladi.
Fosforning qayd qilish effektivligi har xil zarralar uchun har xil. Zichligi va atom
nomeri katta bo‟lgan fosfor gamma-kvantlarni yaxshi qayd qiladi, lekin tez
neytronlar uchun yaramaydi. Ssintillyatsion schyotchiklarda ishlatiladigan fosfor
kristallining xillari juda ko‟p. fosfordagi yorug‟lik FEK yordamida tok impulsiga
aylantiriladi.
Agar tajriba sharoitida katta hajmdagi ssintillyatorlar talab qilinsa, tiniq suyuq
ssintillyatorlar ishlatiladi, masalan neytronlarni qayd qilishda hozirgi kunda
ssintillyatsion usuli yadroviy nurlanishlarni qayd qilishda keng tarqalgan usul
hisoblanadi. Ssintillyatsion detektorlarga tushayotgan yadroviy nurlanishning
ssintillyator moddasi atom va molekulalarini uyg‟ongan holatga o‟tkazishi muhim
o‟rin tutadi. Uyg‟ongan atomlarning asosiy holatga o‟tishi elektromagnit nurlanish
chiqarishi bilan yuz beradi. Elektromagnit nurlanishlar spektri ssintillyator kristalli
atomlarning energetik sathlariga bog‟liq bo‟ladi. Bir qator tiniq ssintillyatorlarda
chiqariladigan nurlanish (chaqnash yorug‟ligi) spektrning ko‟zga ko‟rinadigan
sohasida yotadi. Bu nurlanishlar to‟lqin uzunligi
𝜆=1000-7000 A
0
. Kristalli
ssintillyatorlar keng tarqalgan. Ssintillyator moddasiga gamma-nurlar tushganda
yorug‟lik chaqnashi hosil bo‟ladi. Bu yorug‟lik fotokatodga tushib, undan
elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar FEK ning dinodlariga tushib har bir
dinoddan yana elektronlarni urib chiqaraveradi. FEK dinodlardan urib chiqarilgan
elektronlar soni ko‟payib elektronlar oqimini hosil qiladi va bu elektronlar anoda
fokuslanadi.
Dostları ilə paylaş: