1. Alfa zarralarni o‟lchaydigan asboblar. Radioaktiv ifloslangan namunalarning
𝛼-aktivligini o‟lchashda ionizatsion
kameralar, gaz razryadli proporsional, schyotchiklar, gazli ssintillyatsion va yarim
o‟tkazgichli detektorlar, yadroviy fotoemulsiyalar, Vilson kameralari,
spektrometrlari ishlatiladi. Bunday asboblar konstruktsiyasida
𝛼-zarralarning
moddada chopish masofasi kichik ekanligihisobga olingan bo‟lishi kerak.
𝛼-zarralarni o‟lchashning murakkabligi ham ularning chopish masofasining
kichikligidir. Shuning uchun
𝛼-aktivligi o‟lchanadigan preparat juda yupqa holda
tayyorlanadi.
Gaz razryadli schyotchiklar. Oddiy sharoitda gazlarning o‟tkazuvchanligi past, umuman gazlar izolyatorlar
hisoblanadi. Agar gazlarga ionlashtiruvchi zaryadlangan zarralar tushsa, zarralar
gaz atomlari bilan o‟zaro ta‟sirlashadi va o‟z energiyasini atomlarni ionlashtirishga
va atomlarning uyg‟onishiga sarflaydi. Gaz atomlariga o‟z energiyasini beradi.
Energiya yutgan atomlar bir yoki bir nechta elektronini yo‟qotadi va musbat ionga
aylanadi, hamda elektron hosil bo‟ladi.
Gaz to‟ldirilgan schyotchiklarda
𝛼, 𝛽, 𝛾-nurlanishlar o‟lchanganda schyotchik
elektrodlari orasidagi elektr maydonda ionlashish natijasida hosil bo‟ladigan
ionizatsion tok kattaligi o‟lchanadi.
𝛼-zarralarni qayd qiluvchi schyotchiklar dorichasi (окошкаси) qalinligi 0,1
mk (mikron) bo‟lgan slyudadan tayyorlangan bo‟lishi kerak.
Ionizatsion kameralar, proporsional schyotchiklar va geyger-myuller
schyotchiklari yadroviy nurlanishlarni o‟lchashda keng ishlatiladi. Bu
schyotchiklar 0,5/1atm bosimda inert gazlar bilan to‟ldirilgan bo‟lib, markaziy
elektrod A (anod) qo‟yilgan. Markaziy elektrod (volframdan qilingan) schyotchik
devorlaridan izolyatsiya qilingan. Schyotchik devorlari alyumin, mis yoki mis
bilan qoplangan shishadan bo‟ladi. Markaziy elektrod bilan schyotchik devorlari
(katod) orasiga I potensiallar ayirmasi beriladi. Gazdan ionlashtiruvchi zarralar
o‟tganda zarralar gaz atomlari bilan ta‟sirlashadi. Bunda neytral atomlar musbat
zaryadlangan ionga aylanadi va elektronlar hosil bo‟ladi. Ionlar va elektronlar
katod va anod orasidagi elektr maydon ta‟sirida tegishli musbat va manfiy
elektrodlarga (katod va anodga) tomon harakatlanadi va schyotchik ulangan elektr
zanjirida elektr toki paydo bo‟ladi. Bu elektr toki impulsi maxsus elektron
qurilmada qayd qilinadi. Ionizatsion kameraga
𝛼-zarra tushganda gazni
ionlashtirishida bir juft ion hosil qilishi uchun uning energiyasi 33 eV bo‟lishi
kerak.
𝛼-zarra o‟zining butun chopish masofasida
juft ion hosil qiladi.
Kamerada hosil bo‟lgan ionlar zaryadi quyidagicha aniqlanadi:
kulon
-ionlar jufti soni, -zaryadi.
Agar elektr sxemaga ulangan kondensator sig‟imi
bo‟lsa, elektr
zanjirda hosil bo‟lgan elektr impulsi quyidagicha hisoblanadi:
Bunda
-elektr zanjiriga ulangan kondensator sig‟imi.
Kamerada
zaryadning hosil bo‟lishi kattaligi anod bilan katod orasiga
qo‟yilgan potensiallar ayirmasiga bog‟liq.
Ayrim hollarda
𝛼-aktiv yupqa preparat schyotchikning sezuvchi hajmi ichiga
yoki sezuvchi hajm yoniga joylashtiriladi. Lekin bunday qilish ma‟lum
noqulayliklarga ega, o‟lchov asboblari ishini murakkablashtiradi. Oqimli
proporsional schyotchiklar ishlatilganda bunday noqulaylik bartaraf etiladi.
Schyotchik ochilgandan so‟ng gazni tez puflash bilan tozalanadi. Keyin preparat
sezuvchi hajm ichiga joylashtiriladi. So‟ng kichik miqdorda (bir necha sekundda 1
sm
3
) uzluksiz ravishda gaz beriladi. Natijada schyotchikda hamma vaqt gaz
aralashmasi bo‟ladi. oqimli proporsional schyotchik fonini 0,1 imp/min
kamaytirish mumkin. Bu esa aktivligi kichik preparatlarni o‟lchashga imkon
beradi.
𝛼-zarralarni o‟lchashda gazli ssintillyator schyotchiklarni ishlatish