SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali
276
Suys, M.A. Tretyakova, [24] A.D. Sheremet, L.Z. Shneydman [25]
va boshqa rus
olimlari, R. Adame, A. Arene, Dj Lobbek, R. Dodj, [26] G. Myuller, X. Gernon, Dj.
Robertson, [27] B.Nidlz, F. Defliz xorijiy olimlari mavzu doirasida oʻz ilmiy
tadqiqotlarini olib boʻrishgan. [28]
Oʻrganish davomida yuqoridagi mualiflar tomonidan bildirilgan turli xil taʻriflar
va qarashlar koʻrish mumkun. Misol uchun: V.Paliyning fikriga koʻra, xoʻjalik
yurituvchi subyektlarning eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish
jarayonida ularning valyuta kurslarini oʻzgarishi natijasida zarar koʻrishi dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Shu sababli, koʻrilgan zararlarni buxgalteriya hisobida
oʻz vaqtida va toʻgʻri aks ettirish ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash nuqtai-
nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
valyuta operatsiyalari boʻyicha moliyaviy natijalar hisobini bir qator iqtisodchi olimlar
tomonidan tadqiq qilinishiga olib keldi [3].
Z.Qurbanovning
xulosasiga
koʻra,
“mamlakatimiz
valyuta
zaxirasini
mustahkamlashda tovar va ishlar, xizmatlarni xorijga eksport qilish iqtisodiy
ahamiyatidan
kelib chiqib, eksport operatsiyalari soliq auditi metodologiyasini
takomillashtirish zarur”. [5], [8].
G.Jenikning fikriga koʻra, eksport va import bilan bogʻliq boʻlgan tranzaksiya riski
toʻlashga yoʻnaltirilgan yoki toʻlovga qabul qilingan xorijiy valyutada ifodalangan
hisob bilan bogʻliq moliyaviy riskdir. Ayirboshlash kursi tranzaksion koʻrinishga tegishli
ravishda xejirlash (sugʻurtalash) orqali barham berilmagunga qadar firmaning
daromadiga, milliy valyutada toʻlovlarni qabul qilish va toʻlash oʻzgarishiga toʻgʻridan-
toʻgʻri taʼsir qiladi. Barqaror siyosatni amalga oshirish maqsadida tijorat banklari
doimiy ravishda oʻz mijozlaridan ayirboshlash kursining kutilmagan oʻzgarishlaridan
yuzaga keladigan zararlarni oldini olishi uchun ularni xejirlashni tavsiya qiladilar [4].
I.Alimardonovning taklifiga koʻra, “tijorat banklari toʻlovga
qobillik darajasi
yuqori boʻlgan kichik biznes subyektlari va davlatning xarid tizimiga kirgan kichik
korxonalar, mikrofirmalarning hujjatlashtirilgan akkreditivlar boʻyicha import
toʻlovlarini muddatli va overdraft kreditlari hisobidan toʻlashni yoʻlga qoʻyishlari lozim.
Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida, birinchidan,
kichik biznes
subyektlarining importni moliyalashtirish imkoniyati kengayadi; ikkinchidan, tijorat
banklarining kreditlardan olinadigan foizli daromadlari miqdori koʻpayadi; uchinchidan,
banklar faoliyatidagi kredit riski darajasi pasayadi, chunki,
kredit olayotgan kichik
biznes subyektlarining kredit toʻloviga layoqatlilik darajasi yuqoridir; toʻrtinchidan,
kichik biznes subyektlariga tegishli boʻlgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarni, ularning
xoʻjalik aylanmasidan chiqib ketishining oldi olinadi”.[6], [7].
Bu sohada olimlari oʻrtasida ushbu masalalarning yechimi bilan bogʻliq turlicha
fikrlarning mavjudligi mazkur muammoni toʻliq xal etilmaganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: