SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 279 Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) - bu O„zbekiston Respublikasiga roʻyxatdan oʻtgan
xoʻjalik yurituvchi subyekt xorijiy sheriklar bilan oʻzaro aloqada boʻlgan iqtisodiy
faoliyat.
Import operatsiyalari-xorijiy etkazib beruvchilardan tovarlar, tayyor mahsulotlar
yoki xizmatlar davlatning bojxona hududiga koʻchirilganda tashqi iqtisodiy
faoliyatdagi operatsiyalar turi hisoblanadi.
Eksport operatsiyalari-bu chet ellik mijozga davlatning bojxona hududidan
tashqarida tovarlar, tayyor mahsulotlar yoki xizmatlar koʻrsatilganda tashqi iqtisodiy
faoliyatdagi operatsiyalar turi hisoblanadi.
Shunday qilib, eksport-import operatsiyalari-bu tovarlar, xom ashyo, tayyor
mahsulotlarning chet ellik xaridorlarga sotilishi tufayli jahon bozorida harakatlanishi
boʻyicha operatsiyalar hisoblanadi.
Barcha eksport-import operatsiyalari kontragentlar oʻrtasidagi hisob-kitoblarga
hamroh boʻlib, bu xalqaro hisob-kitoblar tizimini yaratadi.
Shuni taʼkidlash kerakki, mamlakatlar oʻrtasidagi mablagʻlar harakati ikkita
muhim funksiyani bajaradi:
- birinchidan, eksport-import operatsiyalarining har ikki tomonining iqtisodiy
manfaatlarining oʻsishiga yordam beradi. Eksport qiluvchi mamlakatlar uchun bu
pulning foydali sarmoyasi, import qiluvchi mamlakatlar uchun esa qoʻshimcha
daromaddir.
- ikkinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi: mehnat bozorida talabni
oshiradi; aholini hayotiy muhim import tovarlar (masalan, dori-darmonlar, oziq-o„vqat
mahsulotlari) bilan taʼminlaydi.
Xalqaro amaliyotda eksport-import operatsiyalari faqat tijorat asosida, yaʼni
tashqi iqtisodiy shartnoma imzolanganda sodir boʻladi.[31] Eksport-import
operatsiyalari tovarlar xorijiy kontragentning bojxona chegarasini kesib oʻtgandan
keyingina tugallangan hisoblanadi. Bu haqiqat faqat muayyan rasmiyatchilik (bojxona
nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi) sharti bilan sodir boʻlishi mumkin.
Eksport-import operatsiyalari ketma-ket bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
1) tayyor mahsulotlar uchun tashqi bozorni va uning konyunkturasini oʻrganish;
2) tashqi bozorda eksport resurslarini shakllantirish;
3) xorijiy kontragentni qidirish va tahlil qilish;
4) tashqi savdo shartnomasini tuzish;
5) shartnomaning barcha shartlarini bajarish.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda tuziladigan asosiy hujjat oldi-
sotdi shartnomasi hisoblanadi. Shartnomada tovarlarni etkazib berish shartlari,
tomonlarning javobgarligi belgilanadi.
Shartnomaning asosiy elementi: muqaddimada, shartnoma mavzusi, yukning
narxi, yetkazib beriladigan yukning miqdori va sifati, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
fors-major holatlari, xalqaro qoidalarga muvofiq yetkazib berish shartlari, shartnoma