boshlig'i o'rinbosari Vohidjon Ahmadjonov. – Ilgari foydalanilgan egatlab sug'orish usulida suv ko'p isrof bo'lgani uchun hozir
tomchilatib sug'orishdan foydalanish ko'lami kengaymoqda. Bu – kam suv sarflab, yuqori hosil olishga xizmat qiladi. O'simlikka suvning quvurlar vositasida etkazib berilishi sug'orish va oziqlantirish jarayonini to'liq avtomatlashtirish imkonini beradi. Bu usul murakkab relefli, nishabligi katta maydonlar, qurg'oqchilik uzoq davom etadigan va kuchli shamol turadigan hududlar, tuproq qatlami yupqa, suv shimilishi yuqori maydonlarda, ayniqsa, yaxshi samara beradi. Tuproqqa faqat zarur miqdorda suv quyilishi er osti suvlari sathining ko'tarilishi, dalaning botqoqlanishi va erlar sho'rlanishining oldini oladi. Egatlab sug'orilganda sug'orish oralig'i ikki haftacha bo'ladi. Bunda dastlab tuproq namligi ortsa, keyinchalik namlik etishmaydi. Ya'ni, o'simlik ildizi avval ortiqcha namdan, keyinchalik esa namlik etishmasligidan aziyat chekadi. Bunday sharoitda o'simlik suv va oziq moddalarni o'zlashtirish uchun ko'p energiya sarflashi evaziga notekis rivojlanadi. Tomchilatish usulida sug'orishlar soni va me'yori boshqariladi. O'simlik ildiz qatlamida optimal namlikni ta'minlash zarur bo'lgan vaqtda suvga kerakli o'g'itlar qo'shiladi. Suv va ozuqa dalada bir tekis taqsimlangach, ekinlar bir xil rivojlanib, hosil ham bir vaqtda etiladi. Suv kam bo'lganda quduqlardan foydalanib, katta maydonlarni sug'orish imkonini beradigan tomchilatish usuli hozir yurtimizning tog'oldi mintaqalarida qo'llanilib, suv va o'g'it sarfi ikki barobar iqtisod qilinmoqda. Samarqand tumanidagi