Dehqonchilikda tejamkor va samarador texnologiyalar. Bugungi kunda suvga bo‘lgan talabning ortishi suvdan oqilona va unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Bu, o‘z navbatida, sug‘orishda ilg‘or va tejamkor usullarni joriy etish vazifasini qo‘ymoqda. Amaliyotda qo‘llashga tavsiya etilayotgan tomchilatib, polietilen plyonka, egiluvchan shlanglar orqali sug‘orish texnologiyalari va ularning afzalliklari katta ahamiyatga ega. – Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi sug‘orish ishlarini me’yorida tashkil etish imkonini beradi. Mazkur usul tashlama va chuqur filtratsiya suvlari yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, vegetatsiya davrida iqlim sharoiti, tuproqning holatidan kelib chiqib suv berish, turli mineral o‘g‘itlarni suv orqali o‘simlikning ildiziga yuborish, sug‘orish tizimini avtomatlashtirish imkonini beradi. Natijada, dehqonchilikda samaradorlik bir necha barobar ortadi.
Dehqonchilikka qo‘llashga tadbiq qilingan yangi texnologiyalar qishloq xo´jaligi ekinlarini tomchilatib, yomg´irlatib sug´orish , ochiq va yopiq maydonlarda ekinlarni parvarishlashda zararkunandalarga qarshi samarali kurashish yo´llari va qo´llanuvchi vositalar misolida ko’rish mumkin. Yer osti tomchilatib sug´orish tizimini. Bu tizimni afzalliklari shundaki, tuproqdagi suv bug´lanishi keskin kamayadi, quyosh radiatsiyasi sug´orish quvurlariga ta´sir etmaydi, qishloq xo´jaligi texnikalarining harakatlanishiga to´sqinlik bo´lmaydi. Tomchilatib sug'orishning afzalliklari
Mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanish asnosida suvli erlardan olinadigan hosil miqdori va sifatini