o'lchashga mo'ljallangan Pito naychasining takomillashtirilgan
shakli, suv sarfini o'lchash va rostlashga xizmat qiluvchi
quvursimon suv chiqargich – o'lchagich, shluz-suv o'lchagichlari
shular jumlasidan. Mazkur suv o'lchash vositalari qulay, ixcham
va samarali bo'lib, ish unumdorligi va suv o'lchash aniqligini bir
necha barobar oshiradi.
–
Mamlakatimizda fermerlar ongiga obi hayotdan tejab-
tergab foydalanish g'oyalarini singdirish, sug'orishning ilg'or
uslublarini amaliyotga joriy etish ishlari yanada jadallashmoqda.
Olimlar fermer xo'jaliklarga lazer uskunasi yordamida yer
tekislashning yangi texnologiyasini taklif etdi. Buning uchun
yangi texnika xarid qilish shart emas, balki TTZ-80.10 chopiq
traktoridan foydalanib, tekislash ishlarini samarali bajarish
mumkin. Bu yumush o'ta aniqlik bilan bajarilsa, ekin maydonlari
tekisligi ta'minlanib, suvni tejashga erishiladi. Erning bir tekisda
namlanishi hisobiga hosildorlik gektariga 4,5 sentnerga oshib,
suv sarfi qariyb 20 foiz qisqaradi.
Issiqxonalar
Hozirgi
kunda
dehqonchilikda
taraqqiy
etayotgan
texnologiyalardan biri bu issiqxonalardir. Issiqxonalarning
taraqqiyoti sababli ancha oldin boshlangan bo’lsa ham hozirgi
zamonaviy
tomchilatish
usuli
bilan
sug’oriladigan
texnologiyalarni qo’llash orqali issiqxonalarda yilning har bir
oyida istalgan meva, sabzavot mahsulotlarini yetishtirish
mumkin.
|