Abdulla qodiriy ijodi va milliy ruh



Yüklə 336,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.05.2023
ölçüsü336,06 Kb.
#116956
1   2   3   4   5   6
abdulla-qodiriy-ijodi-va-milliy-ruh

MUHOKAMA VA NATIJALAR
“O‘tgan kunlar” romanidagi obrazlarning har biri o‘zicha bir olamki, ular hech 
qachon bir-birini takrorlamaydi. Ularning hammasi ham yuksak darajada mahorat 
bilan yaratilgandir. Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari - o‘zbek 
romanchiligining birinchi cho‘qqisidir. 
Ijodkorning mahorati yana shunda ko‘rinadiki, u o‘zi mansub bo‘lgan xalqning 
hayotini milliy til vositasida tasvirlayotganida tarixiy hodisalar orqali milliy 
qahramon va milliy urf- odatlarni bir - biriga o‘yg‘unlashtirib yuboradi.
Albatta, “...badiiy mahorat chiroyli iboralar, chiroyli ifodalar, antiqa voqealar, 
kugili va qayg‘uli holatlar topish emas, xalqqa aytadigan zarur so‘zimizni 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 655  www.ares.uz 
kitobxonning qalbiga olib kiradigan obrazlar yaratish demakdir.” Binobarin, adabiy 
asarlardagi personajlar ma’lum inson shaxsining ifodasi bo‘lib, ularning o‘zlari ham 
izhor etib berolmaydigan murakkab ruhiy holatlari muallif nutqi yordamida tasvir 
etilad 
Qodiriy asarlaridagi sehrli jozibaning omillaridan biri uning milliy tilidir Adib 
asar yozish uchun poydevor bo‘ladigan manba qidirgan paytda o‘zbek xalqiga 
tegishli bo‘lgan jozibador, madaniy va go‘zal til shaklini ham izladi. Manbani xalq 
og‘zaki ijodidan topgan bo‘lsa, bunday til shaklini adabiy tilimizga asos bo‘lgan 
lahjalarimiz va ularning zahirasi hisoblangan shevalarimizdan izladi va topishga 
muyassar bo‘ldi. Shu asnoda barcha shevalarimiz adabiy til uchun bitmas-tuganmas 
xazina ekanligiga amin bo‘lgan holda buni amalda isbotladi. Aslida sheva mulki 
hisoblangan leksik birliklarimizni adabiy tilimizga olib kirdi. Holbuki adabiy tilda 
ularning o‘rni bo‘sh edi, ana shu bo‘shlikni to‘ldirishda ham Abdulla Qodiriyning 
xizmati beqiyosdir. Undagi so‘z tanlash jarayoni xuddi rassom surat uchun rang 
tanlash misoli yorqin aks etgan. Buni adibning asarlarini o‘qiyotgan paytda his 
qilasiz. Yozuvchi o‘zbekona sodda so‘zlashuv tarzini romanlariga olib kirib, asarlari 
tilining jonli va hayotiyligini ta’minladi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q, chunki 
adibning o‘zi xalq orasida yurib ustachilik, ya’ni uylarning tomini yopish bilan 
shug‘ullandi. Keyin mahallasidagi tashlandiq yerni tozalab, unga jon bag‘ishlab bog‘ 
yaratdi. Oddiy insonlar bilan yaqin munosabat, jismoniy mehnatdan rohatlanish 
hissida tiniqlashgan aql ana shunday badiiy jihatdan mukammal, kitobxonni o‘ziga 
rom etadigan asarlarning yaratilishiga zamin bo‘ldi. 
Haqqoniy badiiy asarlarda shoir va yozuvchilarning shaxsi, o‘ziga xos ichki 
dunyosi, tabiati, yashagan muhiti aks etib turadi. Shu nuqtai nazardan yozuvchining 
o‘zi ham asarda individuallashgan tipik xarakterlar singari namoyon bo‘ladi. “ 
Jumladan, O. Balzak “Odamizod komediyasi”da 2000 obrazni yaratdi, deylik. 
Demakki, Balzak qalbi, hayoti, fikrlari, turmush va insonlar haqidagi tushunchasi ana 
shu 2000 obrazga taqsimlanib, har bir obraz o‘z hayoti bilan yashadi, o‘z fikrlari 
bilan o‘yladi, o‘z tilida so‘zladi. Buning ustiga, shu 2000 obrazni “Odamizod 
komediyasi”ga jamlashtirgan, ular faoliyatini ma’lum maqsadga yo‘naltirgan ikki 
ming birinchi obraz mavjudki, busiz Balzak hayotini, xarakterini, qalbini, 
dunyoqarashini, iste’dodini, uslubini mukammalligicha anglash mumkin emas. Bu 
ikki minginchi obraz barcha obrazlar ustidan mutlaq hokimlikka ega bo‘lgan, har 
birining hayot faoliyatini ko‘rsatib turgan, ularni harakatlantirgan kuch – avtor 
obrazidir.” 
Muallifning asarda qahramonlar singari namoyon bo‘lishida uning nutqi 
muhimdir. Muallif nutqi yozuvchi mahoratinig oynasi bo‘lib, asarda qiyofalar, 



Yüklə 336,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin