57
a) yuk og‘irligining tabiiy kamayishi me’yoridan;
b) tarozilarning ko‘rsatishidagi farqlar me’yori yoki yukni tortishning
Rossiya Federatsiyasi standartizatsiya va metrologiya Davlat Komiteti tomonidan
o‘rnatilgan aniqlik me’yoridan
oshiq bo‘lmasa, yukning amaldagi og‘irligi bilan yuk jo‘natuvchining tovar-
transport hujjatlarida ko‘rsatilgan og‘irligi o‘rtasida farqlar
vujudga kelgan
taqdirda avtotransport korxonasi bu farqlqr uchun moddiy javobgar bo‘lmaydi.
Agar yuk etkazib berilgan manzilda yukning og‘irligini, yuk o‘rinlari soni
yoki yukning holatini tekshirish paytida kamomad, yukning shikastlanganligi yoki
yaroqsiz holga
kelganligi aniqlansa, yoki bu holatlar yo‘lda sodir bo‘lganligi
to‘g‘risida yo‘lda tuzilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, avtotransport
korxonasi yoki tashkiloti kamomadning qanchaligini, shikastlangan yoki yaroqsiz
holga kelgan yukning miqdorini aniqlashi shart. Ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lgan
hollarda avtotransport korxonasi yoki tashkiloti o‘zining
tashabbusi bilan yoki
yukni qabul qilib oluvchining talabiga ko‘ra mos keluvchi mutaxassislarni
ekspertiza o‘tkazish uchun taklif qiladi.
Ekspert xarajatlarini:
a) agar kamomad, yukning shikastlanishi yoki yaroqsiz holga kelishi
avtotransport korxonasining aybi bilan sodir bo‘lganligi aniqlansa – avtotransport
korxonasi;
b) barcha boshqa hollarda – yuk jo‘natuvchi
to‘laydi.
Ekspertiza natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ekspertiza
dalolatnomasi ekspertdan tashqari ekspertizada ishtirok etgan barcha shaxslar
tomonidan ham imzolanishi lozim. Ekspert etib
kelguncha yukni qabul qilib
oluvchi yukning tegishli holatda saqlanib turishini ta’minlashi shart.
Yukni qabul qilib oluvchi faqatgina shikastlanish yoki yaroqsiz holga kelish
oqibatida yukning sifati undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljallanish bo‘yicha to‘liq yoki
qisman foydalanishning iloji bo‘lmaydigan, buning uchun avtotransport korxonasi
yoki tashkiloti javobgar bo‘lgan taqdirda yukni qabul qilib
olishdan bosh tortishi
mumkin, bunda mos keluvchi dalolatnoma tuziladi.