Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Tashkil qilish-vositachilik xizmatlari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Tashkil qilish-vositachilik xizmatlari mijozlarning cheklangan doirasiga
taqdim qilinadi, mazkur xizmat turiga bo‘lgan talab epizodik va individual
bo‘ladi, asosan shaharlararo va xalqaro tashishlarda temir yo‘l stansiyalari, dengiz
va daryo portlariga xizmat ko‘rsatishda taqdim qilinadi. Bozor munosabatlariga
o‘tilishi mazkur xizmatlar turini doimiy ravishda taqdim qilinadigan xizmatlar
razryadiga o‘tkazadi. Tovarlarni har qanday nuqtaga tezkorlik bilan va uzluksiz
etkazib berish imkoniyati, transport vositalari, yuklash-tushirish texnikasi va
omborxonalarni lizingga va ijaraga olish imkoniyati mazkur xizmat turiga bo‘lgan
talabning sababi bo‘lib hisoblanadi.
Konsultatsion-analitik xizmatlar cheklangan tarzda taqdim qilinadi,
barqaror va ommaviy talabga ega, bu xizmatlar asosan harakatlanuvchi sostav
tipini tanlash, tashishlarning optimal marshrutini hisoblashdan iborat bo‘ladi.
Yaqin kelajakda mazkur xizmat turiga bo‘lgan talab ortadi. YUklarni etkazib
berishning iqtisodiy jihatdan ko‘proq foydali bo‘lgan usulini aniqlash imkoniyati
va transport, ekspeditsion, vositachilik va xizmatlar bozorida vaziyatni
prognozlashtirish imkoniyati mazkur xizmat turiga bo‘lgan talabning sababi bo‘lib
hisoblanadi.
Informatsionxizmatlaramalda barcha mijozlarga taqdim qilinadi, barqaror
va ommaviy talabga ega. YUkning egasida yukning qaerda ekanligini aniq bilish
va belgilangan manzilga qachon etib borishini bilish istagi va zarurati mazkur
xizmat turiga bo‘lgan talabning asosiy sababi bo‘lib hisoblanadi.


72
Boshqa transport turlarida ham tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talab xuddi
shunday sxema bo‘yicha tasvirlanadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, tashkilotning
raqobatbardoshlilik darajasini baholashda optimal qiymat sifatida rezerv qiymatini,
ya’ni xizmat turidan qat’iy nazar, taklifning talabga nisbatan 20% ga oshiq
bo‘lishini qabul qilish mumkin. Agar bu ko‘rsatkich, masalan, transport xizmatlari
bo‘yicha katta bo‘lsa, tashish imkoniyatlarining ma’lum bir qismi talab qilinmay
qoladi, bu ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni keltirib chiqaradi,
agar bu ko‘rsatkich kichik bo‘lsa – mijozga rad javobi beriladigan holatlarga, ya’ni
mijozning boshqa transport korxonasiga ketishiga va tashkilotning daromadni
yo‘qotishiga olib keladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin