77
•
Bajariladigan transport-ekspeditorlik xizmatlarhajmi (amalga oshirishdan
daromad summasida);
•
Transport-ekspeditorlik xizmatlarning o‘z vaqtida bajarilishi;
•
Yuklarni yuklash-tushirish, tashish, qayta ishlash va saqlashda yuklarning
to‘liq saqlanishi;
•
Taqdim qilinadigan transport-ekspeditorlik xizmatlarning to‘liqligi;
•
Transport-ekspeditorlik xizmatlarga tariflar darajasi;
•
Transport-ekspeditsion korxonaning mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligi;
•
Region va uning chegaralaridan tashqarida filiallar va bo‘linmalarning
borligi;
•
Foydaning umumiy summasi.
2-bosqich.
Raqobatbardoshlilikning har bir omilining qiymatini
hisoblash.Raqobatbardoshlilikning har bir ko‘rsatkichining qiymati transport-
ekspeditsion kompaniya faoliyatining ma’lum bir davri (oy, chorak, yarim yil, yil)
uchun hisoblanadi.
3-bosqich.
Har bir omilga uning qiymatiga bog‘liq ravishda alohida
omilning raqobatbardoshlilik darajasini xarakterlaydigan ma’lum bir K
koeffitsientni berish. Transport-ekspeditsiya kompaniyasining “talab va taklifning
o‘zaro nisbati” tashqi omili bo‘yicha K
t
raqobatbardoshlilik koeffitsientini
quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
K = Q
baj.
/ Q
mumk. bo‘lg.
,
Bunda Q
baj.
– mos keluvchi vaqt davrida bajarilgan xizmatlar hajmi (masalan, yuk
tashish hajmi, t, yoki yuk aylanmasi, t-km); Q
mumk. bo‘lg.
– ma’lum bir vaqt davri
uchun transport-ekspeditsiya kompaniyasining imkoniyatlari va mahalliy shart-
sharoitlarni hisobga olish bilan hisoblangan mumkin bo‘lgan xizmatlar hajmi
(masalan, transport-ekspeditsiya kompaniyasining tashish
imkoniyatlari, o‘rtacha
tashish masofasi, parkning strukturasi va hokazolarni hisobga olish bilan
hisoblangan mumkin bo‘lgan tashishlar hajmi, t, yoki mumkin bo‘lgan yuk
aylanmasi).
78
Ko‘rsatkichlarning olingan qiymatlari 4-jadvalda keltirilgan me’yorlar bilan
solishtiriladi.
Agar K< 0,8 bo‘lsa - transport-ekspeditsiya kompaniyasining tashishlar va
xizmatlarga bo‘lgan talabni qanoatlantirish bo‘yicha rezervlari anchagina katta
bo‘ladi, agar K> 1 bo‘lsa - transport-ekspeditsiya kompaniyasining o‘zining
resurslari buyurtma berilgan talabni qanoatlantirish uchun etarli bo‘lmaydi.
Transport-ekspeditorlik xizmatlarva boshqa xizmatlarga bo‘lgan talab va
taklif ko‘rsatkichlari ularni amalga oshirishdan olingan daromadlar va ularni
amalga oshirishdan olinishi mumkin bo‘lgan daromadlarning
qiymati bilan ham
ifodalanishi mumkin.
Raqobatbardoshlilikning tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talab va
taklifning o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari
4-jadval
Ko‘rsatkich
Raqobatbardoshlilik darajasi
yuqori
o‘rtacha
raqobat qilishga
qodir emas
Talab va taklifning
o‘zaro nisbati
0,8 va
undan
kichik
0,81. 0,85 0,86.0 ,9
0,91..
0,95
0,96... 1
1 dan oshiq
Koeffitsient K
0,9
0,95
0,9
0,85
0,8
0,5
4-bosqich.
YAkuniy K
int
integral ko‘rsatkichni hisoblash. Mazkur ko‘rsatkich
olingan omil koeffitsientlarining o‘rtacha qiymati sifatida aniqlanadi:
K
int
= (K
1
+ K
2
+ K
3
+. . . + K
n
)/n,
bunda n – raqobatbardoshlilik ko‘rsatkichlarining soni.
5-bosqich.
Raqobatbardoshlilik darajasini integral ko‘rsatkichning qiymati
bo‘yicha baholash:
•
K
int
= 0,7... 1 bo‘lganda – raqobatbardoshlilikning
yuqori darajasi;
79
•
K
int
= 0,5...0,69 bo‘lganda - raqobatbardoshlilikning o‘rtacha darajasi;
•
K
int
< 0,5 bo‘lganda – raqobat qilishga qodir emaslik.
Keltirilgan ko‘rsatkichlarni solishtirma baholash natijasida mulk shakli,
mahkamaviy bo‘ysunishi va xizmat ko‘rsatiladigan transport turidan qat’iy nazar
bir nechta transport-ekspeditsion tashkilotlarning raqobatbardoshliligi baholanishi
mumkin.
Boshlang‘ich informatsiya sifatida tashkilotning ma’lum bir vaqt davri
uchun (yil, yarim yil, chorak, oy) hisobot ma’lumotlaridan yoki ularni aniq
hisoblash qiyin bo‘lgan omillarni (masalan, “transport xizmatlari ko‘rsatishning
sifati”) ekspert baholashining ma’lumotlaridan foydalanilishi mumkin.
Raqobatbardoshlilikni baholashni to‘ldirish va aniqlashtirish
uchun ekspeditorning
bozor sharoitidagi moliyaviy-iqtisodiy holatini va ishini xarakterlaydigan bir qator
ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqish foydali bo‘ladi. Konkret tashkilotning moliyaviy
ahvolini boshqa ekspeditorlarning moliyaviy ahvoli bilan taqqoslashga
ko‘maklashadigan bir nechta nisbiy ko‘rsatkichlardan (koeffitsientlardan
foydalanish etarli bo‘ladi. Bunday koeffitsientlar sifatida quyidagi ma’lum
ko‘rsatkichlardan foydalanilishi mumkin:
•
Kapital qo‘yilmalarning daromadliligi;
•
O‘z kapitalining rentabelliligi;
•
Xizmatlarni amalga oshirishning sof rentabelliligi;
•
Mehnat unumdorligi.
Bundan tashqari, tashishlar va xizmatlarning
yangi texnologiyalarini
o‘zlashtirishning (innovatsion jarayon) samaradorligi hozirgi zamon sharoitlarida
raqobatbardoshlilikning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Transport-ekspeditsiya tashkilotining raqobatbardoshliligini baholash
natijalaridan tashkilotning ishini rejalashtirishda, jumladan, strategik
rejalashtirishda foydalaniladi, ular raqobatbardoshlilikning asosiy yo‘nalishlarini
belgilab olish va raqobatbardoshlilikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab
chiqish imkonini beradi.