90
-
yuk yoki konteyner sig‘diruvchanligi bo‘yicha agentga ajratiladigan kvota
(allotment), agent faoliyat ko‘rsatadigan region
va boshqa alohida regionlar
bo‘yicha har bir transport vositasining - olib kirish va olib chiqish, eksport va
import bo‘yicha ajratish bilan - yuklama foyizi;
-
umuman agent uchun va har bir punkt uchun daromadning o‘rtacha stavkasi;
-
transport vositalarining (kemalar, avtopoezdlar, samoletlar) kelish, ketish
chastotasi;
-
transport vositalarigaishlov berishning intensivligi;
-
asbob-uskunalarning (konteynerlar, shassilar, tagliklar va hokazolar)
o‘rtacha aylanuvchanlik me’yori (normativi).
Marketing-reja tarif stavkalarining darajalari, ustamalar, chegirmalar,
komissiyalar bo‘yicha, fraxt to‘lovlarini kechiktirish
yuzasidan kredit siyosati
bo‘yicha, asbob uskunalardan tekinga foydalanish vaqtining davomiyligi va
terminal, omborxonalarda yuklarni tekinga saqlash vaqtining davomiyligi,
konteynerlarni ijaraga olish tartibi, me’yordan oshiq turib qolganlik uchun jarima
sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Agentga marketing-rejani berishni tashuvchi tomonidan mos keluvchi
teleks, faks yoki xatning yuborilishi sifatida tushunmaslik lozim. Tashuvchining
agent bilan, yoki yanada aniqrog‘i barcha agentlar bilan yig‘ilishlari davomida
qabul qilingan marketing-reja eng samarali bo‘lib hisoblanadi. Bu agentlik
yig‘ilishlarida tanqidlarni eshitish va agentning tashuvchiga, ba’zan
xizmatchilarga, kapitanlarga, haydovsilarga, havo kemalarining komandirlariga,
mamlakat va shaharlardagi vakillarga va tashishga aloqador bo‘lgan boshqa
shaxslarga taalluqli bo‘lgan da’volarini ajrim qilish foydali bo‘ladi.
Agentlik yoki ekspeditorlik firmasida yuklarni
tashish uchun jalb qilish
bo‘yicha operatsiyalar alohida bo‘linma – kanvassing mutaxassislari bo‘limida
(canvassing) jamlanadi, bu bo‘limning mutaxassislari kanvasserlar deb ataladi.
Transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning birorta sferasida (jabhasida) ham
inson omili kanvassing sohasidagichalik muhim rol o‘ynamaydi. Bu rahbariyatga
ham, oddiy xodimlarga ham taalluqli bo‘ladi.
91
“Kemalarni agentlash amaliyoti” qo‘llanmasida kanvasserlik lavozimiga
da’vogarlik qiladigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar keltiriladi:
"Kanvasser salohiyatli bo‘lishi, kasbiy mahoratga ega bo‘lishi, o‘zini qanday tutish
kerakligini balishi, ishonarli qilib gapira olishi, yoqimli suhbatdosh bo‘la olishi,
“inson ko‘ngliga yo‘l topa oladigan” bo‘lishi, qayishqoq bo‘lishi, yon bosadigan
bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat qila oladigan bo‘lishi, muloqotdan bahra oladigan
bo‘lishi, yaxshi ma’lumot va dunyoqarashga ega bo‘lishi lozim".
Garchi yuqorida sanab o‘tilgan fazalatlarning bo‘lishi har qanday kasbda
ham oshiqchalik qilmasada, kanvasser,
umuman olganda, bozor konyukturasi va
servisda band bo‘lgan transport vositalarining texnik-iqtisodiy xarakteristikalarini
yaxshi bilishi, tijorat ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, xorijiy tillarni (ayniqsa ingliz
tilini) bilishi, mijozlarni o‘ziga qiziqtira olishi lozim.
Ko‘pincha kanvasserning oylik maoshi qat’iy stavka va mukofot
ko‘rinishida belgilanadi, uning miqdori jalb qilingan fraxt summasi bilan
belgilanadi. U me’yorlashtirilmagan ish kuniga va vakillik xarajatlari uchun
ajratilgan ma’lum bir mablag‘larga ega bo‘ladi. Mijozlarni kemalarda,
aeroportlarda, kompaniyaning vakolatxonalarida qabul qilish kanvasserlar
tomonidan tashkil qilinadigan ommaviy vakillik tadbirlari bo‘lib
hisoblanadi,
bunda ularga kapitanlar, styuardessalar, kassirlar yordamga keladi.. Bularning
hammasidan maqsad bitta – potensial yuk jo‘natuvchini aynan kanvasserlar taqdim
qilayotgan servmsdan (liniyadan) foydalinishning maqsadga muvofiq ekanligiga
ishontirish. Shundan kelib chiqqan holda, kanvassing bo‘limidagi xodimlar soni
turlicha bo‘ladi. U agent tomonidan nazorat qilinadigan territoriyaning o‘lchamiga,
ajratilgan kvotaga, uning faollik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir kanvasser,
ya’ni kanvassing bo‘limining xodimi zona, region, yuk oqimi,
tashish turi, shassida
tashish, avtofurgonlar bilan tashish va hokazolarga “xo‘jayin” bo‘ladi
(rollingstock).
Yirik yuk egalari, zalvorli ekspeditorlik firmalari bilan o‘tkaziladigan bir
qator tadbirlar butun bo‘lim, ba’zan esa butun firma ko‘lamida “bosh kanvassing”
tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi (generalcanvassing), u barcha darajalardagi
muntazam shaxsiy muloqotlar va yuk jo‘natishning uzoq muddat uchun
92
mo‘ljallangan dasturlarini kelishishni ko‘zda tutadi. Bu tadbirlarda elchilar,
konsullar, savdo vakillari, hukumat va munitsipial xizmatlar vakillarining ishtirok
etishi hech kimni hayron qoldirmaydi.
Kichik partiyali yuk jo‘natuvchilar bilan telefon, pochta, teleks, faks
orqali
alohida muzokaralar olib boriladi. Bunda ko‘pincha bilimdonlik va
xushmuomalalik bilan yozilgan, chiroyli blankaga bosilgan xat, jo‘natish
hujjatlarining tezkorlik bilan etkazib berilishi, telefonistkaning yoqimli ovozi,
kotibaning hazil-huzuli kanvasser rolini muvaffaqiyatli tarzda bajaradi. YUkni
Dostları ilə paylaş: