Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Transport-ekspeditsiya korxonasini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Transport-ekspeditsiya korxonasini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar
Transport-ekspeditsiya korxonasining raqobatbardoshliligini oshirish
tadbirlaridan biri korxonani boshqarish tizimini uni mijozlarning talablarini
qanoatlantirishga qaratish bilan takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi. Quyidagilar
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi:
1) xizmatlarni amalga oshirish jarayonlarining samaradorligini
iste’molchilarning pozitsiyasidan turib baholash vositalarini joriy qilish;
2) boshqarishni detsentralizatsiyalash (markazlashtirmaslik) va transport-
ekspeditorlik korxonasining barcha ishchi va xizmatchilarining,
mutaxassislarining tashabbuskorligi va tadbirkorligini rag‘batlantirish;
3) iste’molchilarning talablarini o‘rganish tizimini yaratish;
4) xizmatlarni amalga oshirish jarayonlarini iste’molchining individual
talablariga qaratish;
5) korxonaning iste’molchilar bilan bevosita muloqot qiladigan xodimlarining
tashabbuskorligini rivojlantirish;
6) barcha darajalardagi ishchi-xizmatchilar, mutaxassislarni rag‘batlantirish
tizimini iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholashga yo‘naltirish;
7) xizmat ko‘rsatish sifatini miqdoriy baholash tizimini yaratish va yo‘lga
qo‘yish.
Transport-ekspeditorlik korxonasida mos keluvchi strukturalarni yaratish va
mijozlarga xizmat ko‘rsatishning sifatini oshirishga ko‘maklashuvchi uslublarni
ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Bunda tashkiliy strukturalar ishchi-xizmatchilarning
tashabbuskorligini rivojlantirishga xalaqit bermasligi va mijozlar bilan ular


87
o‘rtasiga to‘siqlar qo‘ymasligi lozim. Bu transport-ekspeditsiya korxonasiga
mijozlarning ehtiyojlaridan xabardor bo‘lish va ularga tezkorlik bilan mos
keluvchi javob qaytarish imkonini beradi. Xizmatlarni taqdim qilish sohasidagi
siyosatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda xodimlarni tanlash, ularni o‘qitish va
ularning malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona rahbariyati har
bir ishchi, xizmatchi va mutaxassis uchun realistik maqsadlarni aniqlab olishi
lozim bo‘ladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin