Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Terminallarda omborxona xizmatlari ko‘rsatish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Terminallarda omborxona xizmatlari ko‘rsatish
Bitta transport tarmog‘i tugaydigan va boshqasi boshlanadigan, bu erda
yukni bitta transport vositasidan boshqasiga uzatish amalga oshiriladigan
terminallarda transport-ekspeditsiya operatsiyalarining asosiy hajmi bajariladi.
Aksariyat mamlakatlarda terminal xizmatlari ko‘rsatish (u daryo va dengiz
portlari, aeroportlar va temir yo‘l stansiyalari, to‘plash va taqsimlash markazlari,
konteyner terminallarini o‘z ichiga oladi) foyda ko‘rilmaydigan asosda quriladi.
SHu sababli terminallarni qurishga davlat, munitsipal organlar, korporativ asosdagi
xususiy kompaniyalar byudjet mablag‘lari, federal mablag‘lar va mahalliy
mablag‘larni ajratadi (publictrust, publicagency). Xususiy terminallar ham
quriladi, albatta. Ularning egalari sifatida sanoat korxonalari, yirik savdo va
ekspeditorlik firmalari chiqadi.
Zamonaviy prichallar, qudratli kran xo‘jaligi, omborxonalar, kelish-ketish
yo‘llari va boshqa kommunikatsiya tizimlari, zamonaviy aloqa vositalari va
hokazolar bilan jihozlangan terminallarni ekspluatatsiya qilishning ko‘proq keng
tarqalgan formasi ularni xususiy kompaniyalarga ijaraga berish bo‘lib hisoblanadi,
xususiy kompaniyalarning o‘zlari transport vositalari va yuklarga xizmat
ko‘rsatishning butun majmuasini tashkil qilib oladi. Ijara shartnomalari, qoidaga
ko‘ra, barcha ijaradan foydalanuvchilar uchun identik (bir xil) bo‘lgan standart
shartlar va tariflardan tarkib topadi. Mazkur tariflardan qandaydir bir chegirmalar
konfidensial (sir tutiladigan) xarakterga ega bo‘ladi.
Transportdagi ilmiy-texnik revolyusiya terminal operatsiyalarining barcha
tomonlariga tegib o‘tgan. Terminallarning o‘tmishda yuklarni o‘z vaqtida
to‘plashni ta’minlash, tashish vositalarini kutish paytida ularni vaqtinchalik
saqlashga qaratilgan omborxona xo‘jaligi, yuklarning bojxona rasmiylashtirilishi,
transport vositasining keyingi harakat yo‘nalishi bo‘yicha yuklarni saralash
imkoniyati hozirgi kunda korxonalarni markazlashgan holda yarim fabrikatlar,
agregatlar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash uchun, shuningdek tayyor
mahsulotlarni tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ulgurji va


115
chakana savdo korxonalari o‘rtasida markazlashgan holda taqsimlash uchun ularni
tobora mustahkamlanib borayotgan asosga aylantirmoqda.
Zamonaviy omborxona – bu faqatgina yuklarni yo‘nalishlar va kiritish-
chiqarish yordamchi vositalarining harakati bo‘yicha to‘plash uchun
mo‘ljallangan, unga tutashuvchi rampalar va kelish-ketish yo‘llariga ega bo‘lgan
shunchaki qulay bino bo‘lib qolmasdan, balki zamonaviy elektron-hisoblash
texnikasi bilan jihozlangan, tovarlarnig ixtisoslashtirilgan stellaj-yacheykalarda
saqlanishini ta’minlaydigan – zamonaviy logistik tizimlar asosida materiallar va
tovarlar bilan markazlashgan holda ta’minlash va taqsimlash umummilliy
tizimining teng huquqli ishtirokchisi hamdir. Zamonaviy omborxona texnologiyasi
yuklarning kichik partiyalarini vagonlar va konteynerlarda jo‘natishni
shakllantirish, va shundan kedib chiqqan holda, kelgusida tashish uchun qayta
shakllantirish bo‘yicha ekspeditorning ko‘p mehnat talab qiladigan operatsiyalarini
(o‘tmishda asosan qo‘l mehnatidan foydalanish bilan) anchagina engillashtirish va
intensivlikni bir necha martaga oshirish imkonini beradi. Aviatsion yuk
terminallarida bu operatsiyalar amalda to‘liq avtomatlashtirilgan va
kompyuterlashtirilgan.
Umuman olganda omborxona operatsiyalari transportirovka qilish jarayoni
bilan ham, yukni omborxonada saqlash bilan ham bog‘lanadi. Birinchi holatda yuk
u yoki bu transport vositasining yo‘qligi sababli uni darhol jo‘natishning iloji
bo‘lmagan taqdirda jo‘natish punktida yoki belgilangan punktda tashish vositasini
kutish uchun omborxonaga topshiriladi. Ikkinchi holatda yukni saqlash boshqa
sabablar bilan, qoidaga ko‘ra, yuk egasi va omborxona xo‘jaligi o‘rtasidagi maxsus
kelishuv asosidagi tijorat yoki ma’muriy xarakterdagi sabablar bilan shartlanadi.
Bunda yuklarni omborxonalarda saqlashni tashkil qilish transport-ekspeditorlik
korxonalari tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar ro‘yxatiga kiradi. SHundan
kelib chiqqan holda, tovarga egalik qilish turlicha bo‘lishi mumkin: tovar -
tashuvchining, yuk jo‘natuvchi yoki yukni qabul qilib oluvchining, yoki
omborxona egasining (ijarachisining) nazorati ostida bo‘lishi mumkin. SHu bilan
birgalik da tovarlarni omborxonada saqlash sotuvchi yoki sotib oluvchi tovarni o‘z
hohishi bo‘yicha tasarruf qilishiga hech qanday to‘sqinlik qilmaydi. Buning uchun


116
yukning egasi va omborxona egasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aks
ettiradigan hujjatlardan foydalaniladi.
Omborxona tilxati va tovar-omborxona guvohnomasi – varrant eng muhim
omborxona hujjatlari bo‘lib hisoblanadi. Omborxona tilxati (warehousereceipt)
omborxona korxonasi yoki transport-ekspeditorlik firmasi tomonidan tovar egasiga
yukni ma’lum bir muddatga va ma’lum bir haq evaziga saqlash uchun qabul qilib
olinganligini bildiradigan tilxat sifatida beriladi.
Yukni aks ettirish bilan omborxona kvitansiyasi (tilxati) faqatgina unda
ko‘rsatilgan tovar saqlash uchun qabul qilib olinganligini, omborxona kitobiga
kiritilganligini tasdiqlab qolmasdan, balki tovar-taqsimlovchi hujjat bo‘lib ham
hisoblanadi, u bo‘yicha tovar yuk egasiga yoki tegishli tartibda ishonchnoma
orqali, tovar egasining buyrug‘i bo‘yicha rasmiylashtirilgan shaxsga, yoki tovar
egasining tovarni berish to‘g‘risidagi mos keluvchi yozuvi kiritilgan mazkur
guvohnomani taqdim qilgan boshqa shaxsga ham beriladi.
Maxsus omborxona guvohnomasi - varrant (warehousewarrant) omborxona
egasi tomonidan tovar egasiga uning tovari saqlash uchun qabul qilinganligini
tasdiqlaydigan guvohnoma sifatida beriladi. Varrant ham tovar-taqsimlash hujjati
xarakteriga ega bo‘ladi, biroq omborxona tilxatidan farqli o‘laroq, u bir-biridan
alohida ikkita qism – omborxona guvohnomasi va garov guvohnomasidan tarkib
topadi. Shu sababli varrantdan, qoidaga ko‘ra, omborxonada saqlanayotgan tovarni
garovga qo‘yish evaziga bankdan qarz olish uchun foydalaniladi. Bunday holda
garov guvohnomasiga berilgan summaning miqdori, qarzni qaytarish muddati
to‘g‘risidagi yozuvlvr, shuningdek kreditor nomiga uzatish yozuvi kiritiladi.
Varrant egasi berilgan summa miqdoridagi tovarga garov huquqiga ega bo‘ladi.
Qarz qaytarilgandan keyin varrant omborxona guvohnomasiga ega bo‘lgan
shaxsga qaytariladi. Omborxona korxonasidan varrant bo‘yicha tovarni olish
uchun uning har ikkala qismi – garov guvohnomasi va omborxona guvohnomasi
birgalikda taqdim qilinishi lozim.
Rossiya terminallari yuklarga ishlov berishning transport tarmoqlarining
Nizomlari bilan belgilangan qoidalarga, tashqi savdo yuklarini o‘tkazish bo‘yicha


117
esa – transport tarmoqlari Vazirliklari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga amal qiladi.
Bu masalan, portlarda:
• portlar tomonidan yuklarni temir yo‘ldan ularni yuk o‘rinlari soni va
massasini tekshirish bilan qabul qilib olish va topshirish qoidalariga

tez buziladigan yuklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (vagon-kema, kema-vagon)
yoki bunday yuklarni saqlash uchun yaroqli bo‘lgan omborxonalar orqali o‘tkazish
qoidalariga;

bunday yuklarning harakatini hisobga olish qoidalariga
amal qilinishida o‘z aksini topadi.
Bunday yuklarni to‘plash va ularni omborxona binolari yoki ochiq
maydonchalarda xususiyatlari va turlari bo‘yicha alohida-alohida saqlash
(nakladnoylar bo‘yicha, vagonlar bo‘yicha, kemalar bo‘yicha, konosament
partiyalari bo‘yicha) shunday bajarilishi kerakki, bunda yukning har bir partiyasiga
alohida va osonlik bilan yondashish mumkin bo‘lsin. Bu partiyadagi yuk o‘rinlari
sonini qayta sanash lozim bo‘lganda yoki keyinchalik uni jo‘natish qulay bo‘lishi
uchun qo‘l keladi. Bir jinsli va bir xil sortdagi uyilgan holda tashiladigan va
to‘kma holda tashiladigan yuklarni, agar yuklarni saqlash qoidalarida bu
ta’qiqlanmagan bo‘lsa, umumiy shtabellarga to‘plash mumkin.
Yuklarni bir paytda saqlash me’yorlarini hisoblash bilan yukning
tonnalardagi miqdori aniqlanadi. Ularni har bir omborxonaga omborxonaning
foydali maydoni, polning 1 kv m maydoniga yo‘l qo‘yiladigan yuklama, yo‘l
qo‘yiladigan shtabellash balandligidan (yukning xususiyatlari va idishlarning
mustahkamligiga bog‘liq ravishda) kedib chiqqan holda, shuningdek prichallar,
kelib-ketish yo‘llari, omborxonalarning ma’lum bir yuklarga ixtisoslashganligini
hisobga olish bilan joylashtirish mumkin bo‘ladi. Bunday ma’lumotlarni
omborxona pasportidan topish mumkin bo‘ladi.
Yuk temir yo‘l vagonlarida omborxonaga etib kelgandan keyin
plombalarning butunligi va vagon varag‘idagi ma’lumotlar tekshirib ko‘riladi,
temir yo‘lning qabul qiluvchi-topshiruvchisi tomonidan plombalar olingandan
keyin qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Qabul qilish dalolatnomasining
ikki nusxasi nakladnoylar va ularga ilova qilingan boshqa hujjatlar (sertifikatlar,


118
spetsifikatsiyalar) bilan birgalikda yuk egasining ekspeditoriga beriladi. Qabul
qilish dalolatnomasi tovar-omborxona kvitansiyasi, ya’ni tovar-taqsimlash hujjati
maqomiga ega bo‘ladi.
Yuklarni saqlash, agar yuklarni tashish va saqlashning umumiy va maxsus
tarmoq qoidalarida mos keluvchi yo‘riqnomalar bo‘lmasa, yuk egasining
yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bir yilda bir marta, 1 oktyabr
holatiga ko‘ra omborxonada saqlanayotgan yuklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish
qabul qilingan.
Yuk terminallari tomonidan yuklash-tushirish ishlari, ularni saqlash va
ekspeditsiyalash, qabul qilib olish va jo‘natishga taalluqli bo‘lgan transport-
ekspeditsion tadbirlarning bajarilishining majmuaviy xarakteri saqlab qolinishi
lozim.
Daryo transportining mavsumiyligi uning omborxona xo‘jaligining ishiga
ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Navigatsiyalar orasidagi davrda pristanlar va daryo
portlarining omborxonalaridan mahalliy korxonalar va tashkilotlar pasaytirilgan
stavkalar bo‘yicha tovarlar, yuklar va zahiralarni saqlash uchun foydalanadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin