part-poolemployment). Portga navbatdagi kema kelayotganda stividorlik
kompaniyasi dokerlarning port puliga (birlashmasiga) ishchi kuchiga buyurtma
beradi.
Stividorlik shartnomasi tashuvchi bilan stividorlik kompaniyasi o‘rtasidagi
o‘zaro huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Unda stividor bilan tashuvchi o‘rtasidagi kelishuvning barcha tijorat shartlari
belgilab beriladi, yuk ishlarini bajarish muddatlari yoki yuklash-tushirish
me’yorlari va ularning narxi ulardan asosiylari bo‘lib hisoblanadi. Dunyodagi
ko‘pgina yirik portlarda stividorlik shartnomalarining tiplashgan (namunaviy)
formalari – “Stividorlar ishining port stividorlari assotsiatsiyasi tomonidan ishlab
chiqilgan umumiy shartlari” dan foydalaniladi.
Muzokaralarning musobaqalashuvchi xarakteri, stividorlik xizmatlari
ko‘rsatish bozoridagi o‘tkir raqobat tashuvchilar va ekspeditorlarga assotsiatsiyalar
tomonidan e’lon qilingan tariflardan kattagina chegirmalarga erishish imkonini
beradi. Biroq tiplashgan shartnomalarning ba’zi bir punktlari tomonlar tomonidan
majburiy tartibda qabul qilinadi. Bundaylarga tashuvchining ishlarga unchalik
uzoq bo‘lmagan muddatlarda (qoidaga ko‘ra, 14 kun mobaynida) haq to‘lash
majburiyati, stividor tashish vositasi yoki yukka zarar etkazgan taqdirda, agar bu
zarar stividorning xatosi yoki dokerlar brigadasi ishlarni bajarish paytida
ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganligining natijasi ekanligi isbotlansa – stividorning
javobgarligi kirishi mumkin.
Stividorlik faoliyati bajariladigan operatsiyalarning mumkin qadar to‘liq
ro‘yxatini qamrab olishi lozim, chunki ro‘yxatga kiritilmay qolgan operatsiyalar
uchun stividor qo‘shimcha haq to‘lashni talab qilishi mumkin. Bunda stividorning
shartnoma bo‘yicha majburichtlarini o‘ta diqqat bilan sanab o‘tish lozim bo‘ladi.
Tashuvchi shartnoma bo‘yicha bir qator qat’iy majburiyatlarni zimmasiga
oladi. Ishchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan stividor to‘lov kechiktirilgan
taqdirda keskin choralarni ko‘rishi – transport vositasi yoki yukni hibsga olishi
mumkin. Bunda to‘lov formasini – akkreditlangan to‘lov yoki avans to‘lovi,
121
shuningdek to‘lash tartibini – agent, ekspeditor orqali to‘lash, yoki bevosita
transport kompaniyasi – ishlarning buyurmachisi tomonidan to‘lash kelishib
olinishi zarur.
Shartnomada to‘lash tartibi to‘g‘risidagi kelishuvning bo‘lmasligi kema
kapitani, yuk mashinasining haydovchisiga ishlar uchun haq to‘lishni talab qilishi
uchun qo‘l kelishi mumkin. Agent va ekspeditor har qanday “mayda-chuydani”
o‘tkazib yuborishdan qochishlari lozim. Shunday holat ma’lumki stividorlik
shartnomasining ertalab soat 10 da an’anaviy “qahva ichish uchun tanaffus”
(coffeebrake) degan punktida "15 minut" degan yozuv tushib qolgan. Pul
"Bosslari” esa darhol “qahva ichish” huquqini tushlik tanaffusgacha, ya’ni soat 12
gacha davom ettirish mumkinligini qonuniy deb hisoblaganlar.
Shuningdek shartnoma shartlariga stividor tomonidan o‘zining ishchilari va
puldan jalb qilingan ishchilarni baxtsiz hodisalardan va kompensatsiyaning to‘liq
miqdoridan majburiy sug‘urtalashni kiritishni talab qilish tavsiya qilanadi, chunki
agar kompensatsiya ishchining mehnat qobiliyatining yo‘qolishi natijasida
etkazilgan zararni qoplamasa, jabrlanuvchi sud orqali bevosita tashuvchiga da’vo
qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Shu sababga ko‘ra, shuningdek bir qator mamlakatlarda davlat sug‘urta
tizimi ham, ishchilarga etkazilgan zararni kompensatsiyalash to‘g‘risidagi
qonunlarning ham yo‘qligi munosabati bilan tashuvchilar bunday turdagi xavf-
xatarlarni o‘zaro sug‘urtalash klublarida sug‘urtalaydilar, bunda stividorlarga
jabrlanuvchilarga etkazilgan zararni qoplashni o‘ziga qabul qilganlik to‘g‘risida
kafolat xati beriladi (letterofindemnity). Barcha hollarda shartnomalar yoki unga
ilovalarda ishchilarga nisbatan ham, tashish vositalariga nisbatan ham sug‘urta
hodisalarini dalolatlash tartibi ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur. Stividorlik ishlariga
haq to‘lashning uchta asosiy: vaqtbay, ishbay va ishbay-progressiv tizimlari
amalda mavjud.
Vaqtbay haq to‘lash ("costplusprofitsystem" - "xarajatlar plyus foyda")
stividor tomonidan yuk ishlarini bajarishda mehnat unumdorligining o‘sishini
rag‘batlantirmaydi, shu sababli yoki undan qochish yoki yuklash-tushirishning
122
qandaydir bir me’yorlari, 1 tonna yukni yoki bitta konteynerni o‘tkazish stavkalari
va hokazolar to‘g‘risida har qanday usul bilan kelishib olish zarur bo‘ladi.
Stividorlik ishlariga haq to‘lashning ishbay tizimi (perfomancebasesystem)
bir qator modifikatsiyalarga ega. Tovar stavkalari tizimida (commodityratesystem)
yuklar yuk ishlarining mehnattalabligi tamoyili asosida guruhlanadi. Yuk
ishlarining mehnattalabligi ma’lum bir klassdagi yuk birligiga nisbatan ortib
borishi bilan stavkalar ko‘tariladi. Bunday uslubdan foydalanilganda tashuvchi va
stividorlik kompaniyasining manfaatlari ko‘p jihatdan bir-biriga mos tushadi.
Yukchilarning mehnat unumdorligining ortishi tashish vositasining turish
vaqtining qisqarishida aks etadi va shu bilan birgalikda stividorlik
kompaniyasining daromadlarining ortishiga ko‘maklashadi. Bunda stividorlik
stavkasi barcha asosiy, yordamchi va hamrohlik qiluvchi operatsiyalarni qamrab
olishi maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. Stividorlik stavkasining bunday turi
"barcha operatsiyalarni o‘z ichiga oladigan stavka" (allinclusiverate), "yig‘ma
stavka" (consolidatedrate), "akkordya stavka" (flatrate) deb ataladi.
Stividorlik ishlariga ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi
(slidingscalesystem) konteynerlarni yuklash-tushirishda qo‘llaniladi, bunda stavka
1 soat davomidagi konteyner operatsiyalarining soni oshirib bajarilganda mukofot
to‘lashni ko‘zda tutadi.
Stividorlik shartnomalariga ilovalarda (addendumlarda) quyidagi shartlar
kelishib olinadi:
-
tashuvchining aybi bilan yukchilarning bekor turib qolishiga haq to‘lash;
-
brigadalarning ish vaqtidan tashqari vaqtda, tushlik tanaffus paytida,
shuningdek dam olish kunlari va bayram kunlari ishlashi uchun haq to‘lash;
-
tarif bazasi: og‘irlik tonnasi; hajmiy tonna (kubometr, qirq kubofut,
standart va boshqalar); bitta yuk o‘rni (avtomashina, traktor, konteyner va
boshqalar);
-
yuk o‘rinlarini o‘lchash qoidalari;
-
stavka miqdorining tashish vositasining o‘lchamiga (kemaning
o‘lchamlariga) bog‘liq ravishda o‘zgarishi;
123
-
yukning o‘ta og‘irligi va belgilangan ko‘tarish og‘irligidan oshiqchaligi
uchun oshirilgan stavkalar;
-
agar ular stividorlik stavkasiga kirmagan bo‘lsa, kran xarajatlari;
-
nam tortgan, iflos va kuygan joylarga ishlov berish;
-
nakladnoy xarajatlari (overheadexpences) - odatda 5-15 %.
Yuqorida keltirilganlarning barchasi yuklash va tushirish bo‘yicha
ishlarning narxini kalkulyasiyalashning murakkabligidan dalolat beradi. Agentlik
va ekspeditorlik firmalarida bu ishlar, qoidaga ko‘ra, mazkur regiondagi stividorlik
korxonasida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarga topshiriladi.
Temir yo‘l transportida yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish shu bilan
xarakterlanadiki, tashish uchun taqdim qilinadigan yuklarning 80% i korxona va
tashkilotlarning umumiy temir yo‘l tarmog‘i bmlan uzluksiz shoxobcha orqali
bog‘langan kelish-ketish yo‘llarida, ya’ni “umum foydalanmaydigan joylarda”
yuklanadi va tushiriladi.
“Umum foydalanadigan joylarda” (stansiyalarning bu erda odatda yuklash-
tushirish operatsiyalari konsentratsiyalanadigan yuk hovlilari; temir yo‘l
ma’muriyati tasarrufida bo‘lgan boshqa yuklash-tushirish punktlari) temir
yo‘llarga qarashli vositalar bilan yuklashda yuk jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib
oluvchilardan har bir tonna-operatsiya uchun yig‘im undiriladi ( № 10-01
preyskurantining №1 Tarif qo‘llanmasi, A bo‘lim, 1-qism, 47 punkt).
Barcha yuklar ularning mehnattalabligi bo‘yicha 7 ta klassga taqsimlanadi.
Yukning quyidagicha ko‘chishi bir tonna-operatsiya deb hisoblanadi:
•
“yuklashda – omborxonadan vagon yoki avtomashinaga, tushirishda –
vagon yoki avtomashinadan omborxonaga;
•
qayta yuklashda – vagondan vagonga, vagondan avtomobilga,
avtomobildan vagonga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiya);
•
agar ish shartlarida ushbu operatsiyalarga zarurat bo‘lsa – omborxona
ichida – yukni tekshirish yoki qayta tortish maqsadida ko‘chirish, temir yo‘l
shoxobchasida – yuk tushirish uchun joy bo‘shatish maqsadida yukni temir yo‘l
liniyasidan chetga olish va hokazolar".
124
Daryo transportida № 14-01 preyskurantga muvofiq mijozlar yukning
boshqa transport turlarining harakatlanuvchi sostavidan yoki qirg‘oqdagi
omborxonalardan daryo kemalariga ko‘chirilishi yoki shuning teskarisi bilan
bog‘liq bo‘lgan yuklash-tushirish ishlari uchun yig‘imlarni to‘laydi. Bundan
tashqari, yuklarni port omborxonalarida saqlash uchun, ularni tortish uchun,
kemalarni dezinfeksiyalash uchun yig‘imlar undiriladi.
Flotdan vaqt birligi mobaynida yaxshiroq foydalanishni rag‘batlantirish
uchun yuk operatsiyalarini muddatidan oldin tugatganlik uchun mukofotlar ko‘zda
tutilgan, kemalarni yuklash va tushirish paytida belgilangan muddatdan oshiqcha
ushlab turganlik uchun jarimalar tizimi joriy qilingan. Yig‘imlarning stavkalari
yuklarning kategoriyalari va portlarning guruhlari bo‘yicha differensiallangan.
Portda tashish uchun qabul qilingan yuklarni saqlash to ular amalda
jo‘natilgunga qadar tekinga amalga oshiriladi. Belgilangan manzil portlariga etib
kelgan yuklar esa bir sutka davomida tekinga saqlanadi. SHu muddat tugagandan
keyin saqlash davomiyligi oshib borishi bilan progressiv tarzda o‘sadigan
yig‘imlar undiriladi. Yuklarning umumiy miqdoridan taxminan uchdan biri
mijozlarning prichallarida qayta yuklanadi.
Dostları ilə paylaş: |