133
o‘rinlarning konteynerda joylashishini o‘z ichiga oladi.
Yuklangan yukka muhr
bilan tasdiqlangan schet-fakturani qo‘yish tavsiya qilinadi, ba’zi bir hollarda esa –
talab qilinadi.
2.
Xavfli yuklar yuklangan konteynerlarning har bir konteyner bo‘yicha
amaldagi jo‘natuvchining va qabul qilib oluvchining nomi, xavflilik yorlig‘i,
yukning klassifikatsiyasi, uning netto og‘irligi ko‘rsatilgan ro‘yxati. Bunday
konteynerni qabul qilish/topshirish to‘g‘risidagi tilxatga yuk
zaharli yoki
portlashga xavfli ekanligini bildiruvchi shtamp bosilgan bo‘lishi lozim.
3.
Refrijeratorli konteynerlarning har bir konteyner bo‘yicha uning nomeri,
tipi, o‘lchami, talab qilinadigan temperatura, brutto og‘irligi ko‘rsatilgan ro‘yxati.
Konteynerli tashishlarda transport vositalarining (kemalar va avtotyagach-
konteynerovozlarning) tezkorlik bilan harakatlanishi
va yuklash-tushirish
operatsiyalarining intensivligining ortishi natijasida ularning turish vaqtining
qisqarishi munosabati bilan tovar-taqsimlash hujjatlarini (masalan,
konosamentlarni) tayyorlash va uzatishning an’anaviy tizimining konosamentning
elektron-hisoblash mashinasida tayyorlanadigan va kompyuterlararo aloqa
kanallari bo‘yicha uzatiladigan alternativasi – shoshilinch yuk hujjati (rus. SGD)
ga o‘tish sodir bo‘ldi. Shoshilinch yuk hujjati tovar-taqsimlash hujjati bo‘lib
hisoblanmaydi, biroq qabul qilib oluvchiga yukli konteynerni
tushirilgandan keyin
darhol olish imkonini beradi (konosament originalining bank, pochta va hokazolar
orqali kelishini kutish olib chiqib ketishni kechiktirganlik uchun, konteynerlarni
terminalda saqlash va hokazolar uchun jarima to‘lanishiga olib kelishi mumkin).
Ekspeditor yuk egasiga konteynerlashtirilgan
yukning harakatini nazorat
qilishni, yukning ham, konteynerning ham holatining inspeksiyalanishini
ta’minlashi shart ekanligini esdan chiqarmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: