11-MAVZU: TEMIRBETON KONSTRUKSIYALARNING KUCHLANISH-
DEFORMASIYALANISH HOLATINI UCH BOSQICHI. OLDINDAN
ZO’RIQTIRILGAN TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNI LOYIHALASH
Reja:
1. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch
bosqichi.
2. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning mohiyati.
3. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning afzalliklari.
4. Armaturani taranglash usullari: mexanik, termik va termomexanik.
5. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlar armaturasidagi kuchlanishlarni
yo‘qotilishi.
6. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni aniqlash.
Egiluvchi temirbeton elementining tashqi yuk ta’sirida
uning kesim yuzasida
eguvchi moment qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish - deformatsiyalanish
holatining uch bosqichi ro‘y beradi.
1-bosqich. Elementga kam yuk qo‘yilganda beton va armaturada kuchlanish
miqdori deyarlik ko‘p bo‘lmaydi, shuning uchun bunda deformatsiya elastik holatda
bo‘ladi. Kesim yuzasining siqilgan va cho‘zilgan qismidagi
kuchlanish epyurasi
uchburchak shaklida bo‘ladi.
Yuk ortishi bilan betonning cho‘zilgan zonasida kuchlanish miqdori
cho‘zilishning chegaraviy qiymatiga etadi. Ammo beton yorilmaydi. Betonning
taranglangan pastki yuzalarida plastik deformatsiyalar paydo bo‘ladi, bu qatlamlardagi
deformatsiya betonning cho‘zilishdagi mustahkamligiga teng.
Betonning kamroq
cho‘zilgan yuqoriroq yuzasida betonning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligiga teng
kuchlanish yuzaga kelguncha davom etadi. Bu jarayon kuchlanishni qayta taqsimlash
butun cho‘zilgan zona bo‘ylab bo‘ladi va ularning epyurisi to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin
ko‘rinishni oladi, to‘sinning neytral o‘qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu Ia bosqich
deb belgilanadi.
Siqilgan zonada beton esa asosan elastik deformatsiya holatida ishlaydi. Negaki
cho‘zilgan zonadagi beton siqilganga qaraganda ko‘proq deformatsiyalanadi.
1a-
bosqich elementning yorik paydo bo‘lishi - yoriqbardoshligi bo‘yicha hisoblashda
qo‘llaniladi.
23.1. rasm Egiluvchi elementning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch
bosqichi:
1- neytral qatlam; 2-yoriqlar; 3-epyuralar; 4-simmetriya o‘qi.
Bunda yuk ko‘paygan sayin betonning cho‘zilgan zonasi (deformatsiya
ko‘rsatkichi oxiriga etganda) uziladi. Natijada yoriq paydo bo‘ladi va elementning
kesim yuzasida yangi holat 2-bosqich boshlanadi.
2-bosqich. Yoriq paydo bo‘lgandan keyin
yoriqli kesim yuzasining
cho‘zilishidagi kuchlanishini armatura qabul qiladi (ma’lum ma’noda yoriq ustidagi
cho‘zilgan beton bilan birgalikda), yoriqlar orasida esa beton bilan bog‘liqlik
buzilmaydi va beton armaturaga biroz ko‘proq kuchlanishni berib, cho‘zilishga
ishlayveradi. (23.1. rasm)
Yukni orttirib borilgan sari armaturadagi kuchlanish ortib boradi,
yoriq
kengayadi (yoriq yuqoriga qarab ko‘tariladi va uning eni esa kattalashadi), neytral o‘q
yuqoriga ko‘tariladi va betonning siqilgan kesim yuzasi kichrayadi. Betonning siqilgan
qismida noelastik deformatsiyasi ortadi va bu zonada kuchlanishning epyura chizig‘i
qiyshayadi. 2-bosqich oxirida, cho‘zilgan armaturadagi kuchlanishning miqdori
oquvchanlik chegarasiga etadi va siqilgan zonadagi betonda kuchlanishning miqdori
kamayib borishi bilan tugallanadi.
2-bosqich bo‘yicha konstruksiyaning ishlash sharoitida uni egilishga va yoriqni
kengayishiga hisoblashda qo‘llaniladi.
Temirbetonni emirilish bosqichi bo‘ladi. Sinov vaqti bo‘yicha u juda qisqa davr
mobaynida bo‘lib o‘tadi. Armaturaning oquvchanligi
boshlanishi bilan buzulish
boshlanadi natijada egilish ortib boradi va yoriqning ko‘payishi oqibatida beton kesim
yuzasining siqilgan qismining balandligi kamayadi. Yoriq ustidagi betonning siqilgan
zonasida plastik deformatsiya paydo bo‘ladi. Buzulish siqilgan zonada betonning
maydalab sinish bilan boshlanadi. Bunda siqilgan zona epyurasi parabola ko‘rinishiga
yaqin bo‘ladi. Cho‘zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to‘sin bikirligi kamayadi
va solqilik tez o‘sib borib, to‘sin sinadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, buzilishning xarakteri armatura miqdoriga va
turiga bog‘liq. Buning uchun ikki holat bo‘lishi mumkin.
1-holat. Buzulish armatura oquvchanligi bilan boshlanadi va siqilgan zonadagi
betonning buzilishi bilan tugaydi. Bunda element kesim yuzasining
buzilishi plastik
xarakterga ega. Shunday qilib bu holat, o‘z me’yorida armaturalangan elementlarda
ro‘y beradi (me’yorda armaturalangan tushunchasi
armaturaning mustahkamlik