barobardan ortiq (bunday ishlash sharoitida yuk miqdorini 2-3 barobarga ko‘paytirish
mumkin), ya’ni:
M
src
(0,5-0,6) M
u
- oldindan zo‘riqtirilgan element uchun;
M
src
(0,10-0,15) M
u
- zo‘riqtirilmagan element uchun;
bunda M
src
-balkada yoriq paydo bo‘lishidagi eguvchi moment;
M
u
- balkaning buzilishidagi eguvchi moment.
Shuni aytish joizki, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyaning mustahkamligi
armaturani cho‘zilgandagi kuchlanish miqdoriga bog‘liq emas (oldindan zo‘riqtirilgan
va oddiy konstruksiyaning yuk ko‘tarish kuchi taxminan bir xil). Gap shundaki,
kuchning qiymati temirbeton ishlash sharoiti chegarasiga etguncha oldindan
zo‘riqtirish natijasida armaturada cho‘zuvchi, betonda siquvchi kuchlanishi uni fizik-
mexaniq xossalariga sezilarli darajada katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
Konstruksiyalarni zo‘riqtirilishi oraliq (prolyot)larini uzaytirish hamda kesim
yuzasini kichraytirish evaziga ulardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Temirbeton konstruksiyalarida taranglash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:
1-usul. Armaturani tirgaklarga tirab taranglash (betonlashgacha);
2-usul. Armaturani betonga qadab taranglash (betonlangandan keyin).
Dostları ilə paylaş: