Birinchi usul bo‘yicha konstruksiyani tayyorlashda armatura tortiladi va uning
uchlarini tayanch yoki forma
chetlariga mustahkamlanadi, so‘ngra element
betonlanadi. Beton kerakli mustahkamlikni olgandan so‘ng armatura tayanchlardan
bo‘shatiladi, ya’ni taranglangan armaturadagi kuch betonga o‘tib uni siqadi. Kuchni
betonga o‘tishi armatura bilan beton orasidagi yopishish (ssepleniya) oqibatida ro‘y
beradi.
Ikkinchi usul bilan dastlab betondan yoki
kam armaturalangan element
tayyorlanadi, unda zo‘riqtiriladigan armaturani joylashtirish uchun betonda oldindan
kanallar hosil qilinadi (masalan, gaz trubasi yordamida). So‘ngra armaturani tegishli
taranglikkacha tortiladi va uchlari ankerlar yordamida konstruksiya chetiga
mahkamlanadi. Armaturani tortish jarayonida betonda siqilish ro‘y beradi. Shundan
so‘ng armatura bilan beton orasidagi yopishuvni ta’minlash maqsadida tuynukka 0.5-
0.6 MPa bosim ostida sement qorishmasi xaydaladi.
Armaturani
tayanchlarga
tortish
mexaniq,
elektrotermik
va
elektrotermomexaniq usullari bilan betonga tortish esa
odatda mexaniq usul bilan
amalga oshiriladi.
Mexanik usulda armaturani gidravlik va vintli domkrat yoki o‘rash mashinasi
yordamida tortiladi. Armaturani mexaniq usul bilan taranglashda ko‘pincha gidravlik
domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda armaturada katta zo‘riqish hosil bo‘lishiga
qaramay, taranglash kuchini aniq o‘lchash imkoni bo‘ladi. Shu bilan birga aylanma stol
yordamida o‘ta mustahkam simdan uzluksiz armaturalash usuli ham samarali
hisoblanadi. Mazkur usul yordamida bir yoki ikki o‘qli
kuchlanish holatida, bosim
ostida ishlaydigan quvur, rezervuar devorlari singari turli konstruksiyalarni oldindan
zo‘riqtirish mumkin. Tarang tortilgan sim bilan uzluksiz armaturalash usuli oldindan
zo‘riqtirilgan rezervuarlarni qurishda keng qo‘llaniladi. Bunda maxsus qo‘zg‘alma
mashinalardan foydalaniladi. Bu usulni tarang tortilgan ipni g‘altakka o‘rashga
o‘xshatish mumkin. Armaturani elektrotermik taranglash usuli keyingi yillarda keng
tarqaldi. Xozirgi kunda oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi shu usul
bilan tayyorlanmoqda. Elektrotermik usulda armaturaning elektr toki yordamida 300-
400 S gacha qizdiriladi, so‘ngra uni formaga solinadi
va uchi tayanchlarga
mahkamlanadi. Armatura sovuganda qisqaradi, natijada oldindan taranglashish kuchi
paydo bo‘ladi. Usulning afzalligi uning o‘ta soddaligi va istalgan korxonada qo‘llash
imkoniyati mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5-10 martta arzon, konstruksiya
tayyorlash uchun sariflanadigan mehnat ham 2-3 marotaba kam. Biroq taranglash
aniqligi mexanik usuldagi taranglashga qaraganda ancha past. Ayrim hollarda o‘ta
mustahkam simlarni taranglashda ikki usulning birgalikda qo‘shib ishlatish xollari ham
uchraydi. Qo‘shma usulga ko‘ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz
ravishda taranglanadi. Ya’ni elektrotermomexaniq usuli
elektrotermik va mexaniq
usullarni bir vaqtning o‘zida qo‘llanish natijasida hosil bo‘ladi.
Shu bilan birga tortishni yana bir fizik-kimyoviy usuli bilan ham amalga oshirish
mumkin. Bunga maxsus kengayuvchi sementdan tayyorlangan betonni kengayishi
oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo‘ladi. Betonga joylashgan armatura uning
hajmini kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi va o‘zi cho‘ziladi, betonda esa siqish kuchlanishi
vujudga keladi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo‘riqadi. Bunday konstruksiyalar
o‘zining o‘zi taranglashishi (samonapryajenie) deb yuritiladi.
Armaturani taranglash chog‘ida unda oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlar vaqt
o‘tishi bilan qaytmas yo‘qotishlar evaziga kamayib boradi. Ushbu yo‘qotishlar
betonning
kirishishi va tob tashlashi, armaturadagi kuchlanishlarning relaksatsiyasi
(kamayishi), ankerlar deformatsiyasi, armaturaning tuynuk devorlariga ishqalanishi va
boshqa har xil sabablar natijasida sodir bo‘ladi. Umumiy yo‘qotilishlarning 11 ta turi
mavjud.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni hisoblashda ana shu yo‘qotishlarni
e’tiborga olish lozim, chunki ular zo‘riqtirilgan
armaturadagi kuchlanishning
kamayishiga olib keladi.
Yo‘qotishlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi yo‘qotishlar
los 1
element
tayyorlanayotgan va beton siqilayotgan davrda sodir bo‘ladi. Ikkinchi yo‘qotishlar
los 2
esa beton siqilgandan keyin hosil bo‘ladi.
Agar armaturalar tayanchlarga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda birinchi gurux
yo‘qotishlar quyidagicha aniqlanadi:
los 1
=
1
+
2
+
3
+
4
+
5
+
6
ikkinchi gurux yo‘qotishlar
los 2
=
8
+
9
Agar armaturalar betonga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda
los 1
=
3
+
4
los 2
=
1
+
8
+
9
+
10
+
11
teng bo‘ladi
yo‘qotishlar miqdori 9-ilovaga asosan aniqlanadi, bunda umumiy miqdori
los
=
los 1
+
los 2
bo‘ladi, lekin konstruksiyani loyihalashda yo‘qotishlarning umumiy me’yor bo‘yicha
miqdori 100 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.