Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

o’tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Bu uch xil ma’no maxsus qo’shimchalar yordamida ifodalanadi 
va ular zamon qo’shimchalari hisoblanadi. 
47.O’tgan zamon. -di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b),- gan edi, -gan ekan qo’shimchalari bilan kelib, ish-
harakatning va holatning nutq jarayonidan oldin sodir bo’lganini yoki bo’lmaganini bildirgan fe’llarga o’tgan 
zamon fe’llari deyiladi. O’tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi. Masalan: bordim, bording, bordi; bordik, 
bordingiz, bordi (-lar). 
48.Hozirgi zamon: -yap, -(a)yotir, -moqda (kelyapman, kalayotirman, kelmoqdaman) qo’shimchalari bilan kelib, 
ish-harakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan fe’llarga hozirgi zamon 
fe’llari deyiladi. 
49.Kelasi zamon. -a/-y, -(a)r, -ajak, -moqchi (boraman, o’qiyman, kelarman, yozajakman, yozmoqchiman) 
qo’shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan 
fe’llarga kelasi zamon fe’llari deyiladi. 
50.Shaxs-son qo’shimchalari. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning so’zlovchi, tinglovchi yoki o’zgaga 
tegishli ekanini bildurvchi qo’shimchalarga shaxs-son qo’shimchalari deyiladi. So’zlovchi 1-shaxs, tinglovchi 2-
shaxs, o’zga 3-shaxs hisoblanadi: men keldim, sen kelding, u keldi; biz keldik, siz keldingiz, ular keldilar. 
51.Ravish. Qanday?, qancha?, qachon? so’roqlariga javob bo’lib, harakatning holati, o’rin, payt, sabab, daraja-
miqdorini bildirgan so’zlar ravish sanaladi. Ravish, asosan, fe’lga bog’lanadi va ko’proq hol vazifasida keladi. 
52.Yordamchi so’zlar. Biror so’roqqa javob bo’lmay, gap yoki gap bo’laklarini bir-birga bog’lash yoki ularga 
qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan so’zlarga yordamchi so’zlar deyiladi. Bog’lovchi, ko’makchi va 
yuklamar yordamchi so’zlardir. 
53.Bog’lovchi. Uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-birga bog’lash uchun xizmat 
qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi sanaladi. Bog’lovchi gap bo’lagi vazifasida kelmaydi. 
54.Ko’makchi. Otlarning boshqa so’zlarga tobe bog’lanishi uchun xizmat qiladigan so’zlarga ko’makchilar 
deyiladi. Ko’makchilar ko’pincha otlarni fe’lga bog’lab keladi. Masalan: Shahar tomon ketdi. Daryo bo’ylab yurdi. 
Ba’zan otni ot, sifat va ravishlarga tobelantirib bog’laydi. Masalan: Ona kabi mehribon. Halimdan ko’ra katta. 
55.Yuklama. Ayrim gap bo’lagi yoki butun gapning mazmuniga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi 
yordamchi so’zlarga yuklama deyiladi. Yuklamalar so’z-yuklamar va qo’shimcha-yuklamarga bo’linadi. So’z-
yuklamalar o’zi qo’shilayotgan so’zdan doimo ajratib yoziladi. Qo’shimcha-yuklamalar esa o’zi qo’shilayotgan 
so’zga qo’shib yoki undan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. -mi, -oq (-yoq), -gina(-kina, -qina) yuklamari o’zi 
qo’shilayotgan so’zga qo’shib yoziladi. Masalan: Keldimi?, Senmi?, keliboq, kelsayoq, sengina kabi. -chi, -u (-yu), 
-a(-ya), -da yuklamari o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Sen-chi? Ayt-chi? 
Keldi-yu, ketdi. Borgin-a? 
56.Undov va taqlid so’zlar. So’zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon-parrandalarni biror harakatga 
undashni ifodalovchi so’zlarga undov so’zlar deyiladi: hoy, ey, obbo. Inson, hayvon va narsalarning tovushlariga 
taqlid ifodalovchi so’zlar taqlid so’zlar hisoblanadi: miyov-miyov, qag’-qag’. 
57.So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari. So’zlar tuzilishiga ko’ra sodda, qo’shma, juft va takroriy so’zlarga 
bo’linadi. 


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
7
58.Qo’shma so’zlar. Ikki yoki undan ortiq asoslardan tashkil topib, bitta so’roqqa javob bo’lgan so’zlar qo’shma 
so’zlar deyiladi. Masalan: otquloq, har qachon, muzyorar, sotib olmoq, jigarrang, tamom bo’lmoq, mehnat qilmoq. 
59.Qo’shma so’zlar imlosi. Qo’shma fe’l va qo’shma sonlar ajratib yoziladi. Qo’shma so’zlar yozilishiga ko’ra 
ikki xil bo’ladi: 1) qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar; 2) ajartib yoziladigan qo’shma so’zlar. Birinchi so’zi bir, 
har, hech olmoshlari bo’lgan qo’shma sonlar doimo ajratib yoziladi. Birpas, biroz kabi ayrim so’zlar bundan 
mustasno. Qo’shma so’zlarning katta qismi qo’shib yoziladi. 
60.Juft so’zlar va ularning imlosi. Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki asosning 
qo’shiluvidan tashkil topgan so’zlarga juft so’zlar deyiladi. Juft so’zlar asoslari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
Agar juft so’zlar -u, -yu yuklamari bilan bog’lansa, birinchi so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin