t.me/tilshunoslik/beneficialeducation
5
darajali bo’lak, shuningdek, undalma vazifasida keladi. Otlar birlik va ko’plik sonda qo’llaniladi. Ko’pli otlarga -
lar qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan:
bola – birlik sonda, bolalar – ko’plik sonda.
35.Turdosh va atoqli otlar. Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi. Masalan:
qishloq, choynak, aka, daraxt. Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi.
Kishilarning ismi, familiyasi, joy hamda hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar, gazeta, jurnal, kitob,
tarixiy voqea
kabilarning nomlari atoqli otlardir. Masalan:
Toshloq tumani, Mustaqillik kuni, “Gulxan” jurnali, Olapar. Atoqli
otlar doimo bosh harf bilan yoziladi. Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar hamda tashkilotga qo’yilgan nomlar
qo’shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo’jaligi kishilar nomiga qo’yilgan bo’lsa, qo’shtirnoq
ishlatilmaydi. Ularda
nomidagi, nomli so’zlari qo’llaniladi.
36.Kelishik qo’shimchalari. Otlarga qo’shilib, ularni o’zidan keyin kelgan boshqa so’zlarga tobelashtirib bog’lab
keladigan qo’shimchalarga kelishik qo’shimchalari deyiladi. Tilimizda 6 ta kelishik mavjud bo’lib,
ulardan
beshtasining qo’shimchasi bor:
1) bosh kelishik (-); 2) qaratqich kelishigi (-ning); 3) tushum kelishigi (-ni);
jo’nalish kelishigi (-ga, -ka, -qa); 5) o’rin-payt kelishigi (-da); 6) chiqish kelishigi (-dan).
37.Egalik qo’shimchalari. Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini bildirgan qo’shimchalarga egalik
qo’shimchalari deyiladi. Egalik qo’shimchasi qo’shilgan ot, albatta, o’zidan oldingi otning qaratqich kelishigida
kelishini talab qiladi: (mening)
kitobim, kitobing, kitobi; kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
38.
K va
q undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchlari qo’shilganda, qanday eshitilsa, o’shanday yoziladi.
Ya’ni
k undoshi
g tovushiga,
q undoshi
g’ tovushiga o’zgaradi. Masalan:
tuproq – tuprog’i, terak – teragi. Ayrim
so’zlarda bunday o’zgarish yuz bermaydi. Masalan:
huquq – huquqi, idrok – idroki.
39.
O’g’il, burun kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’gindagi i yoki u unlisi tushib qoladi va
Dostları ilə paylaş: