Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

qancha? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi: qizil olma. 
21.Qaratqich aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsning ikkinchi bir narsaga qarashli ekanini bildirib
kimning?, nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Masalan: 
Do’stlikning mehri bor. Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog’lanadi. Anu shu belgisi bilan tushum 
kelishigini olgan to’ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan 
kesimga bog’lanadi. Solishtiring: olmaning bargi – olmani yedim. 
_______________________________________________________________________________ 
22.Uyushiq bo’laklar. Bir xil so’roqqa javob bo’lib, bir xil vazifada keladigan so’zlarga uyushiq bo’laklar 
deyiladi. Masalan: Dadam, oyim va men (kim) hayvonot bog’iga bordik. Sanash ohangi yordamida bog’langan 
uyshiq bo’laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi. 
23.Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’zlar va ularda tinish belgisining ishlatilishi. Sanalayotgan 
bo’laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so’zga umumlashtiruvchi so’z deyiladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq 
bo’laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so’z bilan uyushiq bo’laklar o’rtasiga ikki nuqta qo’yiladi. Masalan: 
Bog’imizda mevalar: olma, o’rik, shaftolilar bor. Umumlshatiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, 


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
4
uyushiq bo’lak va umumlashtiruvchi so’z o’rtasiga tire qo’yiladi. Masalan: Kutbxonamizda Abdulla Oripov, Erkin 
Vohidov, Usmon Azim – barcha taniqli shoirlarning asarlari bor. 
24.Undalmali gaplar. So’zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalarni bildiruvchi so’z va so’zlar birikmasiga 
undalma deyiladi. Masalan: Yurtim, senga she’r bitdim bugun. Undalmalar bir yoki bir nechta so’zdan iborat 
bo’ladi. Masalan: Qizim, yalpiz terib kelsang-chi. Qadrli bolalar, kelajak siznikidir. 
25.Undalmali gaplarda tinish belgilari. Undalmalar gapning boshida, o’rtasida, oxirida ishlatiladi. Masalan: 
Navbahorim, o’zing ayt….O’zing, navbahorim, ayt…O’zing ayt, navbahorim. Undalmalar gapning qayerida 
kelishidan qat’i nazar boshqa bo’laklardan vergul bilan ajratiladi. Tahlilda uning ostiga ikkita to’lqinli chiziq 
chiziladi. Masalan: Murod, nega indamaysan? Undalmalar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so’ng undov belgisi 
qo’yiladi. Masalan: Men sizni quyosh deb atayman, oyijon!... 
26.Kirish so’zlar. So’zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma’nolarni qo’shadigan so’zlarga kirish 
so’zlar deyiladi. Kirish so’zlar yozuvda gapning boshqa bo’laklaridan doimo vergul bilan ajratiladi. Tahlilda kirish 
so’zlar to’g’ri chiziq ostiga to’lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi 
27.Kirish so’zlarning gapdagi o’rni. Kirish so’zlar gapning turli o’rinlarida qo’llanila oladi. Yozuvda gap boshida 
kelsa, kirish so’zdan so’ng, o’rtasida kelsa, kirish so’zning har ikki tomonidan, gap oxirida kelsa, kirish so’zdan 
oldin vergul qo’yiladi. 
28.Qo’shma gap. Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo’lgan gap qo’shma gap hisoblanadi. 
Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir-biri bilan va, ammo, lekin, chunki, negaki kabi bog’lovchilar hamda 
ohang yordamida bog’lanadi. Yozuvda ammo,lekin, biroq, chunki, negaki bog’lovchilaridan oldin vergul qo’yiladi. 
Ohang yordamida bog’langan sodda gaplar bir-biridan, asosan, vergul yoki tire bilan ajratiladi. Masalan: Biz 
baxtiyormiz, chunki yurtimiz ozod. Yurt tinch – sen tinch. 
29.Ko’chirma gaplar. Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gap doimo so’zlovchi 
gapi bilan birga keladi. So’zlovchi gapi muallif gapi hisoblanadi. Ko’chirma gap bilan muallif gapi birikib 
ko’chirma gapli qo’shma gapni hosil qiladi. Yozuvda ko’chirma gap qo’shtirnoq ichiga olinadi. 
30.Ko’chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi. Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin kelganda, tinish 
belgilarining ishlatilishi. Ko’chirma gap muallif gapidan oldin, uning o’rtasida, oxirida, ikki chekkasida kelishi 
mumkin. Shunga ko’ra yozuvda ular orasida turlicha tinish belgilari ishlatiladi. Muallif gapi ko’chirma gapdan 
oldin kelsa, undan so’ng ikki nuqta qo’yiladi, ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinib, bosh harf bilan yoziladi. 
Masalan: Xalqimiz shunday deydi: “Hunar – zar, hunarsiz – xor”. Ko’chirma gap so’roq yoki his-hayajon gap 
bo’lsa, qo’shtirnoq yopilishidan oldin so’roq yoki undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Men undan so’radim: 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin