CASE-STUDY METODI
Ta'lim - bu farovonlik bezaklari va qiyinchiliklarda boshpanadir.
(Aristotel)
Case Study metodi. Keys bilan ishlash texnologiyasi.
«Case Study metodining vatani bo'lib Amerika Qo'shma
Shtatlari,
aniqrog’i – Garvard universitetining biznes Maktabi hisoblanadi». Birinchi
bor u 1924 yilda qo’llanilgan. Keys metodining
kelishi va rivojlanishiga
asos bo'lib «pretsedent» yoki «voqea» printsipi bo'lgan. Ushbu metod chet
elda iqtisod va biznes fanlarida keng qo’llaniladi.
Aniq vaziyatlar metodi (case-study metodi) o'yinli bo'lmagan
imitatsion faol o’qitish metodlariga kiradi.
Case-study metodining maqsadi – guruh
talabalarining birgalikdagi
urinishlari bilan case-vaziyatni tahlil qilish hamda amaliy yechimni ishlab
chiqish. Jarayonning tugashi – taklif etilgan
algoritmlarni baholash va
qo’yilgan muammo kontekstida eng yaxshisini tanlash.