birjada qimmatli kog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning
qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, tanglik holati. Atrof-
muhitni, eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan
darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz
deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.Tarmoqlar inqirozi
- milliy xo’jalikning biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy
o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi
tufayli yuz beruvchi
inqiroz.Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi
chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi inqirozlar tarkibiy inqirozlar
deyiladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar
arafasidagi harid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida,
asosan
chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligi,
avtomobilь sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga
duchor bo’ladi.Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni
uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning
ortishi yoki pasayishiga bog’liq . Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim
mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o’sish
bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy
faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga
qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va
bandlik darajasini bevosita
aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiklaydi.
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar
agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar
inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1) Qishloq xo’jalik
mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda
katta zahiralarining to’planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va
foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lgan,
ularning karpitalining ortishi; 4) qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi
sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos tavsif kasb etadi.
Agrar inqirozlar sanoat
sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz
XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha davom
etgan edi.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan
sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon
urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan
boshlanib, 80-yillargacha davom etdi.
Agrar inqirozlarning cho’zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar:
a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi;
b) yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz sur’atda o’sib borishi.
Yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik
mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi;
v) ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi.
Mayda ishlab
chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini
topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qishartira
olmaydilar. Tirikchiliklarini o’tkazish va ijara xaqini to’lash uchun ishlab
chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo’jalik
mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko’paytirib yuboradi.
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini
muntazam yoki aksincha tarzda
yuz
berishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam
inqirozlarga ajratish
mumkin.
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq
Dostları ilə paylaş: