ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Frantsiya, Angliya va AQShda foiz stavkalari
va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida
sanoat siklining tabiatini
o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi
tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron
mavqeni egallagan davrda
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin
AQShga ham
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSH va qator Yevropa davlatlarida boshlangan
inqiroz, tub mohiyatiga ko’ra birinchi jaxon sanoat inqirozi bo’lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo’lsa, XX asrda uning
davomiyligi 7-9 yil va undan ham oz davrgacha qisqargan.
AQSH va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini
boshdan kechirgan bo’lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro’y
bergan.
Kuznets sikli ko’p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha
bo’lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o’zining «Milliy
daromad» (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste’molchilik sarflari, ishlab
chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar
ko’rsatkichlarida 20 yillik o’zaro bog’liq tebranishlar mavjud bo’lishini aniqlaydi.
1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan
olish ramzi sifatida sanoat
siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Dostları ilə paylaş: