keltirish, davlat mulkini tanlov asosida, hamda kim oshdi savdosida sotish
amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi
muassasalari
barpo
etildi.Mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u
aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini
pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va
tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit
yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning
davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas.
Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan,
shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar
ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish -ikkinchi qudratli jarayon
hisoblanadi.Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning
uchinchi bosqichiga o’tdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha
ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.Xususiylashtirish
jarayonlarining
to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida
davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish,
xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv
samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi
uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.O’zbekistonda
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi -
beshinchi
Dostları ilə paylaş: