B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


-chizma. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

4.4-chizma. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari 


 
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati 
- bu uning bosqichma-
bosqich 
olib 
borilayotganligidir 
(4.5-
chizma). 
4.5-chizma. 
O’zbekistonda 
mulkni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
jarayonini 
amalga 
oshirish 
bosqichlari 
O’zbekistonda 
mulkni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirishga 
yondashuvning 
muhim 
xususiyati - uni dasturlar 
asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar 
xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda 
xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat. xizmat 
ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini 
qamrab oldi. Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga 
qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan 
ko’proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsionerlik 
jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab 
qolindi.Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy 
jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida 
muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va 
mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.Iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda 
tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga 
aylantirish uchun zarur bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi.Savdo, aholiga 
maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib 
berildi. Natijada, 1997 yilda savdo-sotik hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi 
mahsulotining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri 
keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir 
milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i 
fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.Davlat ijtimoiy dasturida belgilab 
berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’plab 
o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi, hamda ularning 
aktsiyalari respublika qimmatbaho qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat 
mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari 
qizg’in 
tashkil 
qilindi.Mulkni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarishning 
va 
xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini vujudga 


keltirish, davlat mulkini tanlov asosida, hamda kim oshdi savdosida sotish 
amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi 
muassasalari 
barpo 
etildi.Mulkni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u 
aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini 
pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va 
tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit 
yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning 
davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. 
Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, 
shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 
ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish -ikkinchi qudratli jarayon 
hisoblanadi.Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga o’tdi. Bu bosqich davrida 
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha 
ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.Xususiylashtirish 
jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida 
davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, 
xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv 
samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi 
uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.O’zbekistonda 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - beshinchi 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin