bog`langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori
mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u
asosan quyidagi uchta yo`l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog`ozlar
bilan tovon
to`lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat byudjeti mablag`lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit
tarmoqlarni barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash
davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish .
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy
vositalardan
foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash,
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o`z ichiga oladi. Ayniqsa
ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish
tadbirlari kam samarali bo`lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik
beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko`rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo`g`inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi,
kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish.
Bunda davlat mulk
sohibi va tadbirkor sifatida o`ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida
faol qatnashadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo`yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning
antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi;
c) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu
faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko`radi. Ularni zarur
kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi,
muhtojlarga yordam ko`rsatadi;
d) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlarni
ishlab chiqish va
qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to`g`risidagi, bank
sohalari, qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko`zda tutuvchi
qonunlar) .
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo`li bilan
kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga
yo`l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi .
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi
ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq.
Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat
siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning
byudjet siyosatini
asosiy belgisi byudjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi
bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida
optimal