4.1-jadval.
O’zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy
ko’rsatkichlari
Ko’rsatkich lar
1995
1996
1997
1998
1999
2000
2001
2002
2003
2004
2005
Xususiylash-
tirishtiril-gan
korxonalar soni
, birlik
8537
1915
1231
451
448
374
1449
1912
1519
1228
980
Xususiylash-
tirish natijasida
tashkil etilgan
nodavlat
mulkidagi
korxonalar soni
8537
1915
899
266
373
372
1238
1800
1452
1228
980
AktsiYadorlik
jamiyatlari
1026
1257
456
110
141
152
227
223
75
28
3
Xususiy
korxonalar
6036
420
260
103
156
103
827
1252
981
1038
902
Boshqa
shakldagi
korxonalar
1475
238
183
53
76
117
184
325
396
162
75
Xususiylashtiris
hdan tushgan
mablag’, mild
.so’m
2.4
5.3
4.4
8.9
9.1
14.3 23.2 43.6 56.1 78.4 80.5
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni,
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning
umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur .
Davlat mulki - davlatga tegishli bo’lganda mulkka egalik qilish, foydalanish
va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’ladi. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan
hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va
tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish .
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy
resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib
bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar kabi
iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin .
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res’ublika
mulkidan va ma’muriy-xududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi.
Yer-osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy resurslar, res’ublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki,
davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi,
valyuta fondi va boshqa davlat fondlari res’ublika mulki hisoblanadi .
Ma’muriy-hududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munisti’al uy-joy fondi
va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi,
madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi .
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish
vazifasi davlat mulki mono’oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog’lom
bozor iqtisodiyoti davlat mono’oliyasi bilan chiqishmaydi, mono’oliya raqobatga
to’sqinlik qiladi .
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining
ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy
mulkka aylanadi .
Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal’i milliy mahsulot
va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa mulkka mansub
korxonalar hissasi ortib boradi. Jamoa mulki - muayyan maqsad yo’lida jamoaga
birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan
o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi,
badal to’lab korxona qurishi, akstiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali ‘aydo
bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va
mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi .
Jamoa mulkiga - kop’erativlarning, ijara va jamoa korxonalarining,
akstionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari
va diniy tashkilotlarning mulki kiradi .
Ko’erativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini
o’zlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Mulkchilikning bu turida ishlab
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi muayyan mehnat
jamoasi doirasida ro’y beradi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni
o’zlashtirish mulk egasi bo’lmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi,
hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi .
Koperativlar qishloq xo’jaligida, sanoat, qurilish, trans’ortda, savdo va umumiy
ovqatlanish, ‘ulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy
hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat ko’rsatish
sohalarida bar’o etilishi va faoliyat ko’rsatishi mumkin .
Koperativ faoliyat uchta asosiy turga ajraladi: ishlab chiqarish, matlubot va aralash
Koperativlar .
Ishlab chiqarish koperativlari o’z a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ishlab
chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi Koperativlarning har biri o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lib, ular ichida qishloq xo’jaligi Koperativlari alohida ajralib
turadi .
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish Koperativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat
xo’jaliklaridir .Masalan, jamoa xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari
doirasida kollektiv va oilaviy ‘udrat hamda er uchastkalari va asosiy fondlarni
ijaraga olish sharoitida daromadlari ‘irovard natijaga bog’liq ravishda
shakllanadigan xo’jalik hisobidagi
Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator
masalalarini echishda (uy-joy, ijtimoiy infrastrukturaning boshqa ob’ektlari –
sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bog’chalari va shu kabilarni qurishda)
Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini yaxshiroq qondirish
maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil
matlubot koo’erastiyalari vujudga kelmoqda. Matlubot koo’erastiyasining mulki
mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu
shakli faoliyatida uning a’zolari o’z mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Shaxsiy
mulk - mulk shakllari ichida muhim o’rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki
bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk
shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’’ayadi va
rivoj to’adi .
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan,
o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va
ko’’ayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan keladigan
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga
asoslanadi .
Shaxsiy mulk ob’ektlari - bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, trans’ort vositalari, ‘ul
jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa
xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan
mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. “O’zbekiston Res’ublikasida mulkchilik
to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy
xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq
korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy
mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad to’ish yo’lida
ishlatilishi mumkin. Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma
mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir .
O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda),
xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk
bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi .
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy
tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga
ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan
bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni
mutlaqlashtirish, bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,
Koperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga
kelishi mumkin .
O’zbekiston Res’ublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish
manbalari ham ko’rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanish, yollanib ishlash, kredit
muassasalariga qo’yilgan mablag’lar, qimmatli qog’ozlardan olinadigan
daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo’lga kiritish kabilar ana shunday
manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Res’ublika qonun hujjatlariga (O’zbekiston
Res’ublikasi ‘rezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq
savdo, xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan er uchastkalari bilan
birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur er uchastkalariga xususiy
mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo’lib, ular sotilishi, vasiyat qilib
qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Demak, qishloq xo’jaligidan boshqa ayrim
faoliyatlarda er ham xususiy mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. Biroq erning boshqa
toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi erlar, qishloq xo’jalik ekinzorlari va
davlat zahirasiga kiritilgan erlar davlatning alohida mulk ob’ektlaridir va shu sababli
ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi
mumkin .
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‘aydo bo’ladi. Bu
mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini
bildiradi .
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli xil
shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to’liq
foydalanish, tashabbuskorlik va sog’lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay
muhit yaratishga qaratilgandir .
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli res’ublikamiz
‘rezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat
qiladi»
14
deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida res’ublikamiz
iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq
hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan
mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga
«hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga
olib keldi .
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat
sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum
qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga
ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Dostları ilə paylaş: |