7-mavzu: Iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni
rivojlantirish
Reja:
7.1. Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakllari .
7.2. Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari .
7.3.Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari
7.1. Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakllari .
Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif,
narx va raqobat usullari qo’llaniladi. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy xodisa bo’lib, u
bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi .
Raqobat – bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat
bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun
kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali
yanada kengroq namoyon bo’ladi .
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib
ko’rsatish mumkin:
1. Tartibga solish vazifasi;
2. Resurslarni joylashtirish vazifasi;
3. Innovatsion vazifa;
4. Moslashtirish vazifasi;
5. Taqsimlash vazifasi;
6. Nazorat qilish vazifasi .
Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‘ektlardan iborat bo’ladi:
1. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida;
2. Iste‘molchi va xaridorlar o’rtasidа .
Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‘mol)
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o’tkazishdan iborat. Talab ko’p bo’lsa,
taklif ko’payadi va narxga ham bog’liq bo’ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida
tartibga solinadi .
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish
imkonini beradi .
Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi
turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi .
Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi
(YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir
o’tkazadi .
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir
ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka
yo’naltiriladi.Raqobatning to’rtta shakli mavjud:
1. Erkin raqobat;
2. Monopolistik raqobat;
3. Monopoliya;
4. Oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda
ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko’p bo’lganligi sababli umumiy
ishlab chiqarish hajmi unga katta bo’lmaydi.Sof monopoliyada tarmoq bitta
firmadan iborat bo’lishi sabali, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.Monopolistik
raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Tarmoqdagi bir
turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda
ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.Oligopoliya tarmoqda
u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir.
Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan ham sonli ishlab chiqaruvchilar
hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Masalan, po’lat, mis,
alyuminiy, qo’rg’oshin, temir sanoatning bir turdagi mahsulotlaridir, iste‘molchilik
tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini
ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.Turli monopollashuv
darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlari
mavjuddir:
1) monopllashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar o’rtasidagi raqobat.O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki
turga bo’linadi:
1. Tarmoq ichidagi raqobat
2. Tarmoqlararo raqobat .
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qo’layroq sharoitiga
ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi.
Korxonalarning (tarmoqlar ichida) har bir tarmoqda texnika bilan ta‘minlash
darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lganligi sababli, shu
korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir hil
bo’lmaydi.Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha
sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini
tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi .
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat
unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha,
texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar
qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar .
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, qishloq
xo’jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko’p bo’lsa, kapital
shu tarmoqda ko’chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu tarmoq
mahsulotlariga talab ko’payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda olishiga
intilishini ta‘minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa
kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga
“baravarlashtiradi”. Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositadagi
raqobat va narxsiz raqobat. Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli
bo’lib, ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab
chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping – narxlarni
qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past
bo’lgan narxlarda sotadi. Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat
kurashning asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat
ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obru-e‘tibori hisoblanadi .Narxsiz raqobat
usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish
va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat .
Dostları ilə paylaş: |